Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

bosqich 
boshlanadi. Bu bosqichda bolalar faollari jamoaga talablar qo‘ya 
boshlaydi. Demak, jamoada pedagogik rahbarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmay, 
balki faollar orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi jam oa shunchaki 
yuzaki, maqsadsiz birlashgan bolalar emas, balki o'zlarining hayotiy 
masalalarini mustaqil yechadigan bolalar guruhidir. Bu bosqichda faollar 
bilan, o‘z-o‘zini boshqarish a’zolari bilan, birlamchi jam oa bilan zarur 
pedagogik ishlarni amalga oshirish kerak. Faollar bilan ishlashning mohiyati 
shundan iboratki, ulardan o ‘qituvchi, tarbiyachilarning talablarini 
quvvatlashgina emas, balki butun sinfni o ‘z orqalaridan yetaklay bilish 
talab etiladi. Bunday murakkab vazifani bajarish oddiy ish emas. Buning 
uchun qat’iy birlashgan fikrlar birligiga ega bo‘lish kerak.
Shu taxlitda faollarning jam oa hayotidagi roli ortib boradi. Maktab 
hayotida aslida birinchi va ikkinchi bosqichlar bir-birlariga aralashib, kirishib 
ketadi. Ammo bu bosqichda asosiy e’tibor faollardaprinsipiallik, ijtimoiy 
faollik, jam oa ishiga sodiqlikni tarbiyalashga qaratilishi lozim. Birlamchi 
jam oani to ‘g‘ri tashkil eta olish keyingi bosqichlardagi muvaffaqiyat 
garovidir. Shunday qilib, jam oani tarbiyalashdagi ikkinchi bosqich 
murakkab bosqich b o ‘lib, bu o ‘z -o ‘zlarini boshqarishga o'tish bilan 
belgilanadi.
Jamoaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich o ‘zining sermahsulligi, 
asosiy bosqich ekanligi bilan ajralib turadi. 0 ‘zaro faoliyatda qatnasha 
turib, bolalar jam oa ko‘nikmalari va malakalarini o ‘zlashtirib boradilar. 
Jamoa faoliyati umumiy maqsad asosida bajarilayotgani uchun bolalarning 
o'zlari tashkilotchilar sifatida harakat qiladilar. Faoliyat natijasida umumiy 
javobgarlik, umumiy munosabat yuzaga keladi.
182


Bu bosqichda jamoa o‘z talablarini har bir alohida shaxsga qaratadi. 
Bundan alohida shaxsni qiynash, unga tazyiq o‘tkazish fikri kelib chiqmasligi 
darkor. Lekin bu hoi ba’zan uchrab turadi. Har bir o‘quvchining jamoadagi 
o‘mi, uning xulqi, qiliqlari jamoa talablari bilan belgilanadi. Voqcalarga 
baho berishda umumiy tajriba, yagona fikming yuzaga kelishi uchinchi 
bosqichning xarakterli belgisidir. Umumiy ishlarga qiziqish, birgalikdagi 
harakatlarga tayyor turish shu bosqichga xosdir. Bu bosqichdagi pedagogik 
ishlar asosan ikkita bir-biriga bog‘liq vazifani hal etadi. Bularga ijtimoiy, 
umumiy fikr va a n ’analar kiradi. Jamoada an ’analarning borligi shu 
bosqichning shakllanganligidan darak beradi. Uning umumiy, korreksion 
tarbiya jarayonidagi aham iyati nihoyatda katta, haqiqiy a n ’analar 
qiyinchiliksiz, oson amalga oshiriladi. Agar an’analar buzilsa, unga nisbatan 
qoniqmaslik holatlari kuzatiladi.
Qator an ’analar faqatgina mohiyati bilangina aqli zaif o ‘quvchilar 
diqqatini jalb etib qolmasdan, balki jonliligi, rangdorligi bilan ham bolalarni 
o‘ziga tortadi. Jamoadagi an’analar jamoa hayotiy tajribalarining chuqurligi 
darajasini bildiradi. Shu sababli an’analarni sun’iy ravishda kiritish mumkin 
emas.
Jamoa taraqqiyotidagi to‘rtinchi bosqich bevosita uchinchi bosqich davomi 
hisoblanadi. Har bir o‘quvchi jamoaga tajribasi asosida o‘zicha talablar qo‘yadi. 
Jamoaning axloqiy normalarini bajarish har bir o ‘quvchining shaxsiy 
ehtiyojiga aylanadi. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonidir. Jamoa 
hayotini shunday tashkil etish kerakki, uning har b ir a ’zosi o ‘z 
qobiliyatlarining maksimal ro‘yobga chiqishiga harakat qilsin.
Yuqoridagilardan m a’lum bo‘ladiki, bolalar, o ‘quvchilar jamoasini 
tarbiyalash uzoq vaqt talab etadiggn pedagogik jarayon ekan. Maxsus 
maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishda ham jamoa juda 
katta ahamiyatga ega. Aqli zaif bolalar shaxsini tarbiyalashda jamoa katta 
imkoniyatlarga ega. Normal bolalar bilan olib boriladigan jamoaga oid 
barcha ishlar, yordamchi maktablarda qator obyektiv sabablaiga ko‘ra maxsus 
korreksion ishlar orqaligina amalga oshirib boriladi. 0 ‘qituvchi, tarbiyachilar 
har bir bolaning psixofizik imkoniyatlarini bilgan holda uni jamoaga kiritib 
boradi. Bolalar o ‘rtasida o ‘rtoqlikni vujudga keltirish uchun o ‘qituvchi, 
tarbiyachilar ular bilan maxsus ish olib boradilar. Ulami o ‘zaro yordamga 
chaqiradilar, o ‘rtog‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga o ‘rgatadilar. Ular bilan 
umumiy o ‘yin, suhbatlar tashkil qiladilar, do‘stlik mavzuiga oid ishlar 
olib boradilar. Shular natijasida bolalardagi odamovilik, uyatchanlik yo‘qolib 
boradi. Bolalarda bir-birlariga do'stona munosabat yuzaga kela boshlaydi. 
Bolalar jamoat ishlariga jalb etiladilar. Dastlab bolalarga alohida topshiriqlar 
berilsa, keyinchalik ijtimoiy topshiriqlar berib boriladi. Shu taxlitda har 
bir bola jamoada o‘z o ‘rniga ega bo‘la boradi. Faol bolalar asta-sekin boshqa 
o ‘quvchilarga ta’sir etishib, ulardan ijtimoiy joylarda intizom, xulq-atvor
183


qoidalariga amal qilishni talab qilib, o ‘qituvchi, tarbiyachilarga yordam 
bera boshlaydilar.
Jamoada qatnashish tufayli ilgari yordamchi maktab o ‘quvchisiga 
tushunarsiz b o ig a n ko‘pgina axloqiy tushunchalar ular tom onidan 
o‘zlashtirilib boriladi. Jamoaning aqli zaif bolalarga ijobiy ta’siri haqida 
qator ilmiy ishlar mavjud. Aqli zaif bolalarda jamoaga qo'shilish uchun 
ehtiyojni tarbiyalash zarur. 0 ‘quvchi sinf va maktab jamoasi hayotida ishtirok 
eta borib, o'zidagi bir qator nuqsonlami yengib boradi. Nuqsonlarga jamoa 
orqali ta’sir qilish ulardagi aqliy, jismoniy, shaxsiy yetishmovchiliklami 
bartaraf etishga yordam beradi.
Jamoani tashkil etish darsda va darsdan tashqarida olib boriladigan 
tarbiyaviy jarayonning bir qismi hisoblanadi. Bolalar jamoasiga qanchalik 
ko‘proq tayanilsa, shunchalik ko‘p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 
Mashg‘ulotlami, kun tartibini, bolalar o ‘yinini tashkil etish puxta o ‘ylab 
olib borilsagina bolalarning jamoaga jipsroq birlashishiga yordam beradi. 
Yordamchi maktabda o ‘qituvchilar va sinf rahbarlarining vazifasi sinfda, 
maktabda tashkilotchilik vazifalari ko‘pchilik bolalar qo‘lida bo‘lgan o ‘zini- 
o‘zi boshqarish tizimini vujudga keltirishdan iborat.
Jamoaning mavjudligi aqli zaif bolalarda jamoa sharafi, o ‘rtoqlarcha 
birdamlik, boshqalarga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish, yuksak axloqiy 
tuyg‘ularni shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Tarbiyalovchi jamoa 
insonparvarlik munosabatlari, o‘rtoqlarcha manfaatdorlik, bir-birlariga 
e ’tibor bilan munosabatda bo‘lish, sinfdagi o ‘rtoqlarigagina emas, balki 
boshqa jam oa a ’zolariga ham yordam berishga tayyor turish bilan 
xarakterlanadi. Sinfda vujudga keltirilgan sog‘lom jam oatchilik fikri 
0
‘quvchilar jamoasida ayrim bolalarga yoki o‘quvchilaming ayrim guruhlariga 
ta’sir ko‘rsatishda yordam beradi.
Tarbiyalovchi jamoani vujudga keltirish birmuncha uzoq davom etadigan 
jarayondir. Jamoada bolalar tashkilotchilik malaka va ko‘nikmalarini egallab 
boradilar, o ‘rtoqlarining xatti-harakatiga axloqiy jihatdan baho berishga 
o ‘rganadilar. Yordamchi maktabda boshlang‘ich jamoalar umummaktab 
jamoasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan taqdirdagina tarbiyaviy vazifalami 
samarali amalga oshiradilar. Bolalarni shunday faoliyatgajalb etish kerakki, 
bu faoliyat ularda jamoa kamchiliklarini birgalashib yo‘qotishga doimiy 
intilishni keltirib chiqarsin. Yordamchi maktabda jamoa faoliyatini tashkil 
etishda bolalarning yosh xususiyatlarini va rivojlanish darajasini hisobga 
olish lozim. Har qanday faoliyat turlari jamoaning vujudga kelishiga yordam 
bermaydi. Awalo, faoliyat aqli zaif o ‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi kerak. 
Faoliyat turlariga mumkin qadar ko'proq o ‘yin elementlarini kiritish 
maqsadga muvofiqdir. 0 ‘quv faoliyati o ‘z mazmuni, ta’lim usullari bilan 
sinfda uyushgan bolalar jamoasini shakllantirishga yordam beradigan tarzda 
tashkil etilishi lozim.
184


Yordamchi maktabda o'yin bolalar jamoasini jipslashtiradigan va 
rivojlantiradigan asosiy faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o'yiniga e ’tibor 
bilan razm solinsa, ulaming o ‘yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini
ular o ‘yin orqali atrofdagi voqelikni qanday bilib olayotganliklarini ko‘rish 
mumkin. Yordamchi maktablardagi o‘yin faoliyatining qimmati shundaki, 
o ‘yin jarayonida aqli zaif o'quvchilar ko‘pincha turli qiyinchiliklami 
yengadilar, o ‘z harakatlarini boshqarishni o ‘rganadilar, dovyurak, irodali 
bo‘lib boradilar. Ijodiy va mazmunlilarda yordamchi maktab o‘quvchilarining 
barcha jarayonlari bilan birgalikda individuallari ham shakllanib boradi. 
Yordamchi maktabdagi tarbiyachi hech qachon bolalarning o ‘yinlariga 
befarq bo'lmasligi kerak. « 0 ‘yin, shuning uchun ham o‘yinki, u o ‘quvchilar 
uchun sof mustaqil faoliyatdir», — degan K.D. Ushinskiy. Shu sababli, 
bolalarning o ‘ynashiga bo‘lar-bo‘lmasga aralashavermaslik darkor.
Demak, foydali bir maqsad asosida birlashgan, o‘z manfaatini jamoa 
manfaatiga bo‘ysundira oladigan shaxslar uyushmasi jamoani tashkil etar ekan.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling