Maxsus pedagogika
Yordamchi maktab o‘quvchilari intizomsizligining oldini olish
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
199
Yordamchi maktab o‘quvchilari intizomsizligining oldini olish M a’lumki, yordamchi maktab o‘quvchilarining ko‘pchiligi xulq-atvori buzilgan o'quvchilardir. Yordamchi maktab o ‘quvchilarining sinfdagi in tizo m in i m u stah k am lash n i n im ad an boshlash kerak? Avvalo, intizomsizlikning kelib chiqish sabablarini topish lozim. Xastalikni muvaffaqiyatli davolash uchun kelib chiqish sababini bilish kerak. Albatta, sinfda intizomning tubanligiga bir qancha sabablar bo‘lishi mumkin. Ko'pincha o'quvchilar o ‘rtasida hamjihatlik bo‘lmagan sinflarda intizom past bo‘ladi. Bunday sinflarda intizomni buzuvchi o ‘quvchilar o ‘zlarini erkin sezadilar. Ulaming xatti-harakatlari o ‘quvchilar jamoasi tomonidan qoralanmaydi, qarshilikka uchramaydi. 0 ‘quvchilarga bo'lgan yagona talabning yo‘qligi ham sinfda intizomning tushib ketishiga sabab boiadi. Bir o'qituvchi bolalarga talabchanlik bilan yondashsa, ikkinchisi ularning intizomiga loqaydlik bilan qaraydi. Uchinchisi esa ayrim o ‘quvchilarga talabchanlik bilan yondashib, qolganlarini esa diqqatdan chetda qoldiradi. Ayrim sinflarda intizomning yomon bo'lishiga o‘qituvchi va sinf rahbarlarining tez-tez almashinib turishi, sinfda yoshi katta bo‘lgan o'quvchilaming mavjudligi, ko‘chaning ta’siri va boshqa shu kabilar ham sabab bo‘ladi. Agar sinf rahbari sinfda intizomsizlikning sabablarini aniqlay olsa, uni bartaraf etishning samarali yo‘llarini topa oladi. Yordamchi maktabda intizomsizlikning oldini olishning hamma uchun umumiy bo‘lgan universal usullarini tavsiya etish qiyin. H ar sinfda turli usullardan foydalanish, shart-sharoitlardan kelib chiqish, har xil shakl va usullaming qo‘llanishi zarur. Intizomsiz sinflarda ishlash vaqtlarida asosiy diqqatni huquq qoidalarining eng muhim talablariga qaratish kerak. Bunda sharqona, milliy odob-axloq borasidagi pand-nasihatlar, hadislardan misollar, ertaklar, o ‘zbek xalq maqollaridan o‘rinli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Faqat o‘qituvchi bulardan qaysi biri qaysi o‘quvchiga katta ta’sir etish kuchini aniqlab olishi kerak. Bulami yordamchi maktab o'quvchilariga tushuntirish bilan cheklanib qolmasdan, o‘quvchilardan uni so‘zsiz bajarishni, unga rioya qilishni talab etish zarur. Bu borada Prezidentimizning «Ish boshi — intizom, so‘z boshi — salom», degan iboralarini shior qilib olish zarur degan fikrdamiz. 0 ‘quvchilar bilan aloqani mustahkamlash maqsadida sinf rahbari o‘qishning birinchi kunidan boshlaboq ko‘proq sayillaiga olib chiqishi, sinfdagi barcha o‘quvchilar bilan birga sinfni jihozlash, ommaviy o‘yinlar tashkil etish, bayramlaiga tayyorgarlik ko‘rish, qiziqarli tadbirlar o‘tkazish, «jonli burchak»da o‘quvchilar bilan birga bo ‘lish va boshqa tadbirlarni amalga oshirib borish ham intizom ni mustahkamlaydi. 0 ‘qituvchiga nisbatan o'quvchilaming mehri, hurmati ortib borishi o‘quvchilaiga ijobiy ta’sir etadi. 200 Intizom ni buzishning eng ko‘p tarqalgan turi — darslarga kechikib kelishdir. 0 ‘quv va m ehnat mashg'ulotlariga loqaydlik bilan qarash, darsda gaplashib o ‘tirish, tanaffus vaqtlarida tartib buzish, maktab mulkini buzish va hokazo. Ayrim o ‘quvchilaming intizomsiz bo‘lishining sababi esa ularning qilmishlari o ‘qituvchi tom onidan e’tiborsiz qolishida, ularga nisbatan o ‘z vaqtida jazo berilmasligidadir. Y ordam chi m aktabda o ‘qituvchilarning asosiy vazifasi shunday o'quvchilarga nisbatan sinfjam oasi fikrini uyg‘otishdan iborat. Qayerda intizom buzuvchilarga nisbatan ko‘pchilik e ’tibor berib, o ‘z vaqtida tartibga chaqirilsa, o ‘sha yerda bundaylar umumiy talablarga bo‘ysunadi va o ‘zlarini yaxshi tutib yurishga, tartib buzmaslikka harakat qiladilar. Ba’zan maxsus maktabda sinf rahbari oligofrenopedagog mutaxassis bo ‘lmasa ham shunday hoi ro‘y berishi mumkin. Chunki yordamchi m aktab o ‘quvchilarining psixologik h o latlarin i yaxshi bilm aslik, o ‘quvchining qanday tashxis bilan kelganini tushunmaslik va o'quvchiga qanday individual va differensial yondashishni bilmasligi oqibatida jami kutilmagan ko‘ngilsizliklar ham kelib chiqishi mumkin. Shu boisdan ham yordamchi maktabda oligofrenopedagog mutaxassis bo‘lishi hozirgi kun talabidir. Shuning uchun ham oligofrenopedagog mutaxassislari umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, umumiy psixologiya, maxsus psixologiya, patologiya, anatom iya, oligofreniya klinikasi va boshqa shunga o ‘xshash fanlardan m a’lum ot oladilar. Yordamchi maktab o ‘quvchisining bosh miyasida bilish faoliyatining qay darajada jarohatlanganligi va o ‘quvchining emotsional iroda-sferasi holatiga qarab individual yondashilgan holdagina yordamchi maktabda ta ’lim-tarbiya ijobiy natijalar beradi. Yordamchi maktabning korreksion rivojlantirish maqsadlari ham shu bilan belgilanadi. Ko‘pincha qo‘zg‘alishi kuchli bo'lgan bolalar sinfda intizomga rioya qilmagan o ‘quvchilar bo‘ladilar. Bunday o ‘quvchilarni o ‘qituvchilar jam oa ishlariga - «jonli burchak»da jonivorlarga, baliqchalaiga qarashga, parvarish qilishga o ‘rgata boradilar. Yoki qiziqarli topshiriqlar berish bilan ularni jalb qilish mumkin. Bunday o ‘quvchilami sistemali tarzda ishlashga, uyda ham vaqtini to ‘g‘ri taqsimlashga o ‘rgatish zarur. Bo‘sh qolgan bola g‘ayratini sig'dirolmay, o'zini o ‘rinsiz ishlarga urishi mumkin. B a’zi hollarda m aktab qoidasini bilm aslik, intizom talablarini tushunmaslik, maktabda, ko‘chada va jamoat joylarida o'zini tuta bilmaslik natijasida ham intizomning buzilish hollari sodir bo‘lishi mumkin. Yordamchi maktabda faqat yomon xulqli bolalar bo'ladi, degan fikr noto‘g‘ri, albatta. Yordamchi maktabda tartib va intizomni buzish hollarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning ahamiyati ham g‘oyat katta. Yordamchi maktabda shunday o ‘quvchilar borki, agar ularda m aktabda, turm ushda tartib saqlash ko'nikm asi shakllanm asa, u 201 to ‘satdan maktabda va maktabdan tashqari joylarda intizomni buzib qo‘yishi mumkin. Shu bois y o rd am ch i m ak tab o ‘q u v ch ilard a ongli in tizo m n i tarbiyalash madaniy xulq ko‘nikmalarini sharqona milliy tarbiya asosida shakllantirish bilan bog‘liqdir. Intizomli o ‘quvchi o‘rtoqlari va kattalarga nisbatan hurm at-ehtirom ko‘rsatadi, g‘am xo‘r b o ‘ladi. Jamiyatimizda qabul qilingan axloqiy mezonlarga rioya qiladi. Bunday o ‘quvchilarni yuksak madaniy xulqqa o ‘rgatish oson. Tantiq, o ‘zin i-o ‘zi idora eta olmaydigan o ‘quvchilarni axloq-odobga o ‘rgatishda qiyinchilikka duch kelinadi. B u nday o ‘q u v c h ilar x u lq id a q o ‘p o llik , k a tta la rg a n isb a ta n hu rm atsizlik sezilib tu rad i. B unday o ‘qu vch ilarn i o ‘q itu v ch ilar muntazam holda hamisha jamiyatimizda qabul qilingan madaniy xulq qoidalariga rioya qilishga o'rgatib borishi lozim. Buning uchun yordamchi maktab o ‘quvchilarini odobga, hurmatga, m ehnat madaniyatiga o ‘rgatish, ularning nutq-m uom ala madaniyatini va didini o ‘stirish, jamiyatda o ‘zini yaxshi tuta bilishga o ‘rgatish lozim. 0 ‘quvchilarni baham jihatlikda m ehnat qilish, bir-birlari bilan inoq bo'lishga, g‘amxo‘r, lekin o ‘ziga va boshqa o ‘rtoqlariga nisbatan talabchan b o ‘lishga o £rgatish zarur. Bu borada Abu Ali ibn Sino o ‘zining ilm va axloqqa doir «Tadbiri manzil» risolasida e ’tiborga molik fikrlar bildirgan. Ibn Sinoning ta ’lim berishicha, ilm va axloqiy fazilatlar o ‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Imkoniyatsizlik tasodifan imkoniyatga aylanmaydi. Olloh inson vujudini, uning ichki olamini zaruriy bir tarzda o ‘z nuri Ha munavvar qiladi. Natijada ilm va axloqiy fazilatlar muayyan qadriyatlarga aylanib, yaratuvchining karami sifatida uning qudrati va mehribonligidan kishilarga saboq beradi, chunki barcha mavjud narsalar, m o‘jizaviy hodisalar behudaga yaratilmagan. Tangri tom on id an ojiz bir m avjudot sifatida yaratilgan inson ko‘pchilik hayvonlar bilan raqobatga kirisha olmaydi. Lekin shunga qaram asdan u jonzotlar orasida markaziy o £rinni egallaydi. Olamni obod qilish va ilohiy karamdan bahram and bo‘lishga vakil qilingan. U o ‘zining tashqi tuzilishi, jussasi b ilan boshqa jonzotlardan (hayvonlardan) ajralib turadi. K o‘p hollarda insonni jism onan kuchli va baquw at bo'lgan hayvonlardan ustunligining boisi nim ada degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Ibn Sinoning flkricha, tangri insonga shunday kuchni in ’om etdiki, u orqali ezgulik («xayr»)ni yomonlik («sharr»)dan, aqliy kamolot — yetuklik («rashod»)ni yolg‘on- yashiq, adashuvdan («gumrohiy») farq eta olish imkoniyatini paydo qildi. 202 Aql tufayligina inson hayoti — kishilaming turmush tarzi hayvonlaming yashash tarzidan tubdan farq qiladi va tarbiya asosida tobora mazmunli, jozibali, nurafshon b o 'la boradi. Ilm cheksiz rag‘bat, sabr-qanoat, qiyinchiliklarga sabr-chidam, maqsad sari doimiy intilish, aql — donolik bilan ham kor va hamnafasdir. Inson g ‘aroyib chehra, tashqi qiyofa sohibigina b o ‘lib qolmasdan, shu bilan bir qatorda, yuksak axloqiy qadriyatlarning ijodkori sanaladi. Demak, bu borada shoir ta’biri bilan aytganda, «Odam bo'lib keldik, odam bo‘laylik, elu yurt dardiga malham bo‘laylik». Inson qadrini oshiradigan, jamiyatda hurmatga sazovor qiladigan u n in g ichki m a d an iy atid ir. S h un in g u ch u n y o rd am ch i m aktab o'quvchilarining xulq madaniyatini tarbiyalash, ularning sharqona axloqiy qiyofasini shakllantirishim iz d o ‘stlik, birodarlik, m ehnatsevarlik, hayolilik, insonparvarlik, m ehr-m uruvvatlilik, vijdoniylik, im on- e’tiqodlilik, vatanparvarlik va boshqa sharqona davr talabi ruhida tarbiyalash bilan xush xulqli bo‘lishga o ‘rgatish bog‘liqdir. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling