Maxsus pedagogika
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
18
5-rasm. Debil darajasidagi aqli zaif qiz bola. Aqli zaif bolalar bosh miyasi chuqur zararlanganligi sababli barcha oliy asab faoliyatlari buzilgan boMadi. Patologik buzilishlar shartsiz reflekslarning hosil bo‘lishida ham namoyon bo‘ladi. Bu buzilishlar bosh miyaning qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarida ham o ‘z aksini topadi. Hatto ikki signal sistemalarining o‘zaro aloqalarida buzilishlar ko‘zga tashlanadi. Rus defektolog va psixologlaridan L.S.Vigotskiy, L.V.Zankov, G.Ye.Suxareva, Т А Vlasova, G .M .D u ln e v , N .G .M o ro z o v a , S .Y a.R u bin sh teyn , M .S .P ev zn er, G .I.R o sso lim o , V .G .P etro v a, J .I.N a m o z b o y e v a , sh u n in g d ek , G ‘.B.Shoumarov, K.Q.Mamedov, P .M .Po‘latova, V.S.Rahmonova va boshqalaming tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, «aqli qoloq»likda ruhiy nuqson murakkab tuzilishga ega ekan. Ulaming ko‘rsatishicha, bir tomondan, birlamchi nuqson ta’sirida oddiy aqliy jarayonlar buzilsa, ikkilamchi nuqson sifatida ruhiyatning oliy shakllari, xotira, xarakter belgilari buzilar ekan. 19 Oligofrenopedagogikaning maxsus markazida turadigan manba nuqsonning o ‘zi emas, balki u bilan bog‘langan buzilgan ruhiy holatlardir. Shu bilan birga, biz aqli zaif deb bu holatning turg‘unligini ham tushunamiz. Mana shu mezonning bor yoki yo‘qligiga qarab aqli qoloqlikni boshqa unga o‘xshash turlardan farqlashimiz lozim. Aqli qoloqlikning asosiy belgilari: a) bosh miyada organik buzilishning mavjudligi; b) bilish faoliyatlarining umumiy, chuqur buzilganligi; d) bilish faoliyatlari buzilganligining turg‘un xarakterdaligi. Aqli zaif bolalar guruhiga quyidagi bolalar kirmaydi: a) aqliy rivojlanmaganlik bosh miyaning organik buzilishlari bilan bogiiq bo‘lmagan pedagogik qarovsizlar; b) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar; d) aqliy jihatdan saqlangan bo‘lib, chuqur nutq kamchiliklari boigan bolalar. Amaliyotda ba’zan bosh miyasi zararlangan bolalarni aqli zaiflar qatoriga qo‘sha olmaymiz. Bunday hollarda bosh miya zararlanishi bilish faoliyatining buzilishiga olib kelmaydi. Oligofrenopedagoglar biologik omillarga katta e’tibor beribgina qolmay, balki ta’lim-tarbiya, atrof-muhitga ham alohida e’tibor beradilar. Yordamchi maktablarning boshlang‘ich sinflaridagi (korreksiyalovchi) tuzatuvchi- tarbiyalovchi ta’lim ta’sirida aqli zaif bolalar ruhiy jarayonlarida juda katta siljishlar yuz beradi. Hozirda yordamchi maktablarimizda asosan aqli zaiflikning yengil darajasi — debil bolalar ta ’lim oladilar. Bular bir toifaga kirmaydigan sohalardir. Bular orasida amalda kasalliklari davom etuvchi bolalar ham uchraydi. Amalda sog‘ bolalar toifasiga aqliy nuqsonlar ilk rivojlanish davrida kasallikka chalinib, kasalliklarining rivojlanishi to ‘xtagan bolalar kiradi. Bunday bolalarning keyingi aqliy rivojlanishi nuqsoni asosida davom etadi. Ammo bular amaldagi SO G ‘ bolalardir. Oligofren bolalar bu toifaning asosiy, tip ik vakillaridir. Bu bolalar yordam chi maktab o ‘quvchilarining asosiy qism ini tashkil etadi. Y ordam chi m aktab o‘quvchilarining ikkinchi toifasini aqliy nuqsonlilikni keltirib chiqargan kasalliklari davom etadigan bolalar tashkil etadi. Bunday bolalar m a’lum rivojlanish davrigacha m e’yorida rivojlanib, keyinchalik kasallikka chalinganlardan iborat. So‘nggi yillarda tabiiy fanlaming rivojlanishi asosida oligofreniyaning etiologiyasi va patogenezi haqidagi m a’lumotlar yanada kengaydi. G.Ye.Suxarevaning (1965,1972) tasnifnomasi birmuncha keng tarqalgan bo‘lib, u tomonidan oligofreniyaning quyidagi shakllari ajratilgan: I. Endogen xarakterdagi oligofreniya (daun, mikrosefaliya). II. Embrio va fetopatiya (yuqumli kasalliklar, zaxm, garmonal buzilishlar). 20 III. Turli zararli ta’sirlar oqibatida kelib chiqadigan oligofreniya. Qator oligofreniya tasnifnomalari klinik-patogenetik tamoyil asosida tuzilgan. Bularga rus psixolog, defektologlardan M.S. Pevzner (1959, 1965, 1979), S. S. Mnuxin (1961), O. Ye. Freyerov (1964), D.Ye.Melexov (1965), G.Ye.Suxareva (1965), D.N.Isayev (1970) fikrlarini ko‘rsatish mumkin. M .S.Pevzner tasnifnomasida asosiy nuqson tuzilishi bilan birga neyrodinam ik, psixopatologik va boshqa buzilishlarni ajrata olish imkoniyatlari berilgan. Oligofreniyani bunday tasniflash ular bilan olib boriladigan psixologopedagogik tuzatish usullarini belgilashga yaxshi yordam beradi. M.S.Pevzner oligofreniyaning quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatadi: 1. Oligofreniyaning murakkablashmagan tun. 2. Neyrodinamik jarayonlari buzilgan oligofreniya. 3. Xulqi psixopat xarakter kasb etuvchi oligofreniya. 4. Turli analizatorlari buzilgan oligofreniya. 5. Peshona qism yetishmovchiliklari yaqqol ko‘rinib turuvchi oligofreniya. Oligofreniyaning murakkablashmagan turida qo‘pol ruhiy, jismoniy buzilishlar deyarli uchramaydi. Bunday bolalar, odatda, mehnatsevar, intizomli bo'ladilar, ularning asab sistemalari turg‘undir. Biror ish bajarganda ular yetarli darajada diqqatlarini bir joyga yig‘a oladilar. Hissiyotlari ham nisbatan saqlangan. M aktabda, oilada turli yumush- larga yordam beradilar, yordam chi rnaktab dastur m ateriallarini muvaffaqiyatli o ‘zlashtiradilar. M urakkablashm agan oligofreniyada nevrologik buzilishlar, tana tuzilishidagi nomutanosibliklar juda kam uchraydi. N eyrodinam ik jarayonlari buzilgan oligofrenlarda aqliy nuqson qo‘zg‘aluvchanlik yoki tormozlanuvchanlik bilan birga keladi. Aqliy faoliyat diqqatning tarqoqligi, impulsivligi, harakat tizimlarining buzilganligi natijasida yanada ko‘proq buziladi. Tez-tez bo'lib turadigan bosh og‘rig‘i, vegetativ distoniya, nevroz xarakterdagi buzilishlar aqliy faoliyat jarayonlariga o ‘zining salbiy ta ’sirini o ‘tkazadi. Bu toifaga apatik-dinam ik buzilishlari bo'lgan oligofrenlarni ham kiritish mumkin. Xulqi psixopat mazmun kasb etuvchi oligofrenlarda jinsiy intilishlarning buzilishi, daydib yurishga moyillik, o ‘g‘rilikka ruju qo‘yish holatlari ko‘rinib turadi. Bunday nuqsonlar asosan meningoensefalit, meningit, bosh miyasi jarohat olgan oligofrenlarga xosdir. Bosh miya organik buzilishlari natijasida kelib chiquvchi aqliy nuqson bilan birga m a’lum analizatorlarning jarohatlanishi ham yuz berishi mumkin. Aqliy nuqson ko‘rish, eshitish, nutq va harakat tizimidagi nuqsonlar bilan birga keladi. Ba’zi hollarda aqliy nuqson markaziy falajlar 21 bilan qo'shilib ham kelishi mumkin. Buning sabablari turli-tuman boiishi mumkin. Organizmda modda almashinuvining buzilishi, rezus faktor, genetik nuqsonlar ham bunday turdagi oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Aqliy nuqson peshona qism kamchiliklari bilan birga kelganda bilish faoliyatining maqsadga muvofiqligi qo'pol buzilgan bo‘ladi. Ayrimlarida bo‘shanglik, so‘zsiz bo'ysunish ko‘zga tashlansa, boshqalarida uyatsizlik, kayfiyatning sababsiz ustunligi, tez-tez diqqatning tarqalib turish hollari uchrashi mumkin. Bunday bolalar nutqi tashqi tom ondan juda “boy, serm azm un” b o ‘lib tuyulsa-da, aslida ularga o ‘zlarining gaplarini tushunm aslik, birovlarning fikrlarini qaytarish, o'zlariga tanqidiy qaramaslik xislatlari xosdir. Salbiy ta ’sirlarning bola organizmiga ikki yoshidan keyingi ta ’siridan kelib chiqadigan oligofreniya demensiya deb yuritiladi. Demensiyani keltirib chiqargan sabablar, uning kechish xususiyatlari, asoratlariga qarab organik, epileptik va shizofrenik demensiya kabi turlarga ajratiladi. Barcha yordamchi maktab o ‘quvchilarini amaliy maqsadda ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga rivojlanish davrining m a’lum bosqichlarida bosh miyasi zararlanib, nuqson asosida rivojlanayotgan amaldagi sog‘ bolalar kirsa, ikkinchi guruhga maktab ta’limi davrida ham kasalliklari davom etib boruvchi bolalar kiradi. Birinchi guruhga kiruvchi bolalarni yana ikkita ti pik guruhlarga bo‘lamiz. Birinchi kichik guruhni shartli ravishda A deb belgilasak, ikkinchi kichik guruhni В deb belgilaymiz. A guruhga bosh miyasi homila yoki ilk chaqaloqlik davrida zararlangan bolalar (oligofrenlar) kirsa, В guruhga bosh miyasi zararlangan bog‘cha yoki kichik maktab yoshidagi bolalar kiradi. Ikkinchi guruhga hayotda, ta ’lim-tarbiya jarayonida kasalliklari davom etuvchi aqliy nuqsonlilar kiradi. Bunday kasalliklarga misol qilib asab sistemasining revmatizmi, bosh miya zaxmi, epilepsiya (tutqanoq), shizofreniya, gidrosefaliya va boshqalar kiradi. Aqliy nuqsonning chuqurligiga qarab oligofreniya uch darajaga ajratiladi: Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling