Hujayra shikastlanishini patofiziologik asoslari


Download 499.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana21.04.2023
Hajmi499.87 Kb.
#1371151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5 Nazariy materiallar 0b49317cbfb130bcb4482ca412 230414 102238

Birinchi mexanizm. Lipidlarni perekis oksidlanishidan ko„plab birlamli erkin 
radikallar hosil bo„ladi. Bunday xolatda, hujayradagi antioksidant tizimi ushbu 
reaksiyalarni to„xtata olmaydi. LPO hujayraga UFN, ion nurlar, giperoksiya, ayrim 
zaharlar (to„rtxlorli uglerod), kuchli stress paytida (katexolaminlardan ozod radikallar 
hosil bo„lishi), D gipervitaminoz ta‟siridan yuzaga keladi. 
Ikkinchi mexanizm lipidlarni perekis oksidlanishini aktivlashuvi hujayra 
antioksidant tizimi funksiyasini buzilishi bilan tushintiriladi. 
Ushbu tizim faoliyatini buzilishiga, antioksidant fermentlar sintezini buzilishi 
(katalaza, glutation peroksidaza, glutationreduktaza), temir, mis, vitamin YE, S 
yetishmovchiligi, pentoz siklini buzilishi hamda irsiy deffektlar sabab bo„ladi. 
2. Membranadagi fosfolipazalarni aktivatsiyasi 
Ushbu mexanizmda, hujayra membranasining fosfolipaza – A
2
fermentining 
xaddan ziyod aktivlashuvi yotadi. Aktivlashgan ushbu ferment to„yinmagan yog„ 
kislotalarni parchalaydi, natijada araxidon, penton kislotalari hosil bo„ladi, ushbu 
kislotalar ta‟sirida prostaglandin va leykotriyenlar sintezlanadi, ushbu moddalar hujayra 
membranasiga detergentlik xususiyatni namoyon qiladi. Fermentlarni bunday 
aktivlashuviga hujayra sitoplazmasidagi ko„p miqdordagi Sa
+2
sabab bo„ladi. 
3. Erkin yog‘ kislotalarni plazmatik membranaga detergent ta’siri 
Erkin yog„ kislotalarni ortiqcha miqdori membranani ikki qavatli lipid qismiga 
buzuvchi ta‟sir ko„rsatadi. 
Ortiqcha yog„ kislotalarni hujayra membranasiga buzuvchi ta‟sirini 4 ta 
mexanizm yordamida tushuntirish mumkin. 
a) giperlipotsidemiyada paytida xujayra ichiga erkin yog„ kislotalarni ko„plab 
kirishi (yog„ to„qimasi lipolizini aktivlashuvi, stress, qandli diabet va boshqalar). 
b) lizosomalarda, lipoproteidlarning triglitserid qismidan, erkin yog„ kislotalarni 
sintezini kuchayishi, bu asosan aterosklerozga olib keluvchi giperlipopreteinemiyada 
uchraydi. 
v) yuqorida aytilgan fosfolipazalar ta‟sirida membrana fofolipidlaridan, erkin 
yog„ kislotalarni ko„plab hosil bo„lishi. 


g) erkin yog„ kislotalardan energiya manbai sifatida foydalanishni buzilishi, 
bunday xolatni ayrim fermentlarni aktivligi pasayganda, Krebs sikli buzilganda va 
gipoksiyada uchratish mumkin.
Hujayradagi antioksidant tizim to„g„risida 
I. Fermentli antioksidant tizim: 
1. Superoksiddismutazli, uning komponenti superoksiddismutaza, 
katoloza. 
H
2
O
2
 katalaza 2H
2
O+O
2
 
 
Agar, rux va temir elementlari yetishmasa, yuqoridagi fermentlar sintezi buziladi. 
 
 
2. Glutatsion, uning kamponenti glutation, glutationperoksidaza, 
glutationreduktaza, NADF.N
2

 
Ushbu tizim irsiy va ortirilgan tarzda buzilishi mumkin, asosan pentoz siklini 
buzilishi (NADF.N

hosil bo„lishini
 
pasayishi).
II. Noferment antioksidant tizim
1. “Haqiqiy” antioksidantlar 
Komponentlar: tokoferollar, uboxinonlar, naftoxinonlar, flavonoidlar, steroid 
gormonlar, biogen amillar. 
 
Agar vitamin YE yetishmasa, “haqiqiy” antioksidantlar sintezi buziladi. 
2. Yordamchi antioksidantlar komponentlari: askarbin kislota, oltingugurt 
ushlovchi birikmalar, gulitation, sistin, sistein.
Agar vitamin S, pentoz sikli buzilsa, oltingugurt ushlovchi moddalar yetishmasa 
yordamchi antioksidantlar sintezi buzilishi. 

Download 499.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling