Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana12.07.2020
Hajmi0.62 Mb.
#123600
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.


 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 



 MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

 

ALIShER NAVOIY NOMIDAGI  

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 



Huquqshunoslik fakulteti 

 

 

«Fuqarolik huquqi» kafedrasi 

 

 

Abdullaeyv Oxunjon To’lqinovich  



 

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING 

HUQUQIY ASOSLARI 

 «5380100-Yurisprudensiya» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr  

darajasini olish uchun 

 

 



 

BITIRUV MALAKAVIY IShI 

 

 



 

«Ish ko’rildi va himoya qilishga             Ilmiy rahbar: dots. Z.O.Quvondiqov 

 ruxsat berildi»                                         

                                                               «__» ______________ 2013y. 

Kafedra mudiri:_____________                                           

                                                                 Taqrizchi 

___________________        dots.X.Mamatov 

«____» ______________ 2013 y             «____»____________ 2013 y 

 

 

 



 

 

 



SAMARQAND – 2013 

 

 



TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING 



HUQUQIY ASOSLARI 

 

 



 

Reja: 

 

Kirish 

 

1.Bob.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  faoliyatining  

rivojlanishi 

1.1.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishga 

qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi. 

 1.2.  O’zbekiston  Respublikasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

tushunchasi va uning mazmuni. 

2.Bob. 

O’zbekiston 

Respublikasida 

tadbirkorlik 

faoliyati 

sub’ektlarining tashkiliy –huquqiy asoslari 

2.1.  O’zbekiston  Respublikasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlari tushunchasi va ularni tashkil etish tartibi  

2.2.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  subyektlarini  davlat 

tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari 

 

 

 

Xulosa 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 



K i r i sh 



 

Mavzuning  dolzarbligi.  Biz  bugun  tarixiy  bir  davrda  –  xalqimiz  o’z 

oldiga ezgu va ulug maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechiroyotgan, o’z 

kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish 

yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashmoqdamiz

1



O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  mamlakatimizda  amalga 



oshirilayotgan  islohotlarning  bosh  negizini  asoslab  beruvchi  huquqiy  hujjat 

hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga 

qaratilib,  O’zbekiston  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk 

tashkil  qilishini,  davlat  iste’molchilarning  huquqi  ustunligini  hisobga  olib, 

iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  erkinligini,  barcha  mulk 

shakllarining  teng  huquqliligini  va  huquqiy  jihatdan  bab-baravar  muhofaza 

etilishini kafolatlaydi. 

Kichik  biznes  xususiy  mulk  asosida  tashkil  qilinib  boshqa  mulk 

shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  muxofazasidadir.  Mulkdor  mulkidan  faqat 

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum  etilishi 

mumkin

2



Bozor  munosabatlarini  rivojlantirish  va  uni  mustahkamlash  avvalo,  har 

bir  shaxsning  qonun  hujjatlarda  belgilangan  huquq  va  qonuniy  manfaatlarining 

himoyasini kafolatlashdan iboradir. 

Ushbu 


kafolatlar 

avvalo 


mamalakatimiz 

Konstitusiyasida 

va 

Konstitusiya  asosida  qabul  qilingan  qonun  va  qonun  osti  hujjatlarida  o’z 



ifodasini  topgan.  Bozor  iqtisodiyotining  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  bu 

tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy 

bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi. 

                                                 

1

 

I.A.Karimov.  Inson  manfaati,  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash,  hayotimizning 



yanada  erkin  va  obod  bo’lishiga  erishish  –  bizning  bosh  maqsadimizdir. 

T.:2013.,O’quv qo’llanma.122 bet. 

2

 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси Т.: Ўзбекистон нашриѐти, 2012 йил, 



11-бет. 

 

Respublikamizda  o’z  faoliyatini  yuritayotgan  har  bir  xo’jalik  yurituvchi 



subyektning  iqtisodiy  faoliyati  qonun  hujjatlar  asosida  kafolatlangan  bo’lib, 

ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi.  

Iqtisodiyotimizda  yuz  berayotgan  jiddiy  tarkibiy  va  sifat  o’zgarishlarini 

birgina  misolda,  ya’ni  2000  yilda  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotini 

shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil 

etgan  bo’lsa,  2011  yilda  bu  ko’rsatkich  24,1  foizga  yetganida  yaqqol  ko’rish 

mumkin.

1

 



Bozor  iqtisodiyoti  subyektlarining  xo’jalik  faoliyatida  «tadbirkorlik» 

va  «biznes»  tushunchalari  o’zaro  yakin  bo’lib,  amaliyotda  ular  bir-birini 

almashtirishlari  mumkin.  «Tadbirkor»  va «biznes»  kabi tushunchalari, ularning 

iqtisodiy  faoliyat  soxalarini  kurilayotganda  ma’nodosh  deb  xisoblanmaydi. 

«Biznes»  tushunchasi  «tadbirkor»dan  ancha  keng  ma’noga  ega,  deb  karaladi. 

G’arb  davlatlarining  bozor  iqtisodiyoti  xakidagi  adabiyotlarida,  biznes  - 

jamiyatning  talab  va  xohishlarini  kondirishga  karatilgan  ishlab  chikarish  tizimi 

deb tushuntiriladi.  

Biznes  bozor  iqtisodiyotining  barcha  ishtirokchilari  orasidagi 

munosabatlarni  kamrab  oladi  va  fakat  ishbilarmonlarning  emas,  balki 

iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham 

xatti  xarakatlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu  xolatda,  biznes  so’zining  sinonimlari 

bo’lib,  ma’lum  ma’noda  tijorat,  savdo-sotik  kabi  tushunchalar  xisoblanadi. 

Umumiy  ko’rinishda  biznes  -  bu  kishining  bozor  munosabatlari  tizimdagi 

ishchanlik faolligidir.  

Bozor  munosabatlari  tizimida  kichik  biznes  kuydagi  aloxida 

xususiyatlari:  

                                                 

1

 

2012  йил  Ватанимиз  тараққиѐтини  янги  босқичга  кўтарадиган  йил  бўлади. 



Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2011 йилнинг асосий 

якунлари 

ва 

2012 


йилда 

Ўзбекистонни 

ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантиришнинг 

устувор 

йўналишларига 

бағишланган 

Вазирлар 

Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. http//Uza.uz/uz/politic

 


 

ishlab  chikarish  xajmi,  ishlovchilarning  soni  va  kaysi  sanoat 



tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon 

bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega 

bo’lgan  va  o’zining  faoliyati  soxasida  yukori  (dominant)  xisoblanmagan 

firmalar kiradi.  

Xorijiy  mamalakatlarda  -  kichik  biznesning  o’zida  500  kishi  band 

bo’lgan  va  savdo-sotik  xajmi  20  mln.  dollardan  oshmagan  firmalari  mavjud. 

Ammo,  bu  ko’rsatkichlar,  ma’lum  darajada  shartlidir,  maxsus  ko’rsatkichlar 

sifatida,  yana,  qo’shimcha  qiymat  solig’i  va  korxonadagi  asosiy  vositalar 

kiymati qo’llanadi.  

O’zining  «kichik  biznes»  degan  nomiga  qaramasdan,  ushbu  ishlab 

chikarish  va  tijorat  faoliyati  turi  barcha  taraqqiy  topayotgan  davlat  iqtisodida 

muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud:  

-  maxalliy  resurslarda  ishlab  turgan  yoki  maxalliy  bozorni  ta’minlab 

turuvchi  kichik  korxonalar  hech  bo’lmaganda  transport  xarajatlarining  iqtisod 

qilinishi  evaziga  kam  xarajatlidirlar.  Ularning  iqtisodiy  ustunligi  maxalliy 

sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan 

kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;  

-  kichik  korxonalardagi  mexnat,  odatda,  moddiy  tavsifga  ega,  va  u 

amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;  

-  ishlovchilarning  kamsonligi,  ularning  xar  biri  kobiliyatining 

yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;  

-  moslashuvchanlik,  ya’ni  ishlab  chikilayotgan  maxsulot  assortimenti 

va  turini  o’zgartirishi  kichik  korxonalarda  unchalik  katta  qiyinchiliklar 

tug’dirmaydi.  Shuning  uchun  bozor  iqtisodiga  asoslangan  davlatlarda  kichik 

biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.  

Bozor  munosabatlari  sharoitida  majburiyat  munosabatlari  fuqarolar 

bilan  fuqarolar  o’rtasida  yuridik  shaxs  bilan  jismoniy  shaxslar  o’rtasida 

fuqarolik  huquqiy  munosabatlar  yoki  iqtisodiy  faoliyat  natijasida  taraflar 

o’rtasida tuzilgan bitimlar va  shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin. 


 

Tadbirkorlik  munosabatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik 



kodeksi, 2012  yil 2 mayda  qabul  qilingan  ―Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining 

kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi. 

FKning  24-moddasida  fuqaroning  tadbirkorlik  faoliyati  keltirilgan 

bo’lib,  unda  tadbirkorlik  yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan  yoki  uni  tashkil  etish 

tartib  qoidalari  belgilab  qo’yilgan.  Tadbirkorlik  ham  –  fuqarolik  huquqiy 

munosabat  bo’lib,  unga  asosan  bir  shaxs  (qarzdor)  boshqa  shaxs  (kreditor) 

foydasiga  muayan  harakatlarni  amalga  oshirishga,  jumladan,  mol-mulkni 

topshirish,  ish  barjarish,  xizmatlar  ko’rsatish,  pul  to’lash  va  boshqalar  yoki 

muayan harakatdan qo’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan 

o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi. 

Yuqoridagi  qonunning  3-  moddasida  tadbirkorga  qonuniy  ta’rif  berilgan 

bo’lib  unda  tadbirkorlik  faoliyati  (tadbirkorlik)  -  tadbirkorlik  faoliyati 

subyektlari  tomonidan  єonun  hujjatlariga  muvofiє  amalga  oshiriladigan, 

tavakkal  єilib  va  o’z  mulkiy  javobgarligi  ostida  daromad  (foyda)  olishga 

єaratilgan tashabbuskor faoliyatni tushunilishi ko’rsatib o’tilgan. 

Tadbirkorlik  faoliyati  sub’ektlarini  huquqiy  himoya  qilishda  avvalo 

ularga  etkazilgan  mulkiy  zararni  undirish  muhim  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra 

O’zbekiston  Respublikasining  fuqarolik  huquqida  zarar  yetkazishdan  kelib 

chiqadigan  majburiyatlar  haqida  ko’plab  olimlarning  nazariy-amaliy  fikrlarini 

keltirib o’tish mumkin. 

Akademik  X.Rahmonqulov  fuqarolik  huquqiy  javobgarlik  qo’yidagi 

ikkita asos bo’yicha ya’ni zararlarni qoplash va neustoyka undirish shakllaridan 

iborat ekanligini ta’kidlaydi

1



Prof.I.Zokirov  majburiyat  subyektlarining  javobgarligi  qarzdor  bo’lgan 

shaxs uni  butunlay  bajarmasligi  yoki lozim  darajada bajarmasligi, majburiyatni 

bajarish  yuzasidan  belgilangan  huquq  normalariga  rioya  qilmasligi  huquqqa 

xilof  harakat  yoki  harakatsizlik  hisoblanib,  bu  hol  majburiyat  buzilganligidan 

dalolat  beradi.  Ya’ni,  majburiyat  yuzasidan  qarzdor  shaxs  kreditorning 

                                                 

1

 Раҳмонқулов Х.Р. Мажбурият ҳуқуқи. Т.: 2006. -143 б. 



 

subyektiv  huquqini  buzgan  hisoblanadi.  Qarzdorning  huquqqa  xilof  xatti-



harakati  huquq  normalariga  riof  qilmaslikni  bildirganligi  tufayli,  jumladan, 

qarzdor  tomonidan  olingan  majburiyatning  butunlay  bajarilmasligi  yoki  lozim 

darajada  bajarilmasligi  vash  u  bilan  shartnoma  intizomining  buzilishi  – 

qonunchilikni buzish deb, yuritilishini tushuntiradi.

1

 

N.Egamberdiyeva  fuqarolik  huquqida  zarar  deganda,  huquqi  buzilgan 



shaxsning  buzilgan  huquqini  tiklash  uchun  qilgan  yoki  qilishi  lozim  bo’lgan 

xarajatlari,  uning  mol-mulki  yo’qolishi  yoki  shikastlanishi  haqiqiy  zarar, 

shuningdek  bu  shaxsning  huquqlari  buzilmaganida  odatdagi  fuqarolik 

muomalasi sharoitida olishi mumkin bo’lgan lekin, ololmay qolgan daromadlari 

boy berilgan foyda tushunilishini FKda belgilangan norma asosida ta’kidlaydi.

2

 



Shartnoma  shartlarini  buzish  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  choralarini 

qo’llashni belgilab, taraflardan biriga yetkazilgan zararni undirish majburiyatini 

yuklaydi.  Ushbu  huquqiy  majburlov  choralarini  qo’llashning  asosiy  huquqiy 

manbalari O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hisoblanadi. 

Shuningdek,  ayrim  olimlar  fuqarolik  huquqiy  javobgarlik  borasida 

ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  olib  borib,  ushbu  javobgarlikni  keltirib  chiqaruvchi 

asoslar  hamda  shartnomaga  asoslangan  majburiyatlarning  buzilishi  fuqarolik 

huquqiy  javobgarlikning  obyektiv  tusdagi  shart-sharoitlaridan  iborat  ekanligini 

va  majburiyatlarning  buzilishi  fuqarolik  huquqi  fanida  huquqqa  zid  xatti-

harakat, ya’ni huquqbuzarlik bo’lib hisoblanishini tushuntiradilar.

3

 

Bu  borada  bildirilgan  nazariy  va  amaliy  fikr-mulohazalar  shuni 



anglatadiki,  fuqarolik  huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  qonunda 

belgilangan  tartib  va  qoidalar  asosida  amalga  oshiriladigan  u  yoki  bu  tusdagi 

xarakatlarining  oqibati  fuqarolik  huquqiy  majburiyatlarni  keltirib  chiqaradi  va 

ushbu  huquqlarni  bugungi  kunda  yanada  batafsilroq  o’rganishni,  fuqarolarning 

                                                 

1

 



И.Зокиров. Фуқаролик ҳуқуқи. Т.: ТДЮИ. 2006 325-326-бетлар

 

2



 

Эгамбердиева Н.Х. Фуқаролик ҳуқуқий жавобгарликнинг асослари ва 

шакллари. Т.: 2007.60-61-бетлар

 

3



 

Қаранг:  Ф.Шодманов.  Қишлоқ  хўжалигида  шартнома  мажбуриятларини 

бузганлик  учун  жавобгарлик.  Т.:  2004.  8-бет.,  К.Синдоров.  Қишлоқ  хўжалиги 

соҳасидаги шартномалар. Т.: 2003. 121-бет. 



 

huquq  va  qonuniy  manfaatlarining  buzilishiga  yo’l  qo’ymaslik  muhim 



ahamiyatga  ega  ekanligini  his  qilib,  bularni  yanada  chuqurroq  o’rganishni 

maqsad qildik.  

Shu  va  boshqa  obektiv  zaruratlarni  hisobga  olib,  biz  mazkur  bitiruv 

malakaviy  ishning  mavzusini  ham  aynan  shu  muamolarni  o’rganishga 

bag’ishladik. 

Muammoning  o’rganilganlik  darajasi.  Kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  faoliyati  subyektlari  o’rtasida  bo’ladigan  asosiy  munosabatlar 

fuqarolik  huquqiy  munosabat  shakliga  egadir.  Bu  muammolarga  fuqarolik 

huquqi  sohasidagi  ko’plab  olimlar  va  amaliyotchi  mutaxasislar  e’tibor 

qaratishgan. 

Jumladan, 

akademik 

Rahmonqulov 

X.R, 

prof.I.Zokirov, 



prof.O.Oqyulov,  prof.M.Rahmonqulov,  prof.F.Shodmonov,  yuf.d.K.Sindorov,  

yu.f.n.M.Sattarova., 

yu.f.n.N.Egamberdiyeva, 

dos.V.Ergashev, 

dos.T.Bekmuradov,  dos.A.G’ulomov.,  dos.Z.Quvondiqov  va  boshqalarning 

ishlarida  fuqarolik-huquqiy  majburiyatlar  yuzasidan  javobgarlik  muammolari 

tadqiq etilgan.  

Shuningdek, ushbu sohada ko’plab xorijiy olimlar va mutaxassislar ham 

ilmiy  tadqiqot  ishlarini  olib  borishgan.  Bular  prof.  Ioffe  O.S.,  prof.  Suxanov 

Ye.A.,  prof.,  S.E.Bratus,  prof.  S.S.Alekseyev.,  prof.  B.I.Puginskiy  va 

boshqalarning ishlarida ushbu mummolarning ayrim jihatlari o’rganilgan.  

Biroq  mazkur  olimlar  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  faoliyati 

subyektlarining  barcha  shakllarini  umumiy  tartibda  o’rganilgan.  Lekin  ushbu 

olimlar  har  bir  tashkiliy  huquqiy  shakllarda  yuzaga  keladigan  muammolari 

yuzasidan aloxida tartibda tizimli tahlil olib borilmagan. 

Bitiruv  malakaviy  ishning  ilmiy-tadqiqot  ishlari  rejalari  bilan 

bog’liqligi.  Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  Alisher  Navoiy  Nomidagi 

SamDUning ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga kiritilib, ilmiy Kengashning 2012 yil 

3-dekabrdagi majlisining 3-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 

Tadqiqotning  maqsadi.  Bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi  bo’yicha 

tadqiqot olib borishdan asosiy maqsad fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib 



 

chiqadigan majburiyatlar, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 



rivojlantirish,  ularni  har  taraflama  qo’llab-quvvatlash,  zarar  yetkazishdan  kelib 

chiqadigan  majburiyatlar,  ularning  tushunchasi,  ahamiyati  mazmuni,  zarar 

yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlarning  turlari,  shartnomaviy  va 

shartnomadan  tashqari  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  tushunchasi  ularning 

farqli jihatlari, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishning 

moddiy  yoki  prosessual  choralarini  qo’llash  tartibi,  ular  ijrosini  ta’minlash 

hamda  ushbu  sohadagi  qonun  hujjatlarni  takomillashtirish  masalalari  ishning 

asosiy maqsadi qilib belgilandi. 



Tadqiqot vazifalari. Tadqiqotning asosiy vazifalari ishning maqsadidan 

kelib  chiqib,  ilmiy  izlanish  davomida  qo’yidagi  vazifalarni  hal  etishga  harakat 

qilindi: 

1.Bob. 


O’zbekiston 

Respublikasida 

tadbirkorlik 

faoliyatining  

rivojlanishi 

1.1.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etishga 

qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi. 

 1.2.  O’zbekiston  Respublikasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

tushunchasi va uning mazmuni. 

2.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining 

tashkiliy –huquqiy asoslari 

2.1.  O’zbekiston  Respublikasida  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

subyektlari tushunchasi va ularni tashkil etish tartibi  

2.2.  O’zbekiston  Respublikasida  tadbirkorlik  subyektlarini  davlat 

tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari 

 

Tadqiqotning  obyekti  –  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

faoliyatida kelib chiqadigan majburiyatlar, ularning turlari hamda vujudga kelish 

asoslari bilan bog’liq fuqarolik huquqiy munosabatlar tashkil qiladi. 

Tadqiqotning  predmeti  –  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  bilan 

bog’liq fuqarolik huquqiy  munosabatlar va ularning ijrosini ta’minlash usullari 



 

10 


hamda  mulkiy  va  shartnomaviy  majburiyatlarni  bajarmaslikning  oldini  olish 

bo’yicha ilmiy-nazariy va amaliy muammolar hisoblanadi. 



Tadqiqot  metodlari.  Tadqiqot  ishida  ilmiy  bilishning  dialektik, 

tarixiylik, tizimlilik, huquqiy-mantiqiy, tahliliy, qiyosiy-huquqiy va boshqa shu 

kabi usullardan foydalanildi. 

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar

Tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  asosida ish  yuritishda  eng  avvalo, 

har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib, 

bozor  konyunkturasini  puxta  o’rganish  talab  qilinadi  aks  holda  tadbirkorlikdan 

ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib 

chiqarishi mumkin. 

Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday shaklda tashkil 

topgan  tadbirkorning  o’z  ishonchi  va  qobiliyatiga  qarab,  o’z  mulkini  va 

faoliyatini  tavakkal  qilib,  undan  cheklanmagan  miqdorda  foyda  (daromad) 

olishga qaratadi. 

 Tadbirkorning  tavakkalchilik  asosida  ish  tutishi  raqobatga  bardosh  bera 

olishni hamda kutilmagan harakatlarda o’z mulki va muassislari bilan birgalikda 

to’liq  javobgar  bo’lish  majburiyatini  yuklaydi.  Shuningdek,  tadbirkorlik 

faoliyatining  muhim  belgilari  ichida  tadbirkorlikda  tashabusskorlik,  mulkiy  va 

tashkiliy  mustaqillik  belgilari  ham  muhim  huquqiy  va  iqtisodiy  ahamiyat  kasb 

etadi. 


Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan ibortki, ushbu bitiruv malakaviy

 

 ishda  tadqiqotchi  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  bozor  iqtisodiyotni 



shakllantirish sharoitida fuqarolik huquqi fani oldida turgan, o’rganib chiqilishi 

va  amaliyotga  tatbiq    etilishi  lozim  bo’lgan  asosiy  yo’nalishlardan  biriga 

bag’ishlanadi.  Mazkur  tadqiqotda  tadbirkorlik  faoliyatining  huquqiy  asoslari 

unga  etkazilgan  zarardan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar  tushunchasi  va  uning 

turlarini  tizimli  tahlil  qilishning  huquqiy  muammolari  yig’indisi  birinchi  marta 

bitiruv malakaviy ish tarzida tatbiq etilgan. 



 

11 


Ishning  ilmiy  yangiligi  yana  shundan  iboratki,  unda  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirish,  ularni  har  taraflama  qo’llab-

quvvatlash,  zarar  yetkazishdan  kelib  chiqadigan  majburiyatlar,  ularning 

tushunchasi, 

ahamiyati 

mazmuni 

majburiyatlarning 

shartnomaviy 

va 

shartnomadan  tashqari  vujudga  kelishning  qiyosiy  tahili,  davlat  tomonidan 



qo’llab –quvvatlash va ushbu soha qonun hujjatlarni  takomillashtirish bo’yicha 

ishlab  chiqilgan  ilmiy-nazariy  va  amaliy  taklif,  tavsiyalar  va  xulosalar 

chiqarishga harakat qilingan. 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling