Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

188


Savollar
1.
Yordamchi maktabda sinfdan tashqari qanday ish turiari bor?
2. Yordamchi maktabda sinfdan tashqari ishlaming tarbiyaviy ahamiyati nimadan 
iborat?
3. Maktabdan tashqari ishlami tashkil etishda qanday qiyinchiliklar uchraydi?
Pedagogik mahorat
H ar bir pedagog o ‘z mehnati va bolalarni sevishi kerakligini o‘tmish 
pedagoglari ham ko‘p takrorlaganlar. Yordamchi maktabda oligofrenopeda- 
gogning aynan mana shu ikki sifati o‘z mehnatining ustasiga aylanishiga
pedagogik mahoratni egallashiga yordam beradi.
Oligofrenopedagogning pedagogik mahorati bir qator komponent- 
lardan tarkib topadi. U m um iy pedagogika, um um iy psixologiya, 
oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya, oligofreniya klinikasi 
bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik 
etika va pedagogik texnikani o ‘z ichiga oladi. Oligofrenopedagoglar maxsus 
maktabda o‘zlarining tinimsiz mehnat faoliyatlari jarayonida o ‘z ishlarining 
chinakam ustalariga aylanadilar.
Pedagogik m ahorat — bu avvalo oligofrenopedagogga pedagogik 
vaziyatni hozirgi zamon maxsus maktabi oldida turgan milliy-g‘oyaviy 
pedagogik vazifalarga muvofiq tarzda hal etish imkonini beradigan kasbiy 
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdir.
Pedagogik m ah o ratn ing nazariy asosi kasbga oid bilim lardir. 
Oligofrenopedagog oliy o ‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta 
egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda maxsus psixologiya, 
maxsus pedagogika, oligofreniya klinikasiga doir bilimlar katta rol o ‘ynaydi. 
Fan asoslarini yaxshi egallagan ayrim oligofrenopedagoglar sinf bilan 
aloqa o ‘mata olmaydilar, o'quvchilar bilan to ‘qnashuvlarga duch keladilar. 
0 ‘quvchilar darsdan qochib ketishga, darsga kirmaslikka bahona izlaydilar. 
Bularning barchasi oligofrenopedagog tarbiyaviy jarayon, tarbiyaviy 
malakalar haqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligidan dalolat beradi.
Pedagogik mahoratni egallash uchun oligofrenopedagogga faqat o ‘z 
p re d m e ti y u z a sid a n b ilim la rg a ega b o ‘lish i k ifo y a q ilm a y d i. 
O ligofrenopedagog maxsus psixologiya, maxsus pedagogikaga doir 
bilimlarni o'zlashtirishi va ularni muntazam to‘ldirib borishi kerak.
Ilmiy maxsus psixologik-pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi 
o ‘qituvchiga faqat o ‘z sinfmi ham da ayrim o‘quvchilarni o ‘rganish va 
ularga to ‘g‘ri tavsiyanoma berishdangina emas, balki bolalar jamoasi va 
uning har bir a ’zosining rivojlanish istiqbollarini ham belgilash imkonini 
beradi.
189


M axsus m aktablarda oligofrenopedagog-tarbiyachining am aiiy 
faoliyati bu ko'plab pedagogik vazifalarini o ‘z vaqtida kechiktirmay 
hal qilishdir. 0 ‘zining kasbga doir bilimlaridan mohirona ijodiy foydalana 
olgan oligofrenopedagog o ‘z vazifasini m uvaffaqiyatli hal etishi 
m um kin.
Oligofrenopedagog o ‘zining pedagogik mahoratini egallash uchun 
o ‘quvchini korreksion-rivojlantirish va shakllantirishning hozirgi bosqichda 
nimalarga erishmoqchi ekanligini aniq tasaw ur qilishi lozim. Bunda u 
milliy g‘oya va tarbiyaning umumiy maqsadlariga asoslanishi bilan bir 
vaqtda tarbiyaning birinchi galdagi vazifalarini aniqlash, yuzaga kelgan 
pedagogik vaziyatda maxsus psixologik-pedagogik bilimlarni qo'llashni 
talab qiladi.
Tarbiyaviy ishda maqsadga qat’iy va zo‘r g‘ayrat bilan intilish talab 
qilinadi. Biz nimaga erishmoqchi bo‘Iganligimizni bilishimiz va buni hech 
qachon unutmasligimiz kerak.
Ammo maxsus pedagogika, maxsus psixologiyaga doir bilimlar ba’zan 
yordamchi maktabda muayyan tarbiyaviy lahzalarda yuzaga keladigan barcha 
vazifalarga tayyor javoblar bera olmaydi.Oligofrenopedagogning faoliyati — 
ijodiy faoliyat va aynan bilimlarni ijodiy qo‘llash mohir pedagogning 
o ‘zigaxos xususiyatini ko‘rsatib turadi. Pedagoglarga bir xil qolipda 
ishlash uchun ko‘rsatma berilmaydi. Chunki maxsus maktabda turli xil 
tashxisga, o‘ziga xos xususiyatga ega bo'lgan bolalar o‘qiydilar. Shu bois 
doim o ularga o ‘zingiz boshqarm oqchi b o ‘lgan psixik hodisalarning 
qonuniyatlarini o ‘rganish va shu qonunlami hamda ularni qo‘llamoqchi 
bo‘lgan muhitlarni nazarda tutib ish ko‘ring, deb aytamiz...
Faqat mana shu muhitlarning hamda yordamchi maktab tarbiyalanuv- 
chilari shaxsining bunday o ‘ta xilm a-xilligida qandaydir umum iy 
ko‘rsatmalar berish mumkin emas. M ana shuning uchun ham biz oligo- 
frenopedagoglarda yordamchi maktabda o ‘quvchilami imkoni boricha 
o ‘rganishni, o'quvchilarni o ‘rab turgan muhitni, turli pedagogik tarixni, 
sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari, hadislar va boshqa 
pedagogikaga oid manbalardan foydalanishni, bu maqsadga erishish sari 
og‘ishmay borishni maslahat beramiz.
Yordamchi maktabda oligofrenopedagog faoliyat jarayonida o ‘ta xilma- 
xil kasbiy va shaxsiy sifatlarini namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan 
uzviy bog‘langan va o ‘qituvchining amaiiy faoliyatida bir butun sifatida 
yuzaga chiqadi. Shaxsiy sifatlar, maxsus bilimlar va kasbiy tajribaning 
murakkab ham da ko'p qirrali birikmasini pedagogik qobiliyatlar deb 
atash qabul qilingan.
Pedagogik qobiliyatlarning shakllanishiga oligofrenopedagoglarni 
tayyorlab yetishtiradigan oliy o ‘quv yurtida ta’lim-tarbiya jarayoni katta 
ta ’sir ko'rsatadi.
190


A m m o h a r b ir b o ‘lajak o ‘q itu v c h i-d e fe k to lo g va m aklalula 
ishlayotgan oligofrenopedagog o ‘zlarida pedagogik qobiliyatni o'stinsli 
uchun zo‘r ishtiyoqni namoyon qilishlari kerak. Pedagoglik qobilivati 
pedagog faoliyatining shartigina emas, balki natijasi hamdir.
Pedagoglik mahorati o ‘qituvchida pedagoglik odobi (nazokati)ning 
mavjudligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘qituvchining um um iy m a ’naviy 
tarbiyalanganligi pedagoglik odobining asosidir. Pedagoglik odobi — bu 
o ‘quvchilarga nisbatan pedagoglik etikasining o ‘ziga xos am alga 
oshirilishidir. Pedagoglik odobi — bu o ‘qituvchining yuksak insoniyligi, 
insonga mehribonligi, o ‘zini tuta bilishi, sabr-bardoshi, har qanday 
vaziyatlarda ham xayrixohlik munosabatlarini o‘rnata bilishi, qamrab 
oluvchi m a’naviy xulq-atvordir. Pedagoglik odobiga ega b o ig a n
olig o fren op edago g y o rd am ch i m aktab o ‘q u v ch ilari, o ta -o n a la r, 
ham kasblari b ilan b o £ladigan o ‘z m u n o sab atlarin i ustalik bilan 
boshqaradi. Pedagoglik odobida aw alo insonga chuqur hurmat namoyon 
bo'ladi.
Y o rd am ch i m a k ta b o ‘q itu v c h isi a lo h id a y o rd am g a m u hto j 
o‘quvchining tarkib topayotgan shaxsi bilan ish ko‘radi va uni aqli zaif 
o ‘quvchilar bilan bo‘ladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar 
ko‘p talabchanlik va unga nisbatan mumkin qadar ko‘p hurm at tamoyili 
asosida qurilishi kerak.
Oligofrenopedagogning malakasi pedagoglik odobi bilan bog‘langan. 
Bu pedagoglik vaziyatni baholash, o ‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga 
olish, ta ’sir keltirib chiqarishi mumkin bo ‘lgan holni oldindan ko‘rish 
malakasidir. Pedagoglik odobi yuksak pedagoglik mahorati mavjudligining 
belgisidir.
Pedagoglik odobini egallash oligofrenopedagogdan o ‘z ustida puxta 
o‘ylab ishlashni talab qiladi. 0 ‘qituvchi o‘z xatti-harakatini doimo nazorat 
qilishi, o ‘z qarashi bilan yordamchi maktab o ‘quvchilari xatti-harakatiga 
o ‘z m un osabatin i bildira bilishi kerak. Y a’ni, pedagoglik odobi 
oligofrenopedagogda o ‘z tuyg'ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari 
m avjud b o ‘lishini ham n azarda tu ta d i. M alakalar — pedagoglik 
mahoratining tarkibiy qismi b o iib , u pedagoglik texnikasi deb ataladi. 
Pedagoglik texnikasi oligofrenopedagogga yordamchi maktab o ‘quvchilari 
va ulaming ota-onalari bilan muloqotda boMishda to‘g‘ri muomala tarzini 
tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, bolalar bilan munosabat uslubi, 
metodikani to ‘g‘ri tanlash — bulaming barchasi pedagoglik texnikasiga 
kiradi. Yordamchi maktabda o ‘quvchilar bilan ishlaganda pedagoglik 
texnikasi oligofrenopedagoglarga o'quvchilar jamoasidagi munosabatlami 
boshqarish imkonini beradi.
0 ‘qituvchining pedagoglik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga 
maxsus ta ’limni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida jiddiy e’tibor
191


beriladi va bu o ‘rinda yordamchi m aktabda oligofrenopedagog o ‘z 
pedagoglik mahoratini, kasbga doir vazifalami hal qilish qanchalik qo‘lidan 
kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi ham da qalbiga kirishning 
umidbaxsh yo'llarini izlashi kerakligi ta’kidlab o ‘tiladi. Maxsus maktab 
islo h o tid a yordam chi m aktabda oligofrenopedagog tarbiyasi o ‘z 
tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolmasdan, ularga 
o‘zining odobi bilan, xatti-harakati bilan ham, turmush tarzi, o ‘z qiyofasi 
bilan ham ta ’sir qiladi. Uning intellekti va madaniyati, haqgo‘yligi va 
insoniyligi, uning m a’naviy sifatlari yordamchi maktab o ‘quvchilari 
tomonidan namuna sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ham yordamchi 
maktab oligofrenopedagogi u qaysi predmetni olib borishidan qat’i nazar, 
yoshlar uchun m a’naviylik murabbiysi, taqlid uchun yuksak namuna, 
o ‘mak bo‘lishi kerak.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling