Hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari
Download 499.87 Kb. Pdf ko'rish
|
5 Nazariy materiallar 0b49317cbfb130bcb4482ca412 230414 102238
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayra shikastlanishini sinflanishi
HUJAYRA SHIKASTLANISHINI PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI Hujayra patofiziologiyasi muammosi hozirgi patologiya masalalari ichida alohida o„rin tutadi. Birinchidan, bu muammo kasalliklarning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan uzviy bog„liq, chunki organizmdagi har qanday patologik jarayon hujayra shikastlanishidan boshlanadi. Ikkinchidan, klinik amaliyotda shikastlangan a‟zo va to„qimalar faoliyatini tiklashning ko„proq qo„llanishi, hujayrada vujudga kelgan al‟teratsiya shikastlanish darajasini susaytirish va butunlay yo„qotish mexanizmlari bilan ro„yobga chiqadi. Uchinchidan, molekulyar patologiyani yangi yutuqlari, ularning o„rni va ahamiyatini, hujayra patologiyasi nuqtai nazaridan aniqlash mumkin. Hujayra shikastlanishi tipik patologik jarayon bo„lib, uning asosida hujayra ichi gomeostazini buzilishi yotadi, ohir-oqibat hujayraning bir butunligi va funksional faoliyatiga putur yetadi. Hujayra shikastlanishini sinflanishi 1) Hujayra shikastlanishining tezligi va namoyon bo„lishiga ko„ra: o„tkir va surunkali bo„lishi mumkin, o„tkir shikastlanish bir marta, intensiv ta‟sirlarga javoban yuzaga chiqsa, surunkali shikastlanish intensivligi birmuncha past bo„lgan ta‟sirotlarga javoban sekinroq namoyon bo„ladi. 2) Hujayra ichi gomeostazini buzilishi darajasiga ko„ra: qaytar va qaytmas ko„rinishlari mavjud. 3) Zararlovchi ta‟sirni hujayra yashash siklini qaysi davriga berilishiga qarab: mitotik va interfazli bo„ladi. 4) Hujayra zararlanishini patogenetik mexanizmiga ko„ra: majburiy va sitopatik formalari tafovutlanadi. Majburiy shakastlanish qachonki sog„lom hujayralarga fizik, ximik va biologik omillar ta‟sir etganda yuzaga chiqadi. Bunday ta‟sirlarga, o„zining hususiy gomeostazini ushlab turuvchi mexanizmlari rivojlanmagan, lekin funksional aktivlikka ega bo„lgan hujayralar moyil bo„ladi. Sitopatik shakastlanish, hujayralarning birlamchi ximoya-kompensator gomeostatatik mexanizmlari buzilishidan yuzaga keladi. Shikastlovchi ta‟sirlar tabiiy sharoitlarda yuzaga keladi (gipoksiya, ochlik, atsidoz, gipovitaminoz, genetik deffektlar). Sitopatik shikastlanishga tabiiy sharoitda funksional aktivligi yuqori (neyronlar, miokardiotsitlar) bo„lgan hujayralar moyil bo„ladi. Download 499.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling