Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsini shakllantirishda tarbiya va korreksion rivojiantirishning birligi va o‘zaro aloqasi
S avol va topshiriqlar
1. Pedagogik mahorat nima? 2. 0 ‘qituvchining burchi va vazifalari haqida gapiring. 3. Tarbiyachining vazifalari nimalardan iborat? 4. Sinf rahbarining vazifalari haqida gapirib bering. 197 Yordamchi maktab o ‘quvchisi shaxsining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar Oligofrenopedagogika kuisining muhim uslubiy muammolaridan bin — bu aqli zaifbola shaxsi tarbiyasi va uning korreksion rivojlanishi muammosi hisoblanadi. 0 ‘sib, rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Aqli zaif bola yordamchi maktabda ta’lim-tarbiya ola borar ekan, butun hayoti davomida uning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bola shaxsini shakllantirishda bola tajribasi va uning xulq-atvor shakllari, onaning bolaga qarashi va ruhiy sog‘lomligi, bolaning inoq oilada yashashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy muhit ham bola shaxsining shakllanishiga ta ’sir ko'rsatadi. Jamiyatimiz tabiiy boyliklami muhofaza qilib va ko‘paytirib, insonlarni, hayvonlami, o'simliklami, suv havzalarini muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqotda bo‘lish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Jamiyat ishlab chiqqan g‘oyalar, yo‘l-yo‘riqlami bola o ‘zlashtirib borishi natijasida odamning shaxs sifatidagi asosiy sifatlari, uning mehnatga, mehnat mahsuliga, odamlaiga, o ‘ziga bo'lgan munosabati shakllanadi, shaxs haqida u hayotda amal qiladigan maqsadlar, mayllar, yo‘l-yo‘riqlarga qarab hukm chiqaradi. Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsini shakllantirishda tarbiya va korreksion rivojiantirishning birligi va o‘zaro aloqasi Yordamchi maktab o‘quvchilari shaxsining shakllanish jarayoni taibiya va ta’lim sharoitida ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish oiqali amalga oshiriladi. Bu esa xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Natijada aqli zaifbola asta-sekin - o‘zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari tizimiga kirib boradi. Aqli zaif o‘quvchilaming ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Aqli zaif o ‘quvchilar shaxsini shakllantirib borishdagi qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umuminsoniy tajribalami o ‘zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o ‘zlashtirish usullarini hali ular yetarlicha egallamagan bo‘ladilar. Yordamchi maktablarda tarbiya va ta’lim jarayonida o'qituvchi, tarbiyachilar aqli zaif bolaga tushunarli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o‘zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ulaming jo ‘shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o ‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o ‘zgarib boradi, uning mazmuni boyiydi va murakkablasha boradi, shakllari o'zgaradi, o ‘sayotgan odam shaxsiga ta’sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo‘lib boradi. 198 Tarbiyaning o ‘zgarishi bolaning eng yaqin rivojlanish zonalari (L.S.Vigotskiy) bilan bog‘liq bo‘lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o ‘zlashtirishda ruhiy- fiziologik im koniyatlar paydo b o iish i bilan ajralib turadi (masalan, o ‘qishni o ‘rganish, nutq madaniyatining rivojlanishi, nutq ravonligi, bir qancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlami o ‘zlashtirish; o ‘yin,o‘quv, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Aqli zaif o‘quvchilar korreksion ta’limi va tarbiyasi «eng yaqin zonasiga» asoslanib bugungi rivojlanish darajasidan ildamlab boradi va bolaning rivojlanishini olg‘a harakatlantiradi. Yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o ‘tadi. H ar bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘ladi, aw al erishilgan bosqich yanada yuqoriroq bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Yordamchi maktabda aqli zaif o ‘quvchilar shakllanadigan korreksion rivojlanish ular uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga egabo‘ladi. Mazmun, usullar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha maxsus tarbiyaning o ‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Aqli zaif bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli yordamchi maktabda, ayniqsa, namoyon boiadi. Aqli zaif bolalar uchun ishlab chiqilgan maxsus tarbiya ti/.imi ulami ijtimoiy turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli oligof- renopedagogikaning ham yetakchilik rolini, uning alohida yordamga muhtoj bola shaxsini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Alloma Abu Ali ibn Sinoning ta’limoti bo'yicha, jumladan, «Tadbiri manzil» risolasida inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo‘lmaydi, degan tarbiyaviy g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar aslida tayyor shaxsiy sifat, odat va ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o ‘zgalar tajribasi, ajdodlar an’analari, ta ’lim-tarbiya ta’sirida shakllana boradi. Inson ta ’lim-tarbiya, o ‘zgalar ta’siri ostida o ‘zida ijobiy, axloqiy fazilatlarini kamol toptiradi yoki «yomon do'stlar» yo'ldoshiga, ya’ni salbiy odatlar, mijoz va kayfiyatlar sohibiga aylana boradi. Shakllangan odat beqiyos ta’sirga ega. Shaxs kamolotida ijobiy fazilatlar va odatlami qaror toptirish qanchalik mushkul bo‘lsa, m a’naviy qiyofaga ega b o ‘lish, olgan salbiy jihat va o d atlard an xalos b o ‘lishi b u n d an ham m urakkabroqdir. D em ak, yuqoridagilardan xulosa qilsa bo‘ladigan bolalarning barchasi begunoh va beozor bo‘lib tug‘iladi, bola yomon tarbiyalangan bo‘lsa bunga albatta o ‘qituvchi, tarbiyachilar, ota-ona aybdor, bola yaxshi b o ‘lsa, demak, o ‘qituvchi, tarbiyachilari oldida, ota-onalari oldida umrbod qarzdordir degan allomaning fikrlariga qo‘shilamiz. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling