Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

S a vo l va topshiriqlar
1. Insonparvarlik tarbiyasining ahamiyati haqida so‘zlab bering.
2. Insonparvarlik qanday namoyon boiadi?
3. Insonparvarlik tarbiyasi qanday amalga oshiriladi?
Yordamchi maktablarda jismoniy tarbiya
Jism oniy tarbiya bolaning h a r to m on lam a rivojlanishi uch u n asosiy 
omil ekanligi qadim dan e ’tirof etilgan. M untazam ravishda jismoniy tarbiya 
bilan shug‘ullanganlarda ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanish uyg‘unlashib 
boradi.
Jism oniy tarbiya — ko ‘rinishidan juda sodda, tushunarli tuyulgan bu 
jum la maxsus m aktablarda yanada ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki 
jism oniy tarbiyani oddiy jism oniy m ashqlar, harakatlar yig‘indisi deb 
o ‘ylash katta xato b o ‘ladi. Jism oniy tarbiya deganda o ‘quvchilarga tashkil 
qilingan jism oniy m ashqlar, tabiatning tabiiy kuchlari va gigiyenik omillar 
bilan ta ’sir etish orqali ularda jam iyat talablariga m os keladigan sifatlarni 
rivojlantirish tushuniladi.
Yordam chi m aktab o ‘quvchilariga jism oniy tarbiyani amalga oshirish 
jarayonida ular sog‘lig‘ini m ustahkam lash, tana a ’zolarini chiniqtirish, 
jism oniy jihatdan to ‘g‘ri rivojlantirish ham da aqli zaif o ‘quvchilar aqliy 
faoliyatlarini m um kin qadar maksimal oshirishga ta ’sir etishda asosiy 
vazifalami bajaradi. Yordam chi m aktab o ‘quvchilaming qaddi-qom atlarini 
t o ‘g ‘ri s h a k lla n tiris h , su y ak b o ‘g ‘in la rin i, m u sk u lla r h a ra k a tin i 
uyg‘unlashgan tarzda korreksion rivojlantirish, yurak-tom ir ham da nafas 
olish a ’zolarining asab tolalari faoliyatlarini rnustahkam lashtirish va 
m uvozanatlashtirishdek m uhim vazifalami sistemali tarzda amalga oshirib 
boradi. Yordam chi m aktabda jism oniy tarbiya barcha tarbiya turlari bilan 
(estetik, ekologik, aqliy, axloqiy, m ehnat) bog'langan holda am alga 
oshirib boriladi.
S a lo m a tlik in s o n n in g r iv o jla n is h i, u n in g b a rc h a k u c h va 
qobiliyatlarining nam oyon b o ‘lishi uchun asosiy omildir. M aktab yoshida 
bolaning o ‘sishi va norm al taraqqiyoti m a’lum darajada organizm ning 
intellektual, hissiy-irodaviy rivojlanishiga bog'liq bo'ladi. Shu sababli 
bosh lang‘ich sinf bolalarining sog‘lig‘ini as/.ish jism oniy tarbiyaning 
yetakchi vazifasi b o iib , bevosita shu yoshda jism oniy tarbiya organizmga 
sam arali t a ’sir etadi. Z ero shu davrda bo!a org anizm iga jism o n iy
173


mashqlarning, sof havoning, quyosh nurlarining, toza suvning ijobiy 
ta’siridan unumli foydalanish zarur.
Jismoniy tarbiya yordamchi maktablardagi barcha ta ’lim-tarbiya 
ishlarining muhim qismi hisoblanadi. Yordamchi maktablarda bolalardagi 
mavjud nuqsonlami tuzatish vazifalarining hal etilishi jismoniy tarbiyaning 
asosiy, yetakchi maqsadi hisoblanadi. Aqli zaif bolalarning jismoniy, ruhiy 
rivojlanishi o ‘ziga xos, murakkabligini hisobga oladigan bo‘lsak, yordamchi 
maktablarda jismoniy tarbiyaning ahamiyati yanada ortadi. Chunki bu 
bolalarning ko‘pchiligida bosh miya, yurak-qon, tom ir, nafas olish 
a ’zolarining o ‘ziga xos kasalliklari b o ‘lib, ularda muskul tonuslari 
bo‘shashgan boladi. Jismoniy o ‘sish asosan nuqsonli bolalarda orqada qoladi. 
Bu hoi bolalar bo‘yining yaxshi o ‘smaganligida, muskullar kuchining 
zaifligida, gavda tuzilishining nomutanosibligida, umurtqa pog‘onasining 
nuqsonlarida ko‘zga iashlanadi. Aqli zaif bolalar o'zlaridagi nuqsonlami 
mustaqil holda bartaraf etish qobiliyatiga ega emaslar. Ular jismoniy 
mashqlarning mohiyatiga tushunib yetmaydilar. Ularda harakat faoliyatini 
takom illashtirish uchun chidam , iroda, maqsadga intilish jihatlari 
yetishmaydi. Bunday vaqtlarda yordamchi maktab o‘qituvchi va tarbiyachilari 
bolalarga yaqindan yordam berishlari kerak.
Yordamchi maktablardagi jismoniy tarbiya asosan aqli zaif bolalardagi 
nuqsonlami to‘g‘rilash va ulami mehnat faoliyatiga tayyorlashdan iborat. 
Shu sababli ham bu sohadagi ishlar maxsus mazmun kasb etishi kerak. 
Chunki normal bolalar bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya usullari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamchi maktablarda o'tkazilmaydi.
M ash h ur rus defek tolo glaridan A .N .G rab o ro v , D .I.A zbukin, 
G .M .D ulnev ishlarida yordam chi m aktab o'quvchilarini jism oniy 
tarbiyalash m asalalariga alohida e ’tib o r berilgan. U lar tu zatish - 
sog'lomlashtirish ishlarida, o'quvchilarni ijtimoiy foydali m ehnatga 
tayyorlashda jismoniy tarbiyaga katta ahamiyat bilan qaraganlar. Nuqsonli 
shaxsni rivojlantirish uchun quyi sinflardagi jismoniy tarbiyaga alohida 
mas’uliyat bilan yondashish kerak. Chunki boshlang‘ich sinf bolaning 
ham ruhiy, ham jismoniy rivojlanishida poydevor vazifasini o ‘taydi. Kichik 
maktab yoshi nuqsonlami tuzatish uchun juda qulay davr hisoblanadi. 
Chunki ish qanchalik erta boshlansa, shuncha yaxshi samara beradi. 
Boshlang‘ich sinflarda yaxshi tashkil etilgan harakatli mashg‘ulotlar 
yozuvda, surat chizishda, qo‘l mehnatida alohida o ‘ringa ega.
Jismoniy mashqlar bola organizmiga umumiy ijobiy ta ’sir etib, butun 
tananing hayot faoliyatini yuksaltirishga yordam beradi. Ayniqsa, toza 
havoda o'tkaziladigan mashqlar modda almashuvining yaxshilanishiga, 
nafas olish jarayonlarining takomillashishiga, natijada, aqli zaif bola 
organizmining umumiy holati yaxshilanishiga olib keladi. Aqliy ishchanlikni 
oshirishda jismoniy tarbiya darslari, ayniqsa, ijobiy ta ’sir etadi. Jismoniy
174


m ehnat va jism oniy tarbiya vositalarini ustalik bilan q o ‘shib olib 
borgandagina ularni to'g'ri jismoniy rivojlantirish mumkin. Yordamchi 
maktablardagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning yosh va 
individual xususiyatlarini albatta hisobga olishi lozim. Aks holda jismoniy 
tarbiya biriga foyda kcltirsa, ikkinchisiga zarar keltirishi mumkin. Yordamchi 
maktab o ‘quvchilarini jismoniy tarbiyalashda asosan quyidagi usullar, 
talablarga rioya etiladi:
1. Aqli zaif bolaning kun tartibini gigiyena talablariga mos tarzda tashkil 
etish, uning bajarilishini nazorat qilish.
2. 0 ‘z vaqtida va yetarli ovqatlanish.
3. Bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalarini o ‘rgatish va ko‘nikmalar hosil 
qilish.
4. Aqliy va jismoniy mehnatni bir-biri bilan almashtirib turish, izchil 
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ta’minlash.
5. Bolani oilada, maktabda jamoat ishlariga jalb etish.
6. Yozgi ta ’tilni to ‘g‘ri tashkil etish va uyushtirish.
M a’lumki, yordamchi maktabning har bir sinfida aqli zaiflikning 
ifodalanishiga ko‘ra, turli darajadagi b olalar uchraydi. U lam in g
kayfiyatlari, jismoniy harakat imkoniyatlari ham turlicha boiadi. Shularni 
izchil o ‘rganish asosidagina muvaffaqiyatli jismoniy tarbiyani amalga 
oshirish mumkin. Jismoniy tarbiya o ‘qituvchilari shifokorlar bilan uzviy 
hamkorlikda ishlashlari zarur.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling