Maxsus pedagogika
Yordamchi maktab oligofrenopedagogi shaxsiga
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Yordamchi maktab oligofrenopedagogi shaxsiga
qo‘yilgan kasbiy talablar Hozirgi zamon yordamchi maktab oligofrenopedagogining asosiy fazilatlari — bu o‘z kasbiga sadoqatliligi, fidoyiligi, g‘oyaga e ’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi, o‘z kasbiga bolgan hurmati, cheksiz sadoqati bilan maxsus maktab oligofrenopedagogi boshqa kasb egalaridan alohida ajralib turadi. Chunki nogiron, alohida yordamga muhtoj o ‘quvchilarga maxsus korreksion 195 ta ’lim -tarbiya berish ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat oligofrenopedagogga, uning kasbiy tayyoigarligiga bog‘liqdir. Yordamchi maktab oligofrenopedagogi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri — o ‘zi o'qitayotgan nogiron o ‘quvchilari psixologiyasini yaxshi bilishi va o ‘zi o ‘qiyotgan predm etlarini chuqur bilishi, uni uslubiyotini yaxshi o ‘zlashtirib olgan bo‘lishi zarur. Oligofrenopedagog shaxsiga q o ‘yiladigan umumiy talablar bilan yordamchi maktab o ‘qituvchisi kasbining o ‘ziga xosligi ba’zi bir spetsiflk talablarni keltirib chiqaradi, chunonchi, oligofrenopedagog anatomiya, fiziologiya, nevropatologiya, lorpatologiya, oligofreniya klinikasi, oligofrenopsixologiya, maxsus m aktab gigiyenasi kabi fan lard an xabardor bo‘lmog‘i, aqli zaif o ‘quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim (sinflari gigiyenik talabga javob berishi aqli zaif o ‘quvchilarni himoyalovchi-muhofazalovchi tartibga amal qilinish, ularning sog‘lig‘i, aqliy, jismoniy rivojlanishini kuzatish va korreksion to ‘g‘ri yo'naltirish). Oligofrenopedagog o ‘z nutqini idora etishi, adabiy nutq talablariga rioya qilishi, ovozning tempi, nutqning ifodali bo‘lishiga e ’tib o r b erishi, darsni qiziqarli o ‘tish i, o ‘q u v ch ilar o ta -o n a la ri pedagogik savodxonligini oshirish uchun kerakli tadbirlar olib borishi lozim. Oligofrenopedagog doim o o ‘z ustida tinm ay ishlashi, maxsus pedagogikaga oid adabiyotlar bilan doimo tanishib turishi va ayniqsa, q ad riy atlarim izni o 'rg an ish i, o ‘zligim izni tanishim izga, qadim iy madaniyatimizni bilishga ehtiyoj katta bo‘lmoqda. Oligofrenopedagog har kungi yangiliklar bilan tanish bo‘lishi va ularni o ‘quvchilari ongiga singdirib, hayot bilan hamnafas bo‘lishlariga zamin yaratishi lozim. Zero bu narsalarni bilmay turib, mustaqilligimizni mustahkamlab, buyuk davlat qurib bo‘lmaydi, shunday ekan, yordamchi maktabda o ‘quvchilar boshlang‘ich sinfdan boshlab sharqona tarbiya asosida tarbiyalanmog‘i va qadriyatlami bilmog‘i lozim. Hozirgi davr o ‘quvchi oldiga ham , o'qituvchi oldiga ham shu davrgacha ko‘rilmagan katta talablar qo‘ymoqda. Bu talablarning asosiysi darsning samaradorligi, sifatli bo'lishi, yordamchi maktab o ‘quvchilarining bilim va ko‘nikmalarini birinchi galda yordamchi maktabdagi o ‘quv mashg‘ulotlardan egallab olishidir. Hozirgi kun talabi oligofrenopedagogning har bir yordamchi maktab o ‘quvchisiga yaqin yondashishi, uning nimaga qiziqishi, nim a bilan shug‘ullanishini bilishidir. Yangi jam iyatim izning kelajagi b o ‘lmish yoshlarning m a’naviy boy, odobli qilib tarbiyalab yetishtirish uchun yordamchi maktabning har bir o ‘quvchisiga mos yondashishi kerak. Keyingi p a y tla rd a pedagog xo d im larn in g m aishiy sh aro itin i yaxshilash borasida qator qonunlar qabul qilindi. Imtiyozlar berildi, 196 ularning ish haqlari oshirildi, barcha turdagi maktab, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlari pedagog xodimlari bilan m ehnat shartnom asi tuzish sistemasiga o ‘tildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy ta ’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «Mutaxassis o ‘z faoliyati sohasidan qat’i nazar, ijodiy jam oalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo‘lish, yangi texnologiyalarni joriy etishi, xo‘jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasaw ur qila olishi kerak». Ushbu fikrlar maxsus maktab o ‘qituvchilari uchun ham aynan taalluqlidir. C hunki jam iyatim izda sodir b o ‘layotgan tub o 'z g a rish la r, b o z o r m u n o sab atlarig a kirib b o rish im iz o lig o fre- nopedagogdan nafaqat kasbiy bilim larni, balki iqtisodiy, huquqiy, texnikaviy bilimlar asosidan xabardor b o ‘lishni taqozo qilmoqda. Aqli zaif o ‘quvchilar esa asosiy bilimni aynan shu yordamchi maktabda oladilar. Oligofrenopedagoglar jamiyatimiz a’zolari bo'lm ish alohida yordamga muhtoj bo‘lgan o ‘quvchilarni jamiyatimizning ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishda halol mehnat qilishga tayyor, hayotda o ‘z o ‘mini topa oladigan yoshlarga o‘ta muhim saboqlarni beradilar. 0 ‘qituvchi-defektolog qanday xislatlarga ega bo ‘lishi kerak? 1. A w alo, yordam chi maktab 0 ‘qituvchisi aqli zaif bolaga ota-ona ko‘zi bilan qaram og'i, unga nisbatan m ehr-m uhabbatda b o ‘lm og‘i zarur. 2. Bolalarning kelajagiga ishonch bilan qarashi kerak. 3. Tashkilotchilik qobiliyatiga ega boMishi, jam oani jipslashtira olishi, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishi kerak. 4. 0 ‘q u v ch ilar ichiga kirib keta olishi, u la rn in g psixologik xususiyatlarini chuqur bilishi kerak. 5. 0 ‘zini tuta bilishi kerak. 6. 0 ‘z fanini chuqur bilishi kerak. 7. 0 ‘z bilimini o ‘quvchilar ongiga yetkaza olish xislatlariga ega bo‘lishi kerak. 8. D iqqatni b o ‘la olish qobiliyatiga ega boMishi kerak. 9. 0 ‘quvchilar o ‘rtasida obro‘ qozonishi, ularga shaxsiy o ‘rnak bo ‘lishi kerak. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling