Maxsus pedagogika
Yordamchi maktab tarbiyachisi
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
Yordamchi maktab tarbiyachisi.
Aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o ‘qitish ustida yordam chi m a k ta b -in te rn a t va kuni uzaytirilgan maktablarda olib boriladigan butun, ko ‘p qirrali ish asosan tarbiyachi tom onidan amalga oshiriladi. Tarbiyachi ishining mazmuni va tashkiliy shakllari juda turli- tumandir. Tarbiyachi o ‘quvchilarning yuqori o ‘zlashtirishlarini ta ’minlashga yo‘naltirilgan ish olib boradi, ulam ing g‘oyaviy-siyosiy tarbiyasini va axloqiy xislatlari tashkil topishini, m ehnat, jismoniy va estetik tarbiyani amalga oshiradi. Bolalar faoliyatini uyushtiradi, ulami sanitariya-gigiyena malakalariga odatlantiradi va ulaming tashqi ko‘rinishiga va kayfiyatiga qaraydi, ota-onalar bilan ish olib boradi va hokazo. Tarbiyachining asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. 0 ‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarning normal tarbiyasini amalga oshiradi, ulam i hayotga tayyorlaydi. 2. Tarbiyachi o ‘z guruhidagi bolalar bilan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni olib boradi. 3. Bolalarni ijtimoiy-foydali mehnatga va o‘z-o‘ziga xizmat ko'rsatishga jalb etadilar, tarbiyachi o ‘quvchilar bilan, maktab psixologi, shifokori va logopedi bilan doimiy aloqada bo'ladi. 4. Bolaning ota-onalari bilan doimiy muloqotda bo‘ladi. 0 ‘qituvchining huquqi qanday bo‘lsa, tarbiyachining huquqi ham shundaydir. 1 3 - 3 3 193 Yordamchi maktabda o‘quvchilarni nim a uchun o'rganm oq kerak? Yordamchi maktabda o'quvchilarni hozirgi davr talablari darajasida to ‘g‘ri tarbiyalash uchun ularni yaxshi bilmoq kerak. Oligofrenopedagog yordamchi maktab o ‘quvchisidan qancha yiroqlashsa, ta ’lim-tarbiya ishlariga shuncha pu tur yetadi. Y ordam chi m aktabda korreksion- tarbiyaviy ishning m uvaffaqiyati k o ‘p jih atd an uning yordam chi maktab o ‘quvchilari ichki dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari ham da xulq-atvorini tushunishga bog‘liq. Yordamchi maktab o ‘quvchisining qanday yashayotganligini, uning qiziqish va mayllari qandayligi, his-irodasining o ‘ziga xosligi ham da xarakter xususiyatlarini o ‘rganishimiz deganda, uning qalbiga mumkin qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta ’sir etishning yanada m aqbul u slu b larid an foydalanish dem ak d ir. O ligofrenopedagog yordamchi m aktab o ‘quvchisining individual xususiyatlarini yaxshi o ‘rgangan va yaxshi tushungan taqdirdagina bu o ‘quvchi shaxsini muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira oladi. Oligofrenopedagog yordamchi maktab o ‘quvchilarini faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqari vaqtda ham ularga tarbiya berishi, ota-onalari bilan suhbatlashganda, o'quvchilar uy sharoitlari bilan tanishganda ham , har xil sayrlar, tadbirlar davomida ham ularni o ‘rganib boradi. Maxsus ta ’lim tizimidagi muassasalar nizomida o ‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning hayot sh aro itlarini o ‘rganish zarurligi k o ‘rsatib berilgan. Y ordam chi m aktab o ‘quvchilarining o ‘ziga xos xususiyatlari, ularning qiziqishlari, mayllari, ular olgan tarbiya darajasini nazarga olgan holda m a’lum maqsadga qaratilgan va ta ’sirchan reja tuzish oson b o ‘ladi. T o‘g‘ri, yordamchi maktab o ‘quvchilarini o ‘rganish ko ‘p vaqt va kuch talab etadi. Ammo keyinchalik bular hammasi katta ijobiy natijalar beradi. Y ordamchi maktab o ‘qituvchisi o ‘quvchilarni, ularning o ‘ziga xos xususiyatlarini bilgan holda ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli ta rz d a y o ‘lga solib k etish i m u m k in b o 'la d i. Shu b ilan birga, o ‘qituvchining har qaysi o ‘quvchi to ‘g‘risida bilganlarini ham hisobga olish lozim. Bular yordamchi maktab o ‘quvchilariga korreksion tarbiya berish jarayonida ularga bir xilda talablar qo‘yish va ularga bir zaylda muom ala qilishga erishishga yordam beradi. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling