Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savollar
1. Jamoa qanday talablarga javob beradi?
2. Jamoani shakllantirish qanday bosqichlami bosib o‘tadi?
3. Yordamchi maktablarda jamoani tashkil qilishning qanday ahamiyati bor?
Yordamchi maktablarda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
Sinfdan tashqari ishlar yordamchi maktabdagi butun o ‘quv-tarbiyaviy 
ishlarning tarkibiy qism laridan biri b o ‘lib, nuqsonli bolalarni har 
tomonlama rivojlantirishga, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etishga 
tayyorlashga xizmat qilishdan tashqari, ishlar asosan ta’lim-tarbiyani davom 
ettirib, aqli zaif bolalardagi ruhiy kamchiliklarni yumshatishga, tuzatishga 
sharoit yaratadi. Sinfdan tashqari ishlardan ko‘ra ijtimoiy, ta’limiy, ijtimoiy 
foydali, jismoniy tarbiya va sog'lomlashtirish san’atning turli sohalari
o ‘quvchilaming madaniy dam olishlari bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni turlicha bo‘lishiga 
qaramay, bulaming barchasida asosiy e’tibor o ‘quvchilardagi nuqsonni 
korreksiyalash ishlariga qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy, jismoniy nuqsonlar 
xarakteri ish mazmunini tanlashga yordam beradi.
Sinfdan tashqari ishlar darsdan tashqari vaqtlarda o ‘tkaziladi. Ulaming 
tizimi izchil bo‘lishi, aqli zaif bolalarning psixofizik imkoniyatlarini, ulaming 
qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilinishi darkor. 
Sinfdagi o ‘quv-tarbiyaviy ishlar bilan sinfdan tashqari ishlar orasida uzviy 
mantiqiy bog‘lanish boiishi kerak. Agar bolalar darsda ma’lum fanlardan 
nazariy, am aliy bilim lar olsalar, sinfdan tashqari ishlarda darsda
185


olgan bilimlari mustahkamlanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. 
Shuningdek, ularda sinfdan tashqari ishlar davomida sinfda olgan bilimlami 
amalda qo‘llay olish malakalari shakllantiriladi (4-chizma).

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling