Maxsus pedagogika
1.4. Oiigofrenopedagogikada foydalaniladigan
Download 6.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M
12
1.4. Oiigofrenopedagogikada foydalaniladigan tadqiqot uslublari Tarbiyaga oid barcha ish tajribalarini o'rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib pedagogika fanini rivojlantirib bo‘lmaydi. Dialektik materializm pedagogikani ilmiy bilishning umumiy usuli bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi oligofrenopedagogika fanining ham xususiy o‘ziga xos tadqiqot uslublari mavjud. Ilm iy -tad qiqo t uslublari — bu qo n u n iy b og‘lanishlarni, munosabatlami, aloqalami o‘rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish yo‘llaridir. Kuzatish, eksperim ent, maktab hujjatlarini o‘rganish, o‘quvchilar ishlarini o ‘rganish, suhbat va anketalar o ‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot uslublari jumlasiga kiradi. Ilmiy tekshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: a) o ‘quvchilami pedagogik o'rganish, nuqson tuzilishining kelib chiqish sabablarini aniqlash, o ‘ziga xos shaxsiy sifatlarini, bilish imkoniyatlarining rivojlanish darajasini o‘rganish; b) aqliy taraqqiyotdagi nuqsonlarni korreksiyalashning samarali yo‘llarini, sharoitlarini aniqlash; d) o'quvchilarga pedagogik ta ’sir etishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish; e) rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta’lim tizimi va ulaming ijtimoiy mehnatga moslashishini yanada rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash. Uslublar tizimida o ‘quvchi!ami o'rganishga bag‘ishlanganlari alohida ahamiyatga ega. Chunki oligofrenopedagog amalda ruhiy rivojlanishning individual mazmuni talab etgan murakkab ko‘rinishlarga duch keladi. Maktab hayotida o ‘quvchilarni o ‘rganish uchun kichik darajadagi axborot materiallari yig‘iladi. Bularga o'quvchilar bilish faoliyatlarining ongliligi, ulardagi umumlashtirish va abstraksiyalashning rivojlanganlik darajasi, bilish jarayonlarining dinamikligi, mustaqillik darajasi, uquvchanligi, o ‘quv ish qobiliyatlari va boshqalar kiradi. Pedagogik holatlami tekshirishda oligofrenopedagogika umumpedagogik, psixologik, klinik uslublardan foydalanadi. Kuzatish, suhbat, psixologopedagogik tajribaning turli variantlari, klinik tekshirish, o‘quvchilar faoliyat mahsulotlarini tahlil qilish, ijtimoiy uslublar (so‘rash, savol-javob, anketa, o‘z-o‘ziga baho berishlar)dan keng foydalaniladi. Bu uslublarning qo‘llanilish xususiyatlari pedagogik adabiyotlarda yetarli ochib berilgan. Bu uslubdan foydalanganda normal va nuqsonli bolalar taraqqiyoti taqqoslanadi. Turli klinik shakllardagi aqli zaiflik natijalari nisbiy o ‘rganiladi. Ayniqsa, aqli zaif bolalarni o ‘rganishga katta e’tibor beriladi. Bu dinamik xarakter kasb etib, o ‘z ichiga quyidagi davrlarni oladi: 13 1. Bolaning rivojlanishida chetga chiqishlar aniqlangach, uni oilada o ‘rganish. 2. Bola sog‘lig‘ini nazorat qilish, davolash uchun nazorat qilish. 3. Yordamchi maktab davrida bola sog‘lig‘ining nazorati uchun ulami izchil ko'riklardan o ‘tkazib turish. 4. Bolani yordamchi maktab ta ’limiga yuborish uchun uni aihiy-tibbiy- pedagogik komissiyada o'rganish. 5. Maktabga kelish oldidan bolani takroriy maktab tibbiy-pedagogik komissiyada o'rganish. 6. 0 ‘qituvchi va tarbiyachi tomonidan bolani izchil ravishda, butun maktab ta’limi davomida o ‘rganish. 7. Bolani maktab ta’limidan keyingi katamnestik o ‘iganish. Bolani bunday m untazam , uzluksiz tekshirish, o ‘rganish barcha taraqqiyot davrlaridagi materiallar bilan obyektiv ravishda tanishtiradi. H ar bir tekshirilayotgan ko‘rsatkich asosiy aqli zaiflikning asosiy ko'rsatkichi bo'lgan umumlashtirishning rivojlanmaganligi bilan bog‘liqligi e’tiborga olinishi lozim. Shaxsning ayrim sifatlari tekshirilayotganda bir butunlik tamoyiliga alohida e’tibor beriladi. Shaxsga bunday munosabatda bo'lish bolaga ijobiy va salbiy xislatlar yig‘indisi deb qarash emas, balki uni o'ziga xos butunlik deb tushunmog‘imiz darkor. Shu asosda asosiy nuqson va ikkilamchi hosilalarni to‘g‘ri aniqlashimiz mumkin. Download 6.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling