Maxsus pedagogika


Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi va uslublari


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

1.2. Oligofrenopedagogika fanining mavzu bahsi va uslublari
1920-yillardan respublikamizda turli nuqsonlilar ta’lim-tarbiyasi* o‘ziga 
xos mazmun kasb eta boshladi. Kishilik jamiyati tarixida birinchi marta 
rivojlanishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalar umumjamiyat e’tiboriga olindi. 
Ular uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan maxsus maktablar ochildi. 
Yordamchi maktablardagi pedagogik jarayonlaming nazariy asosini maxsus 
fan — oligofrenopedagogika tashkil etadi (grek tilida «oli-gos» — kam, «fren» 
— aql degani).
Oligofrenopedagogika — aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o ‘qitish 
h aq id ag i fan b o ‘lib, d e fek to lo g iy a n in g b ir qism i h iso b la n ad i. 
Pedagogikaning umumpedagogik va didaktik tamoyillarini qo‘llash aqli 
zaif bolalar ta’lim-tarbiyasida o ‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi. T a’limiy 
materiallarni tanlash, mehnat tayyorgarligini aniqlash, aqli zaif bolalarni 
jismoniy rivojlantirish ishlari tuzatish mazmunini kasb etishi kerak. 
Tuzatish (korreksiya) deganda aqli zaif bolalarning jismoniy va ruhiy 
nuqsonlarini to ‘g‘rilash, yumshatish, hayotga moslashtirish tushuniladi. 
T uzatish ishlarida nuqsonli bolaning rivojlanish im koniyatlariga 
asoslaniladi.
7


Aqli zaif bola deganda bosh miyasining organik buzilishi natijasida bilish 
faoliyatlarining turg‘un pasayishini tushunamiz. Aqli zaif bolalami o ‘qitish, 
tarbiyalash va ulami o'rganishning nazariy masalalari qator fanlaming 
yutuqlariga asoslanadi. Oligofrenopedagogika umumiy psixologiya, maxsus 
psixologiya, oligofreniya klinikasi, logopediya, pediatriya, nevropatologiya, 
anatomiya, fiziologiya, genetika, bioximiya va boshqa fanlar bilan bog‘liq 
bo‘lib, ularning yutuqlaridan keng foydalanadi.
Oligofrenopedagogika maorif xodimlarini, onalarni, defektologiya 
fakulteti talabalarini yordamchi maktablardagi ta’lim-tarbiya ishining 
o ‘ziga xos tom onlari, aqli zaif bolalaming bilim egallash xususiyatlari 
haqidagi tegishli m a ’lum otlar bilan qurollantiradi. H ar bir fanda 
bo‘lganidek, oligofrenopedagogika ham o ‘ziga xos rivojlanish, shakllanish 
tarixiga ega.
Aqli zaif bolalar ta’lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanish ishlari 
boshlanganiga 200 yildan oshgan bo‘lsa-da, bir tizimda atroflicha, bir 
butun, tugallangan ishlar XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Kuzatish va 
qidiruv ish larin in g uzoq m u d d atlilig i, ta jrib alarn in g sek in -asta 
to‘planganligi, ayrim nazariy xulosalarga kelish uchun uzoq vaqt talab 
qilinganligi sababli oligofrenopedagogika fanining izchil tarixi nisbatan 
qisqargan.
Oligofrenopedagogika fanining dastlabki, boshlang‘ich davri aqli 
zaiflikning mohiyatini aniqlash bilan xarakterlanadi. Birinchi marta psixiatr
F. Platter (1537—1614) ruhiy kasalliklar orasidan aqli zaif bolalarni ajratib 
berdi. Aqli zaif bolalami tasniflash, ularga klinik tavsifnoma berish ishlari
F. Pinei (1775—1838), J. Eskirot (1772—1840) tomonidan bajarildi. J. Eskirol 
birinchi marta «aqli zaiflik» atamasini fanga kiritadi.
XIX asr m obaynida jam iy atd a ro ‘y bergan ijtim oiy-iqtisodiy 
o ‘zgarishlar tufayli nuqsonli bolalarga alohida e ’tibor berish zarurligi 
haqida jam oatchilik fikri yuzaga keldi. Shu jarayon asosida aqli zaiflikni 
davolash, diag no stika qilish, tasniflashga oid q a to r m ateriallar 
m atbuotda e ’lon qilina boshladi. Ularga pedagogik yordam ko‘rsatish 
haqida ham turli fikrlar yuzaga kela boshladi.
Aqli zaif bolalarni o ‘qitish va tarbiyalash nazariyasining shakllanishida 
E.Segen (1812—1880)ning pedagogik va ilmiy faoliyati katta o‘rin egalladi. 
Ayniqsa, uning 1846-yilda yozilgan «Aqliy normal bo‘lmagan bolalaming 
tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari oligofrenopedagogika fanida 
katta yutuq bo‘ldi.
E.Segen tom onidan aqli zaif bolalar tarbiyasi nazariy asoslarining 
ch u q u r ishlab chiqilishi bu yo‘nalishdagi ilmiy ishlarning yanada 
jonlanishiga sabab bo‘ldi. Maxsus pedagogikaning yuzaga kelguniga qadar 
aqli zaif bolalar ta ’lim-tarbiyasi masalalari davolash pedagogikasidagi 
bahsli mavzu edi.


Davolash pedagogikasining asosiy g‘oyalari «ruhiy ortopediya» va «sen- 
somotor madaniyat» tushunchalari asosida berilar edi.
Bu yo‘nalish tarafdorlari (B.Mennel, A.Fuks, R.Vays, J.Filipp, Pol 
Bonkur, J. Demor, O. Dekroli, M. Montessori va boshqalar) shaxsning 
shakllanishida irsiy omillarga ko‘proq e ’tibor berishgan bo‘lsalar-da, 
nuqsonlilar ta ’lim-tarbiyasida pedagogika bilan tibbiyotni bir-birlariga 
yaqinlashtirishga katta hissa qo‘shdilar.
O.Dekroli va J. Demorlaming ayrim ishlarida aqli zaiflarga pedagogik 
yordamning ijobiy tomonlari ochib berilgan. XIX asr oxirlari, XX asr 
boshlarida Yevropa va Amerikada aqliy nuqsonning yengil turlariga e’tibor 
kuchaya bordi. Shu asosda shunday bolalar bilan ishlaydiganlar faoliyatida 
pedagogik yo‘nalish asosiy o ‘rinni egallay boshladi. Rus pedagoglari
psixologlari, shifokorlari — Ye.K.Grachyova (1866—1934), V.P.Kashenko 
(1870—1943), G.I.Rossolimo (1860—1926), M.P.Postavskaya (1865—1953), 
A.N. Graborov (1885—1949) va boshqalaming amaliy pedagogik faoliyatlarida 
bu fikrlar o‘z aksini topdi. Rossiyada aqliy nuqsonli bolalarga ij'timoiy tarbiya 
berish masalalari KD.Ushinskiy va P.F.Lesgaftning pedagogik ishlarida, ilg‘or 
rus shifokorlari, fiziologlari va psixologlari — V.M.Bexterev, I.M.Sechenov,
I.P.Pavlov, I.V.Malyarevskiy, G. Ya. Troshin, A.F.Lazurskiy, A.VVladimirskiy 
ishlarida rivojlantirildi. Ilg‘or rus ziyolilari chor hukumati bilan keskin 
kurashlar asosida o‘zlarining zamonaviy, qimmatli fikrlarini olg‘a surdilar. 
Aqliy nuqsonlilikni o ‘rganish, tasniflash, ta’lim-tarbiya nazariyalarini ishlab 
chiqish, nuqsonlilikni to ‘g‘rilash borasida juda ko‘p yutuqlarga erishdilar.
1920-yillardan e ’tiboran sobiq ittifoqda ko‘rlar, karlar, aqli zaiflar va 
boshqa nuqsonlilarga sifat jihatidan yangi ijtimoiy tarbiya tizimi tashkil 
etildi. Shular asosida maxsus maktablardagi o ‘quv-tarbiya jarayonlarining 
nazariy asoslari ishlab chiqila boshlandi. Bu ishlarga pedagogika, 
psixologiya, fiziologiya, tibbiyot sohasi vakillari, ijtimoiy ta ’m inot 
organlari, jam oat tashkilotlari jalb etildi. Rus olimlari A.N.Graborov, 
L.S. Vigotskiy va boshqalaming m a’ruza va chiqishlarida aqli zaif bolalar 
ta’lim-tarbiyasining muhim yetakchi tamoyillari ochib berildi. Jamoa bo‘lib 
harakat qilish asosida nuqsonli bolalar ta ’lim -tarbiyasining yangi 
m aq sad lari, vazifalari va asosiy tam o y illari a n iq lan d i. M axsus 
pedagogikaning nazariy asoslari A.N.Graborov tomonidan tayyorlangan 
va Xarkovda bosmadan chiqqan «Defektologiya» o ‘quv qo‘llanmasida 
ochib berildi. Keyinchalik ko‘rlar, karlar, aqli zaiflar ta ’lim-tarbiyasi, 
diagnostikasi, differensiatsiya qilinishi asosida defektologiyaning yangi 
tarmoqlari: surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika va 
logopediya shakllana boshladi. A.N.Graborov, N.F.Kuzmina, F.M. Novik 
tomonidan yozilgan «Oligofrenopedagogika asoslari» o ‘quv qo‘llanmasi 
chop etildi. Bu o ‘quv qo‘llanmada birii%hi marta sistemalashtirilgan holda 
aqli zaif bolalar ta ’lim -tarbiyasining nazariy asoslari ochib berildi.
9


Oligofrenopedagogika — aqli zaif bolalar ta’limi, tarbiyasi hamda ular 
taraqqiyotidagi ruhiy, jismoniy nuqsonlami to ‘g‘rilovchi fan sifatida yuzaga 
keldi.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling