Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. M axsus muassasalar
Savol va topshiriqlar
1. E. Segen fikrlarini qanday tushunasiz? 2. Ye. Suxareva tasnifmi aytib bering. 3. Aqli zaif bolalam i o ‘rganish manbai deganda nimani tushunasiz? 2-BO B. M AXSUS TA’LIM T1ZIMI 2.1. M axsus muassasalar Maxsus ta’lim tizimi deganda jismoniy va ruhiy kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalarga (ko‘zi ojiz, kar-soqov, aqli zaif, tayanch harakati apparatida nuqsoni bo‘lgan, nutq nuqsoni boigan bolalar) aniq maqsadni ko‘zlab «korreksiya», «kompensatsiya», «reabillitatsiya» ishlarini amalga oshiradigan maxsus ta’lim muassasalari: ko‘zi ojiz bolalar uchun, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun, aqli zaif bolalar uchun maktab-intematlar tushuniladi. Har bir mamlakat xalq ta’limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojiga va jamiyat taraqqiyotiga bog‘liq boMadi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin xalq maorifini rivojlantirish masalalariga, yetuk defektolog mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga asoslangan holda fuqarolaming millatidan, dinidan, jinsidan, ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, ta’lim olishga huquqliligi tamoyili qaror topgan. Nogironlami ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni davlat o‘z burchi deb biladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan boshlab nogiron bolalarga maxsus ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, yangi milliylik va o‘z-o‘zini anglash ruhida tarbiyalash, o‘qitish, yangi darsliklar, o ‘quv qo‘llanmalari tayyorlashga katta e’tibor bermoqda, bundan tashqari nogironlami himoya qilish bo‘yicha bir qancha buyruqlar va qarorlar tayyorlangan. Xalqimizning, shu jumladan, nogironlar va nogiron bolalar, ulaming jismoniy, aqliy, psixik rivojlanishini yaxshilash, hayotga moslashtirish yollarini ishlab chiqish ko‘rsatilgan. Nogironlikning oldini olish va nogironlami tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish yuzasidan Vazirlar mahkamasining 1995-yil 11-noyabrda qabul qilingan 433-sonli «0‘zbekiston Respublikasining nogironlami reabilitatsiya qilish bo‘yicha 1996—2000- yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi», 2000—2005-yilga m o‘ljallangan davlat dasturi qabul qilingan va qator tadbiiiar ishlab chiqilgan. Eng awalo, nogironlikning oldini olish, nogironlami tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ulaming ruhiyatini yaxshilash va sog‘lomlashtirish,nogironlikni ilk bor aniqlash, saralash, maxsus ta’lim-tarbiya berish va korreksion-pedagogik ishlar orqali korreksiyalash, kasbga yo‘naltirish, hayotga moslashtirish, jismoniy tarbiyalash, nogironlar bilan ishlash uchun kadrlar tayyorlash masalalariga oid qonun va buyruqlar mavjuddir. 26 Ko'rinib turibdiki, nogiron, alohida yordamga muhtoj bolalar ham zamon talabigajavob beradigan ilmiy bilimlaming elementar asoslarini egallashi, hayotda o‘z o‘mini topa olishlari haqida davlatimiz mustaqfflikning dastlabki yillaridayoq g‘amxo‘rlik qila boshlagan. 0 ‘zbekiston Respublikasida barcha maxsus ta’lim- tarbiya muassasalari davlat ixtiyorida ekanligi, bu tashkilotlami davlat mablag' bilan ta’minlashi nazaida tutiladi. Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalarining faoliyati davlat tomonidan boshqarilib boriladi. Shu kabi tadbirlar maxsus ta’lim ustidan davlatning siyosatini amalga oshirish, o‘quv reja va dasturlarining yagona bo‘lishini ta’minlash imkoniyatini beradi. Nogiron bolalarning barcha turlari uchun maxsus maktab, maktab-intematlar, sog‘lomlashtirish sanatoriyalarida ta’limning bepul ekanligini ta’kidlash mumkin. Shuni aytish zamrki, maxsus ta’lim tizimining o‘ziga xos bo‘lgan tomoni — uch vazirlik: Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi tasarmfida ekanligidir. Yordamchi maktabda o ‘quvchilar nazoratsiz qolmasligi uchun moddiy imkoni bo‘lgan maktablarda kuni uzaytirilgan guruhlar tuzilgan, yetim bolalar uchun bolalar uylari, maxsus maktab-intematlar tashkil etilgan: — maktabgacha tarbiya — aqli zaif bolaning ilk yoshidan 7—8 yoshigacha; — boshlang‘ich ta’lim — 1—4-sinflar; — o'rta maxsus ta’lim — 5—9-sinflar; — kollej — aqli zaif o‘quvchilaming qobiliyatli va kasb-hunarga qiziqqan hamda o‘qishni davom ettirishga layoqatli bolgan bolalami maxsus gumhlarda (kollejlarda integratsiya usulda) o ‘qitishi kasb-hunar ta’limi bandlarigina taalluqlidir. Chunki aqli zaif o'quvchilar boshqa yuqori darajada ta’lim olishlariga ularning aqliy nuqsonlari imkon bermaydi. Lekin kasb-hunar kollejlarida aqli zaif o'quvchilaming nuqson darajalari inobatga olingan holda ta’lim olishlari mumkin. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling