2-variant Iqtisodiy tahlil oldiga qo‗yiladigan asosiy vazifalar
Download 16.66 Kb.
|
2-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-iqtisodiy tahlilni tashkil etish asoslari
2-variant Iqtisodiy tahlil oldiga qo‗yiladigan asosiy vazifalar: -- xo‗jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‗rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; - reja va prognoz ko‗rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta‘sirchanligiga baho berish; - xo‗jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish; - faoliyatning iqtisodiy ko‗rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; - xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini ko‗paytirish, ularning ko‗payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash; - xo‗jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‗lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‗zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta‘sirini baholash. - iqtisodiy natijaviylikni o‗stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‗lga qo‗yish chora-tadbirlarini belgilash; - belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat. 2-iqtisodiy tahlilni tashkil etish asoslari Iqtisodiy tahlilning metodologik asoslari me‘yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi va auditni yo‗lga qo‗yish va yuritishda rioya etiladigan barcha me‘yorlar (Qonunlar, standartlar, Nizomlar, yo‗riqnomalar, buyruqlar, tartiblar) tahlil uchun ham ahamiyatli hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlilning o‗zi uchun ham qator normalar belgilanganki, ular xo‗jalik yurituvchi subyektlarning boshqaruvi zaruriyatidan kelib chiqqan holda ijro etiladi va amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilni odatda rasmiy va norasmiy me‘yoriy asoslariga muhim e‘tibor qaratiladi. Rasmiy asoslari majburiylik tartibida, aniq me‘yoriy hujjatlar asosida tashkil etiladi va yuritiladi, norasmiy asoslarini esa boshqaruvchilar, menejerlar o‗z maqsadlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydilar va yuritadilar. Rasmiy me‘yoriy asoslarga xo‗jalik yurituvchi subyektning moliya xo‗jalik faoliyatini tahlil etishning quyidagi tartiblarini kiritish mumkin: - xo‗jalik yurituvchi subyektning muhim samaradorlik ko‗rsatkichlarini baholash; - xo‗jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy nochorligini baholash; - xo‗jalik yurituvchi subyektning kreditga layoqatliligini baholash; Norasmiy asoslarda o‗rganiladigan masalalar ko‗lami juda keng doirada amalga oshirilib ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - aktivlar, kapital va majburiyatlar tahlili; - moliyaviy barqarorlik tahlili; - to‗lov layoqati va likvidlik tahlili; - ish va bozor aktivligi tahlili; - pul oqimlarining tahlili; - xususiy kapital tahlili; - foyda va zararlar tahlili; - debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili; - innovatsion mahsulot va faoliyat tahlili; - investitsion faoliyat tahlili; - soliq to‗lovlari va majburiyatlar tahlili; - logistik tahlil va h.k Download 16.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling