Maxsus pedagogika
Huquqiy tarbiya va qonun ustuvorligi haqida asosiy tushuncha
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Huquqiy tarbiya va qonun ustuvorligi haqida asosiy tushuncha
Umuman olganda, qonun hamma uchun tengligi bilan ulug‘vordir va shundagina uning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘ladi. Qonunga barcha itoat etadi. Davlat har bir fuqarosini himoya etsa, unga huquqiy yordam bersagina ular xotirjam yashaydilar, unumli mehnat qiladilar. Davlatimizda qonun ustuvorligining mazmuni, m a’nosi ham ana shundan iboratdir. Qonun barchaga barobar. Davlatimiz qonunlariga jami fuqaro yoshi- dan, mansabidan, millati, irqi va dinidan qat’i nazar, barcha barobar bo‘ysunmog‘i shart. Prezidentim iz I.A.Karimov «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» asarida, «Qonun qog‘ozda qolib ketsa jam iyat aslo ravnaq topmaydi. 178 Q onun am alda b o ‘lishi lozim», deb ta ’kidlab o ‘tadi. Shuning uchun Prezidentim iz yangi Konstitutsiya haqida fikr yuritib .deydi: «Yangi Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda «Davlat organlari va m ansabdor shaxslar jam iyat ham da fuqarolar oldida m as’uldirlar. Ya’ni, fuqarolar m anfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkam langan va kafolatlangan». Fuqarolar manfaati va huquqi ustun ravishda kafolatlansa va bunga am alda ahamiyat berilib, uning ijrosi ta ’minlansa-, bu xalq ommasining jo ‘shqin mehnatini mustahkamlash ishlarida faolligini to ‘la ta ’minlaydi. Biz qurayotgan huquqiy-dem okratik jam iyatning asosiy vazifasi ham ana shudir. Zotan, 0 ‘zbekiston mustaqilligini e ’lon qilib, o ‘zining m a’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini tiklash, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida tub o ‘zgarishlar, ijtimoiy himoyani ko‘zda tutgan huquqiy- demokratik davlat poydevorini qurish davriga qadam qo‘ydi (o‘sha asar, 15-bet). 0 ‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusiy qonunlar majmuasi — Konstitutsiya bilan yaqindan tanishsak va uni chuqur tahlil qilib ko‘rsak, unda o ‘tmishda — bobolarimiz yashagan davrlarda shakllangan sharqona milliy tafakkur, muqaddas islomona qadriyatlar, nasllardan nasllarga meros bo ‘lib kelgan adolat, haqiqat, im on, e ’tiqod, vijdon, m ehr-oqibat, o ‘zbekona or-nomus va shu kabi milliy-axloqiy an’analarning o ‘z ifodasini topganiga guvoh bo‘lamiz, shu bilan birga, jahon davlatlari tajribalaridan ijodiy foydalanilgandir. Zotan, bu narsa albatta muhimdir. Konstitutsiya va boshqa qonunlarda nima kafolatlangan bo‘lsa, ular xalqning, shuningdek, yosh avlodni shu ruhda tarbiyalashga qodirdir. Konstitutsiyaning m a’no va mazmuni tarbiyaning quyidagi va shu kabi yo‘nalishlarida qo‘llanma ' sifatida xizmat qilishi shubhasiz: — hurflkrlilik; — milliy iftixor; — milliy qadriyatlarga hurmat; — erkinlik va ozodlik; — insonparvarlik; — vatanparvarlik; — birodarlik va hamkorlik; — ilmga mehr-muhabbat; — iymon va e’tiqod; — halollik; — axloqiy poklik; — madaniy merosga hurmat; — adolatparvarlik va odillik; — mehnatsevarlik; — baynalminallik; 179 — ijodkorlik va tashabbuskorlik; — tadbirkorlik va ishbilarmonlik; — qonunga nisbatan itoatkorlik; — mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish g‘oyalariga sadoqat; — islom diniga hurmat; — Prezident va davlatni qadrlash. Mustaqillik tarbiyasining shu yo‘nalishdagi sohalari — milliy axloq- odobning tarkibiy qismidir. Shuningdek, ular mustaqillik tarbiyasining asosini tashkil qiladi. Zikr qilingan pedagogik asoslar xalq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirishda, yosh avlodni tarbiyalashda muhim rol o ‘ynaydi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling