Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

S avol va topshiriqlar
1. Pedagogik mahorat nima?
2. 0 ‘qituvchining burchi va vazifalari haqida gapiring.
3. Tarbiyachining vazifalari nimalardan iborat?
4. Sinf rahbarining vazifalari haqida gapirib bering.
197


Yordamchi maktab o ‘quvchisi shaxsining rivojlanishiga 
ta’sir etuvchi omillar
Oligofrenopedagogika kuisining muhim uslubiy muammolaridan bin — bu 
aqli zaifbola shaxsi tarbiyasi va uning korreksion rivojlanishi muammosi hisoblanadi.
0 ‘sib, rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Aqli zaif 
bola yordamchi maktabda ta’lim-tarbiya ola borar ekan, butun hayoti 
davomida uning rivojlanish jarayoni davom etaveradi.
Bola shaxsini shakllantirishda bola tajribasi va uning xulq-atvor shakllari, 
onaning bolaga qarashi va ruhiy sog‘lomligi, bolaning inoq oilada yashashi 
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy muhit ham bola shaxsining shakllanishiga ta ’sir ko'rsatadi. 
Jamiyatimiz tabiiy boyliklami muhofaza qilib va ko‘paytirib, insonlarni
hayvonlami, o'simliklami, suv havzalarini muhofaza etishga jalb qiladi, 
tabiat bilan faol muloqotda bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Jamiyat ishlab chiqqan g‘oyalar, yo‘l-yo‘riqlami bola o ‘zlashtirib borishi 
natijasida odamning shaxs sifatidagi asosiy sifatlari, uning mehnatga, 
mehnat mahsuliga, odamlaiga, o ‘ziga bo'lgan munosabati shakllanadi
shaxs haqida u hayotda amal qiladigan maqsadlar, mayllar, yo‘l-yo‘riqlarga 
qarab hukm chiqaradi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsini shakllantirishda tarbiya va 
korreksion rivojiantirishning birligi va o‘zaro aloqasi
Yordamchi maktab o‘quvchilari shaxsining shakllanish jarayoni taibiya va 
ta’lim sharoitida ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish oiqali amalga oshiriladi. 
Bu esa xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Natijada aqli zaifbola asta-sekin

o‘zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari tizimiga kirib boradi.
Aqli zaif o‘quvchilaming ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish tajribasi uzoq 
davom etadigan murakkab jarayondir. Aqli zaif o ‘quvchilar shaxsini 
shakllantirib borishdagi qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, 
mazmun, hajm va umuminsoniy tajribalami o ‘zlashtirishi kerak, ikkinchi 
tomondan, u mazkur tajribani o ‘zlashtirish usullarini hali ular yetarlicha 
egallamagan bo‘ladilar. Yordamchi maktablarda tarbiya va ta’lim jarayonida 
o'qituvchi, tarbiyachilar aqli zaif bolaga tushunarli bo‘lgan mazmunni 
tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlik qiladi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning 
yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik 
imkoniyatlari, ulaming jo ‘shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan 
tarbiya jarayonining o ‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o ‘zgarib boradi, uning 
mazmuni boyiydi va murakkablasha boradi, shakllari o'zgaradi, o ‘sayotgan 
odam shaxsiga ta’sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi.
198


Tarbiyaning o ‘zgarishi bolaning eng yaqin rivojlanish zonalari 
(L.S.Vigotskiy) bilan bog‘liq bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi 
bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o ‘zlashtirishda ruhiy- 
fiziologik im koniyatlar paydo b o iish i bilan ajralib turadi (masalan, 
o ‘qishni o ‘rganish, nutq madaniyatining rivojlanishi, nutq ravonligi, 
bir qancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar 
darajasidagi bilimlami o ‘zlashtirish; o ‘yin,o‘quv, mehnat faoliyatining 
vujudga kelishi va hokazo). Aqli zaif o‘quvchilar korreksion ta’limi va 
tarbiyasi «eng yaqin zonasiga» asoslanib bugungi rivojlanish darajasidan 
ildamlab boradi va bolaning rivojlanishini olg‘a harakatlantiradi.
Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsining rivojlanishi bir qancha 
bosqichdan o ‘tadi. H ar bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam 
bog‘liq bo‘ladi, aw al erishilgan bosqich yanada yuqoriroq bosqichning 
tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Yordamchi maktabda aqli zaif o ‘quvchilar 
shakllanadigan korreksion rivojlanish ular uchun vaqtincha emas, doimiy 
ahamiyatga egabo‘ladi. Mazmun, usullar, tashkil etish shakllari aloqadorligi 
birinchi bosqichdan oxirigacha maxsus tarbiyaning o ‘ziga xos xususiyati 
hisoblanadi.
Aqli zaif bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli 
yordamchi maktabda, ayniqsa, namoyon boiadi. Aqli zaif bolalar uchun 
ishlab chiqilgan maxsus tarbiya ti/.imi ulami ijtimoiy turmushga va mehnat 
faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli oligof- 
renopedagogikaning ham yetakchilik rolini, uning alohida yordamga muhtoj 
bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Alloma 
Abu Ali ibn Sinoning ta’limoti bo'yicha, jumladan, «Tadbiri manzil» 
risolasida inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo‘lmaydi, degan 
tarbiyaviy g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar aslida tayyor shaxsiy 
sifat, odat va ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar 
ularning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o ‘zgalar tajribasi, ajdodlar 
an’analari, ta ’lim-tarbiya ta’sirida shakllana boradi. Inson ta ’lim-tarbiya, 
o ‘zgalar ta’siri ostida o ‘zida ijobiy, axloqiy fazilatlarini kamol toptiradi 
yoki «yomon do'stlar» yo'ldoshiga, ya’ni salbiy odatlar, mijoz va 
kayfiyatlar sohibiga aylana boradi. Shakllangan odat beqiyos ta’sirga ega. 
Shaxs kamolotida ijobiy fazilatlar va odatlami qaror toptirish qanchalik 
mushkul bo‘lsa, m a’naviy qiyofaga ega b o ‘lish, olgan salbiy jihat va 
o d atlard an xalos b o ‘lishi b u n d an ham m urakkabroqdir. D em ak, 
yuqoridagilardan xulosa qilsa bo‘ladigan bolalarning barchasi begunoh va 
beozor bo‘lib tug‘iladi, bola yomon tarbiyalangan bo‘lsa bunga albatta 
o ‘qituvchi, tarbiyachilar, ota-ona aybdor, bola yaxshi b o ‘lsa, demak, 
o ‘qituvchi, tarbiyachilari oldida, ota-onalari oldida umrbod qarzdordir 
degan allomaning fikrlariga qo‘shilamiz.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling