Maxsus pedagogika
Tabiat bilan tanishtirish
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Tabiat bilan tanishtirish
T a ’lim -tarbiyani insonparvarlashtirish xalq ta ’limi tizim ini davr talabi darajasiga k o ‘tarish ishida markaziy o ‘rinlardan birini egallaydi. U o ‘z ichiga ekologik va vatanparvarlik tarbiyasini ham oladi. Bular orasida kishilarni ekologik tarbiyalash, ekologik madaniyatni shakllantirish alohida 163 ahamiyat kasb etadi. Yer yuzida aholi sonining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi natijasida tabiiy boyliklami iste’mol qilishning ko'lami kengayib bormoqda. Odamlarning xo‘jalik faoliyati natijasida butun biosfera o‘zgarib, o ‘simliklar, hayvonlar, shuningdek, odamlarning yashashi uchun zararli bo'lib qolmoqda. Shu sababli atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat boylildaridan tejab-tergab foydalanish masalasi hozirgi kunda butun insoniyat uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, tabiatni qo‘riqlash masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, bog‘cha, maktab, ishlab chiqarish va jamoat joylarida kamol topayotgan yoshlar tabiat sirlaiini va undan to‘g‘ri foydalanishni puxta bilib olishlari zarur. Tabiatni saqlash, kelajagimiz yoshlar qo‘Iidadir. Shu bois yoshlami ekologik bilimlar bilan shunday qurollantirish kerakki, ular kelajakda tabiat boyliklarini m uhofaza qila oladigan, bu boyliklardan rejali, oqilona foydalanadigan bo'lsinlar. Pedagogikamizning tarixiga nazar tashlasak, zardushtiylaming muqaddas kitobi «Avesto»da ilgari surilgan tabiatga munosabat odobi kabi tarbiyaviy g‘oyalar ancha-m uncha ibratlidir. «Avesto»da yer, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, oziq-ovqatlami toza tutish, saqlashga alohida e’tibor berilgan. 0 ‘sha davrda yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkum bo'Igan. 0 ‘t-olov, ekin-tikin, meva-cheva yetishtiradigan, hammadan ham ko‘proq chorva boqiladigan joy eng yaxshi joydir, deb yozilgan. Bolalar yosh paytidanoq daraxt ko‘chati o ‘tqazish, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yeiga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘igatilishi shart bo‘lgan. Hadisi sharifda shunday deyiladi: • Kimki ekin eksa, daraxt o ‘tqazsa, so‘ng uning mevasidan qush yoki hayvon yesa, uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savob yoziladi. • Kishilaiga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do ‘zaxga tashlanadi. • Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, bexosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq bolganda ham ulgursangiz, uni ekib qo‘ying. • Yenglar, ichinglar, kiyinglar, lekin isrof qilmanglar. Bu hikmatlar bugungi kunda yoshlami tarbiyalashda kerakli omil bo‘lib xizmat qiladi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling