Maxsus pedagogika


Oligofrenopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

1.3. Oligofrenopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Oligofrenopedagogika inson haqidagi fanlarning taraqqiyoti bilan, 
ay n iq sa, p ed agogika fan lari b ilan uzviy b o g 'liq b o 'lib , u ning 
qonuniyatlariga tayanadi. Bu fanlarning maqsadi, vazifalari ham birdir. 
Shu bilan birga, oligofrenopedagogika umumiy pedagogikaning bir 
qism igina b o ‘lib qolm asd an , balki m ustaqil fandir. U um um iy 
pedagogikaning maqsad va tamoyillariga bo‘ysungan holda o‘zining maxsus 
maqsad, vazifalarini amalga oshiradigan usul va tamoyillarni ishlab chiqadi 
(1-chizma).
Oligofrenopedagogika pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasi bilan 
uzviy bog'liq. Tarbiya va ta’limning ko‘pgina masalalarini hal qilishda 
o ‘qituvchi pedagogik psixologiya va yosh psixologiyasiga oid ko‘pgina 
bilimlardan foydalanishi kerak. 
Y
o s h
psixologiyasi ta’lim ta’sirida kishi 
m a’naviy qiyofasining shakllanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi 
bolalaming psixologik xususiyatlarini, shuningdek, bolalaming bilim va 
malakalarini o ‘zlashtirishning psixologik qonuniyatlarini, ularning 
mustaqilliklari va ijodlarining rivojlanishini, o ‘quvchilar shaxsining kamol 
topish qonuniyatlarini o ‘rganadi. Bu korreksion o'quv-tarbiya ishini tashkil 
qilishda katta ahamiyatga ega.
Oligofrenopedagogika ta ’limning boshqa uslubiyatlari (yordamchi 
m aktablarda o'qitiladigan ham m a fanlar uslubiyati) bilan bog‘liq. 
Predmetlararo bog‘lanishni to ‘g‘ri amalga oshirish uchun o ‘qituvchi 
buni hisobga olishi jud a m uhim . Yuqori sinflarda predm etlararo 
bog‘lanishni amalga oshirish qiyinlashadi, chunki har qaysi predmetni 
m a’lum bir o ‘qituvchi olib boradi, buning ustiga predmet o'qituvchilari- 
ning ishlashida yaqindan aloqa bo‘lmasa, predmetlararo bog'lanishni 
amalga oshirish masalasi ancha murakkablashib ketadi. Boshlang‘ich 
sinflarda bunday emas. Hamma fanlarni bir o ‘qituvchi olib boradi va 
shu sababli uning oldida predmetlararo bog'lanishni amalga oshirish 
imkoniyatlari ochiladi.
Oligofrenopedagogika — aqli zaif bolalar ishtirok etadigan pedagogik 
jarayon bilan bog‘liq. Bu holat nuqsonli bolaning ilk yoshidagi anatomik, 
fiziologik, ruhiy m a’lumotlarning zarurligini taqozo etadi. Ayniqsa, aqli 
zaiflikning sabablari, rivojlanishida bolalar klinikasiga oid materiallar talab 
etiladi. Shu sababli oligofrenopedagogika aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi 
m asalalarini ishlab ch iq ish da an o to m o p ato lo g ik , patofiziologik
patopsixologik m a’lumotlarga tayanishi lozim. Ayniqsa, asab kasalliklari,
10


ruhiy kasallar, bolalar psixonevrologiyasi, aqli zaiflik klinikasi, genetika, 
maxsus psixologiya m a’lumotlariga asoslanishi kerak. Bu ma’lumotlar aqli 
zaif bolalar ta ’lim-tarbiyasida, ularni hayotga tayyorlashda birmuncha 
samarali usul va vositalami qidirib topishga yordam beradi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling