Maxsus pedagogika


Yordamchi maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Yordamchi maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
0 ‘zbek xalqining birdan-bir Vatani bu — 0 ‘zbekistondir. Vatan haqida, 
xalq haqida, ajdodlar haqida, o ‘tmish haqida, qadriyatlar haqida, meros 
haqida, bugun va kelajak haqida baralla so‘zlash imkoniyati tug‘ildi. 
Binobarin, haqiqiy Vatan muhabbati, Vatan hissi m am lakat ozod va obod, 
xalq erkin bo‘lgandagina yuzaga kelar ekan. Sohibqiron Am ir Tem ur, 
Forobiy, A bdulla Q odiriy, U sm o n N osirlarning nom ini tilga olsak, 
m ustamlaka yillarida ne kulfatlar boshga tushar edi. Ajdodlarimiz haqida 
erkin g‘urur bilan gapira olarmidik.
Vatanni qalban chuqur his qilish uchun ham , xalqning vatanparvarlik 
nam unalarini ko ‘rsatish uchun ham xalq hur, V atan mustaqil b o ‘lishi 
shart.
Bugun shu mustaqillikka ega ekanmiz, biz uni e ’zozlashimiz, qadriga 
yetishimiz, har doim mustahkamlab borishimiz kerak. M ana shu tuyg‘ular,
166


m ana shu olijanob fazilat va ezgu harakatlar bugungi kun uchun haqiqiy 
vatanparvarlik namunasidir.
Mustaqillik sharofati tufayli 0 ‘zbekiston Respublikasi butun hayoti, 
turm ush tarzi o ‘zgardi, kishilaming ruhiyati va hayotga munosabati yangicha 
tus olmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil b o ‘lishi natijasida sho‘ro 
davlatiga xom ashyo yetkazib berish bazasi boiishlikdan, siyosiy va iqtisodiy 
qaram likdan ozod bo‘ldi; o ‘zbek xalqi o ‘z milliy qadriyatlarini his qilayotir.
Bu olam da ona-V atan bittadir.
Vatan — ona yurt — kishilar yashab turgan, ulam ing ajdod va avlodlari 
tu g‘ilib o ‘sgan joyi, m askani, chegarasi, hududi, ijtim oiy taraqqiyot 
m unosabati bilan jam oa tuzum i sharoitida muayyan qabila yashayotgan joy 
Vatan hisoblanadi. Qabila tuzum ning yemirilishi, elatlar va davlatlaming 
paydo b o ‘lishi bilan V atan tushunchasi elat, davlat tushunchasini o ‘z 
ichiga oladi.
Vatanparvarlik tarbiyasi ham insoniy tarbiyaning eng m uhim tarkibiy 
qismlaridan biridir.
Vatan so‘zining m a’nosi nima? Biz nim a uchun «Ona-Vatan», «Jonajon 
Vatan» deymiz.
Vatan so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan m a’noni bildiradi.
H ar bir xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan ham da chegaralangan 
hududga ona-V atan deyiladi.
Vatan tuyg‘usi — bu uning egasi bo‘lmish xalqni sevish, hurm at qilish
qadriga yetish va e ’tirof etishdir. Vatan — bu xalqning m a’naviyati, m a’rifati, 
tili, dini, urf-odati, fe’l-atvori, ota-bobolaridan qolgan oltin m erosi, 
tom irida gupurib turgan ajdoddan avlodga o ‘tib kelayotgan pokiza qoni, 
tarixidagi m uhim bosqichlar, buyuk davlat qurish maqsadida olib borilgan 
kurashidir.
H ozirgi vatanparvarlik xalqim iz taraqqiyotini olg‘a siljitgan o ta- 
bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir.
B axt-saodatli kelajakka hozir, h a r daqiq ad a h a r b ir kishi ulush 
qo‘shmog‘i Vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko‘rmishidir. Vatanga 
m unosib farzand b o'lish, q adrdon tu pro q bilan cham barchas bog'liq 
ekanligimizni teran idrok etish, uning chin farzandlariga xos munosabatda 
bo‘lish, undan bir hissa olinsa, yuz hissa qilib qaytarish — Vatanni anglash 
va ardoqlashning yangi bir ko‘rinishidir. Bu vatanparvarlikdir.
1991-yilning 31-avgustidan 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishdi, qadri 
ortdi, xalqning qaddi tiklandi. Vatan deganda m uqaddas tushunchadagi 
soxtaliklar barham topib, mohiyati aniqlandi va tiniqlashdi.
Buyuk Vatanimiz o'zbek fuqarolari ongida alohida tuyg‘u, yangi axloq, 
yangi fazilatlaming eng chuqur va oliy ifodasidir. 0 ‘zbek vatanparvarligi 
buyuk istiqlolning eng m uhim g‘alabasidir. 0 ‘zbek fuqarolarining eng yuksak 
fazilati ulam ing o ‘z Vataniga b o‘lgan muhabbatidir. 0 ‘zbek vatanparvarligi
167


o ‘z Vatanini cheksiz sevish hissini, butun dunyo orasida tengligi va erkin jamiyatni 
baxpo qilishi va Vatanimiz dushmanlariga chuqur nafrat hissini o‘z ichiga oladi.
0 ‘zbek vatanparvarligini yordamchi maktab o‘quvchilarida tarbiyalash 
uchun o ‘qituvchi-tarbiyachilar tarbiyalanuvchi o ‘quvchilaiga ta’sir etishning 
barcha xilma-xil uslub va vositalaridan foydalanishi kerak. Bu vositalaiga, 
ayniqsa, o‘qitish jarayoni — dars birinchi asosdir.
0 ‘zbek xalqi tarixini o ‘iganish o‘zbek vatanparvarligini tarbiyalashda alohida 
ahamiyatga molikdir. Chunki o ‘zbek xalqi o ‘z o ‘tmish tarixining ko'pgina 
tomonlari bilan faxrlana oladi.
Yordamchi maktabda o'qituvchi va tarbiyachilaming vazifasi tarixiy 
materialni jonli va qiziqarli bayon qilib, tarbiyalanuvchi o‘quvchilami o ‘z 
xalqining qahramonona kurashiga, uning olib borgan ijodiy ishiga, shonli 
rahbarlariga va madaniyat sohasidagi iste’dodli arboblariga qiziqtirish, ulug‘ 
tarixiy o ‘tmishga ularda m uhabbat tug‘dirishdir. Buning uchun tarixiy 
hujjatlardan, esdaliklardan va badiiy adabiyotlardan foydalanib, yorqin 
hikoyalar aytib berish zarur.
Geografiya darslarida o‘qituvchi o‘quvchilami eng aw alo ulami o ‘zlari 
yashab turgan joyning tabiatiga qiziqtiradi. Bevosita kuzatish va sayohatlar 
o ‘tkazib, tabiatni ular bilan birga o'rganadi.
0 ‘zbekistonning tabiat zonalarini vaqtida o'qituvchi bolaJami davlatimizda 
tabiat tuzilishlariniiig xilma-xilligini aytib, qiziqtiradi va turii ko‘rinishlarning qiziqaiii 
suratlarini ko‘rsatib, badiiy adabiyotda va sayohatchilaming esdaliklarida bayon 
etilgan tabiat tasviiiarini o‘qib berib, bolalarning jonajon mamlakatimiz — buyuk 
0 ‘zbekistonga nisbatan mehr-muhabbatlarini oshiradi.
Sinfdan tashqari ishlar vatanparvarlikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 
Sinfdan tashqari ishlar sinfda bajarilgan ishlarga q o ‘shim cha b o 'lib , 
tarbiyalanuvchi o ‘quvchilaming ijtimoiy hayotini yaxshi anglab olishlariga 
yordam beradi.
M aktab va «mehribonlik uylari» kutubxonalarida «Vatan» mavzuidagi 
kitoblaming rasmlar bilan bezatilgan tavsiya ro‘yxatlari bo‘lishi kerak.
Jonajon 0 ‘zbekistonimiz bo‘ylab sayohatlar tashkil qilish kabi tadbirlardan 
foydalanish yaxshi natijalaiga olib keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, vatanparvarlik tuyg‘usi eng yuksak tuyg'udir. 
Bu yuksak tuyg‘u Vatanimizda tarbiyalanuvchi o ‘quvchilami iymon, e ’tiqod 
bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo‘lish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan 
asosiy vazifalarimizdan biridir.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling