Maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Fuqarolik huquqi»


  O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASIDA  KICHIK  BIZNES  VA


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana12.07.2020
Hajmi0.62 Mb.
#123600
1   2   3   4   5
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.


 1.2.  O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASIDA  KICHIK  BIZNES  VA 

XUSUSIY TADBIRKORLIK TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI 

 

Bozor  iqtisodiyoti  subyektlarining  xo’jalik  faoliyatida  «tadbirkorlik» 



va  «biznes»  tushunchalari  o’zaro  yakin  bo’lib,  amaliyotda  ular  bir-birini 

almashtirishlari  mumkin.  Biznes  bozor  iqtisodiyotining  barcha  ishtirokchilari 

orasidagi  munosabatlarni kamrab  oladi  va  fakat  ishbilarmonlarning  emas, balki 

iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham 

xatti  xarakatlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu  xolatda,  biznes  so’zining  sinonimlari 

bo’lib,  ma’lum  ma’noda  tijorat,  savdo-sotik  kabi  tushunchalar  xisoblanadi. 

Umumiy  ko’rinishda  biznes  -  bu  kishining  bozor  munosabatlari  tizimdagi 

ishchanlik faolligidir.  

Bozor  munosabatlari  tizimida  kichik  biznes  kuydagi  aloxida 

xususiyatlari:  

ishlab  chikarish  xajmi,  ishlovchilarning  soni  va  kaysi  sanoat 

tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon 

bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega 

bo’lgan  va  o’zining  faoliyati  soxasida  yukori  (dominant)  xisoblanmagan 

firmalar kiradi.  

Xorijiy  tadkikotchilarning  ko’pchiligi,  kichik  biznesning  o’zida  500 

kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalarni 

kiritadilar.  Ammo,  bu  ko’rsatkichlar,  ma’lum  darajada  shartlidir,  maxsus 

ko’rsatkichlar  sifatida,  yana,  ko’shimcha  kiymat  solig’i  va  korxonadagi  asosiy 

vositalar kiymati ko’llanadi.  

O’zining  «kichik  biznes»  degan  nomiga  karamasdan,  ushbu  ishlab 

chikarish  va  tijorat  faoliyati  turi  barcha  tarakkiy  topayotgan  davlat  iqtisodida 

muxim ahamiyatga ega. Uning kuydagi afzalliklari:  

-  maxalliy  resurslarda  ishlab  turgan  yoki  maxalliy  bozorni  ta’minlab 

turuvchi  kichik  korxonalar  hech  bo’lmaganda  transport  xarajatlarining  iqtisod 

kilinishi  evaziga  kam  xarajatlidirlar.  Ularning  iqtisodiy  ustunligi  maxalliy 



 

27 


sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan 

kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;  

-  kichik  korxonalardagi  mexnat,  odatda,  moddiy  tavsifga  ega,  va  u 

amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;  

-  ishlovchilarning  kamsonligi,  ularning  xar  biri  kobiliyatining 

yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;  

-  moslashuvchanlik,  ya’ni  ishlab  chikilayotgan  maxsulot  assortimenti 

va  turini  o’zgartirishi  kichik  korxonalarda  unchalik  katta  qiyinchiliklar 

tug’dirmaydi.  Shuning  uchun  bozor  iqtisodiga  asoslangan  davlatlarda  kichik 

biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.  

O’zbekiston  Respublikasining  ‖Xususiy  korxona  to’јrisida‖gi 

11.12.2003  yil  558-ii  qonuni  Ushbu  qonuning  3-modda.  Xususiy  korxonaga 

ta’rif berilgan. Unga ko’ra, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan 

va  boshqariladigan  tijoratchi  tashkilot  xususiy  korxona  deb  e’tirof  etiladi. 

Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-xuquqiy shaklidir.  

Xususiy  korxona  o’z  mulkida  aloxida  mol-mulkka  ega  bo’ladi,  o’z 

nomidan  mulkiy  va  shaxsiy  nomulkiy  xuquqlarga  ega  bo’lishi  hamda  ularni 

amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi 

mumkin.  

Xususiy  korxona  o’z  majburiyatlari  bo’yicha  o’ziga  qarashli  butun 

mol-mulk bilan javob beradi. 

Xususiy  korxona  mulkdori  korxonaning  mol-mulki  yetarli  bo’lmagan 

taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk 

bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi. Ayrim manbalarga 

ko’ra,  tadbirkorlik  tushunchasi  uzoq  tarixiy  ahamiyatga  ega  bo’lib,  uni  Amir 

Temurning  quyidagi  so’zlari  bilan  izohlash  mumkin:  ,,ishbilarmon  mardlik  va 



shijoat sohibi bo’lgan azmi qatiy, tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab 

tadbirsiz  loqayd  kishilardan  afzaldir”

1

.  Shuningdek,  tadbirkor-biznesmenlik 



faoliyati asosan XVII asrda paydo bo’lib, ko’pincha ,,mulkdor― degan tushuncha 

                                                 

1

 

Темур тузуклари. Тошкент, Нашриѐт-матбаа бирлашмаси.– 1991. -57 б. 



 

28 


bilan tenglashtirilgan. Xususan, A.Smit biznesmenni foyda olish uchun biror bir 

tijorat  g’oyasini  amalga  oshirish  maqsadida  tavakkalchilik  bilan  ish  ko’ruvchi 

mulkdor,  deb  ta’riflaydi

1

.  Tadbirkorlik  faoliyati  vujudga  kelishining  tarixiy 



asoslarini prof.S.E.Jilinskiy uch tarixiy bosqichga ajratadi. 

Birinchi  bosqich,  tadbirkorlik  haqida  dastlabki  tushunchalar  XVIII 

asrning  oxirlarida  vujudga  kelganligini,  XIX  asrning  boshlarida  –tadbirkorlik 

mustaqil  bir  tizim  sifatida  namoyon  bo’lganligini  ta’kidlab,  va  shu  bilan  birga 

tadbirkorlik  haqida  qator  faylasuf  olimlarning  jumladan,  A.Smit,  D.Rikardo  va 

K.Markslarning  ilmiy  asarlarida  ham  tadbirkorni  ishlab  chiqarishda  muhim 

funksiyalarni bajaruvchi kapitalist degan fikrlar yuritilganligini bildiradi . 

Ikkinchi  bosqich,  XX  asr  boshlari  va  o’rtalariga  to’g’ri  kelishini,  bu 

davrda  tadbirkorlikning  bir  butun  konsepsiyasi  mavjudligini  ta’kidlab,  faylasuf 

olim  Y.Shumpeyterning  izlanishlarida  ham  tadbirkorlik  novatorlik  faoliyatini 

olib boruvchi shaxs degan to’xtamga kelganligini bildiradi. 

Uchinchi  bosqich  esa  XX  asrning  60  -  yillarida  boshlanganligini  va  uni 

hozirga  qadar  rivojlanib  kelishini  ilmiy  asoslaydi

2

.  Shuningdek,  ayrim 



adabiyotlarda  tadbirkorlik  faoliyati  qadimgi  rus  davlatlarida  ham  davlatning 

kuch  -  qudratini  mustahkamlashda  muhim  soha  sifatida  xizmat  qilganligi  va 

ushbu faoliyat bilan shug’ullanish natijasida daromad, foyda olishga intilishgan 

degan fikrlar bildirilgan. 

Yuqoridagilarga  ko’ra,  tadbirkorlik  faoliyatining  vujudga  kelish 

bosqichlari  XIV  asrlardan  boshlab    XVII  asrning  oxirlari  va  XIX  asrning 

boshlariga to’g’ri kelganligini, ikkinchi bosqich, XX  asr  boshlari va o’rtalarida 

va  uning  bu  davrda  butun  bir  konsepsiyasi  mavjud  bo’lganligini,  uchinchi 

bosqich esa XX asrning 60 - yillaridan boshlab 1990 yillarni o’z ichiga olishini 

va  to’rtinchi  bosqich  1991  yillarning  boshlariga  to’g’ri  kelib,    davlatimizning 

mustaqilligi bilan bugungi kungacha rivojlanib kelayotganini asoslash mumkin.  

                                                 

1

 Жилинский С.Э. Предпринимательское право. – М.: Норма, 2002. – С. 67- 68. 



2

 Юқоридаги манбада. 



 

29 


Mustaqil davlatimizda tadbirkorlik faoliyatining vujudga kelishi va uning 

rivojlanishi  1991  yil  15  fevralda  qabul  qilingan  ,,Tadbirkorlik  to’g’risida―gi, 

1999  yil  14  aprelda  ,,Tadbirkorlik  va  tadbirkorlar  faoliyatining  kafolatlari 

to’g’risida―gi  hamda  hozirgi  kunda  amalda  bo’lgan  2000  yil  25  mayidagi 

,,Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida  ―gi  qonunlari  va 

boshqa qator qonun osti aktlari tashkil qiladi.  

Tadbirkorlik  faoliyatiga  oid  tushunchalar  va  g’oyalar  haqida  xorijiy 

iqtisodchi  olimlar  tomonidan  ham  tadqiq  etilgan.  Jumladan,  Angliyalik 

iqtisodchi  olim  F.Xayk  tadbirkorlik  asosida  biror  bir  iqtisodiy  imkoniyat 

natijasida o’z maqsadiga erishib, ma’lum bir daromad foyda olish tushuntiradi

1



Hindiston davlatining hozirgi kunda og’ir va yengil sanoatida yirik tadbirkorlik 



faoliyatining eng faol ishtirokchisi bo’lib kelayotgan korxonalardan Tata, Birla, 

Modi,  Dalmia  va  boshqalarni  keltirib  o’tib,  ushbu  subyektlar  dastlabki 

faoliyatini  eng  kichik  biznesdan  boshlab  yirik  tadbirkorlarga  aylanganligini 

ta’kidlaydi

2

.  


Ayrim yuridik lug’atlarda tadbirkorlik faoliyatining huquqiy tushunchalari 

keltirilgan.  Unda  tadbirkorlik  faoliyati  tushunchasi  mustaqil  o’z  mulki  asosida 

tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan faoliyat bo’lib, o’z mulkidan mahsulot 

sotishdan,  ish  bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatishdan,  uzluksiz  doimiy  ravishda 

daromad oluvchi hamda davlat ro’yxatidan qonuniy tartibda o’tgan faoliyat tan 

olinishi  belgilangan

3

.  Tadbirkorlik  faoliyatining  qonuniy  tushunchasi  Rossiya 



Federasiyasi Fuqarolik kodeksining 23-moddasi 1-qismida qayd qilinishicha, har 

qanday  fuqaro  qonun  hujjatlarga  asosan  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanish 

huquqiga  ega  bo’lishligi  va  bunda  ular  tadbirkorlik  faoliyatini  yuridik  shaxs 

tashkil  etmasdan  (yakka  tadbirkor)  sifatida  va  ushbu  faoliyatni  davlat 

                                                 

1

 Предпринимательство в АПК (Агропромышленных комплексах). С.И.Грядов. – 



М.: Колос. 1997. – С.5 

2

 Khanka S.S. Entrepreneurial development. New Delhi –2005.



-

15 р 


3

  Большой  юридический  словар.  3-ое  изд.  Под  ред.  Проф.А.Я.Сухарева  –  М. 

Инфра, 2006 – С.579-580. 


 

30 


ro’yxatidan  o’tkazganidan  so’nggina  shug’ullanishga  haqli  ekanligini 

belgilaydi

1

.  


Bizning 

jamiyatda 

tadbirkorlik 

faoliyatining 

huquqiy 

asoslari 

Konstitusiyamizning  36,  53,  54  va  55-moddalarida  belgilab  qo’yildi. 

Tadbirkorlik  faoliyatiga  dastlabki  legal  tushuncha,  O’zRning  ―Tadbirkorlik 

faoliyati  erkinligining  kafolatlari  to’g’risida―gi  qonunning  3-moddasida, 

tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan 

qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan,  tavakkal  qilib  va  o’z  mulkiy 

javobgarligi  ostida  daromad  (foyda)  olishga  qaratilgan  tashabbuskor  faoliyat

2



deb belgilandi. 



Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanish  huquqi  O’zRsi  FKning  24-

moddasida  –  fuqaro  yakka  tadbirkor  sifatida  davlat  ro’yxatidan  o’tkazilgan 

paytdan  boshlab  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanishga  haqli  ekanligi 

belgilandi.  

Tadbirkorlik  faoliyatini  huquqiy  tartibga  solish  sohasiga  oid  dastlabki 

ilmiy tadqiqotlar ishlar huquqshunos olim  B.Ibratov tomonidan olib borildi. U 

tadbirkorning  barcha  harakatlari  asosan  bozor  imkoniyatlarini  tahlil  qilish, 

undan  foydalanish,  novatorlik  g’oyalarini  amalga  oshirishdan  iborat  ekanligini 

asoslab,  tadbirkorning  kapitalistik  ekspluatatorlik  mohiyatiga  olib  keluvchi 

an’anaviy  sinfiy  ta’rifi  emas,  balki,  uni  inson  faoliyatining  shu  sohadagi 

funksiyasi  bo’lib,  uning  jamiyatdagi  tutgan  o’rni  va  ijtimoiy  ahamiyatiga 

e’tiborni  qaratish  lozimligini  tushuntiradi.  Shuningdek,  tadbirkor  bozor 

iqtisodiyotining  alohida  bo’g’inlarida  takror  ishlab  chiqarish  borasida  xizmat 

ko’rsatuvchi  tashkiliy,  iqtisodiy,  moliyaviy,  huquqiy  va  boshqa  xo’jalik 

munosabatlarining majmuidir

3

, deb ta’riflaydi. 



                                                 

1

 Қаранг: Гражданский кодекс Российской  Федерации.  Части первая и вторая. – 



М.: Изд-во ―Новая Волна‖, 1996. – 512 с. 

2

  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  Мажлисининг  Ахборотномаси,  2000,  5-6  сон. 



140-модда. 

3

.Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент, Молия, 2001. - 26 б. 



 

31 


Fikrimizcha, tadbirkorlik  faoliyati har qanday  mulkdor tomonidan  o’ziga 

tegishli  bo’lgan  mol-mulki  asosida  yoki  o’zga  shaxsning  mulkini  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibda,  tavakkalchilik  asosida  tadbirkorlikni  amalga 

oshirib  undan  cheklanmagan  miqdorda  daromad  (foyda)  oladigan,  yangilik 

yaratuvchi,  o’z  mulkiy  javobgarligi  hamda  mustaqil  ish  yurita  oladigan 

tashabbuskor shaxsni tadbirkor deb ta’riflash mumkin. 

Tadbirkorlik  faoliyati  bevosita  xususiy  mulk  asosida  hamda  taraflarning 

huquqiy  jihatdan  tengligiga  asoslanadigan  faoliyat  hisoblanadi.  Xususiy  mulk 

fuqarolik  huquqining  asosiy  obyektlaridan  biri  bo’lib,  ushbu  mulk  fuqarolik 

oborotida  erkin  muomalada  bo’ladi.  Tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi 

subyektlar  fuqarolik  huquqiy  munosabatlarda  mustaqil  huquq  subyekti  sifatida 

ishtirok  etadi.  Shuningdek,  ular  o’z  mulkidan  qonunda  belgilangan  tartibda 

tadbirkorlik asosida foyda yoki daromad olishlari mumkin. Xususiy mulk egalari 

barcha  iqtisodiy  munosabatlarga  kirishishda,  eng  avvalo,  har  bir  shaxsning 

fuqarolik huquqini erkin va mustaqil tartibda amalga oshirilishiga asoslanadi.  

Bizning  nazarimizda,  tadbirkorlik  –  mustaqil  iqtisodiy  faoliyat  bo’lib, 

mulkiy  munosabatlarda  taraflarning  ixtiyoriga  ko’ra  o’z  mulkiga  asoslanib 

o’zining  mulkiy  imkoniyati  darajasiga  qarab  ishtirok  etishi  tushuniladi.  Bozor 

munosabatlari  sharoitida  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshiruvchi  har  qanday 

shaxs  raqobatga  bardosh  bera  oladigan,  mulkiy  va  huquqiy  kafolatlangan 

bo’lishi kerak.  

Iqtisodiyotda  tadbirkorlik  faoliyatini  yanada  mustahkamlash  va  uni 

rivojlantirishning  ustuvor  vazifalari  haqida  Prezidentimiz  I.A.Karimov  shuni 

ta’kidlaydiki:  “Biz  xususiy  tadbirkorlikning  manfaatlarini  himoya  qiluvchi 



qonun  va  tartiblarga  hokimiyatning  jamiiki  bug’inlari  tomonidan 

og’ishmay amal qiladigan qatiy va majburiy muhitni vujudga keltirishimiz 

shart, kichik va o’rta korxonalarning turli shakllari tez va keng rivojlanishi 

uchun  yo’l  ochishimiz  lozim

1

.  Ushbu  vazifalar  bugungi  kunda  tadbirkorlik 



                                                 

1

 



Каримов  И.А.  Янгича  фикрлаш  ва  ишлаш  давр  талаби.  5-ж.Тошкент, 

Ўзбекистон, 1997. 367-б. 



 

32 


faoliyatini  yanada  mustahkamlab  va  rivojlantirib  borishga  dasturilamal  bo’lib 

qolmoqda. 

Tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanadigan  har  bir  shaxsda    huquqiy, 

iqtisodiy,  shaxsiy  va  aqliy  qobiliyatlar  bo’lishi  kerak.  Fuqarolik  huquq  va 

muomala layoqatiga ega bo’lish, aqli raso, o’z mulkiga, majburiyatlar yuzasidan 

butun mol-mulki bilan javob bera olishligi. Shu bilan birga unda ishbilarmonlik, 

boshqaruvchilik,  qatiy  fikrlilik,  bozor  qoidalarini  tushunadigan,  o’z  faoliyati 

asosida davomli foyda oladigan, ish muomalasi odobi talablariga amal qiladigan 

shaxsni tadbirkor deyish mumkin. 

Tadbirkorlik  faoliyatining  ilmiy-nazariy  tushunchasi,  uning  vujudga 

kelishi  va  rivojlanishi  haqida  B.A.Erkayev  va  G.I.Karimovalar  –  tadbirkorlik 

so’zining lug’aviy ma’nosini tahlil qilib predprinimatelstvo - enterprise - foyda 

olish  maqsadida  fuqarolar  va  korxonalarning  o’z  tashabbusi  asosida  mustaqil 

faoliyat yuritishini tushuntiradi

1

. B.Ibratov tadbirkorlik – biznesmenlik faoliyati 



asosan XVIII asrda paydo bo’lganligini hamda uni ko’pincha ,,mulkdor― degan 

ma’noga  ega  ekanligini  tushuntirib  u  o’z  navbatida  faylasuf  olim  A.Smitning 

ham  fikrlariga  qo’shilib,  biznesmenni  foyda  olish  uchun  biron-bir  tijorat 

g’oyasini  amalga  oshirish  maqsadida  tavakkalchilik  bilan  ish  ko’ruvchi 

mulkdor, degan ta’rifni bildiradi

2



O.Oqyulovning fikricha, tadbirkorlik faoliyati bu har qanday mulkdorning 

tashabbusi asosida faoliyatni olib boruvchi bo’lib, unda shaxs o’z harakatini o’z 

xohish  -  istagini  mustaqil  holda  amalga  oshirishligini  izohlaydi.  Bundan 

tashqari, u tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi subyektlarning o’z xohish istagini 

va harakatini mustaqil belgilagan tartibda harakat qiluvchi shaxs ekanligini ham 

                                                 

1

 

Эркаев Б.А., Каримова Г.И. Бозор иқтисодиѐти-изохли луғат. – Тошкент: Шарқ.  



1997. 

2

 Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001. 6-б. 



 

33 


tushuntiradi

1

.  S.Boboqulov  bozor  munosabatlari  sharoitida  tadbirkorlar  va 



tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy kuch deb ta’kidlaydi

2



Yuqoridagi  fikrlarda  tadbirkorlik  faoliyatining  mazmuni  uning  mustaqil 

faoliyat  ekanligi,  uning  maqsadi  foyda  olishga  qaratilganligi,  ushbu  faoliyat 

tavakkalchilik  va  tashabbuskorlikka  asoslanganligi  va  u  o’z  erkini  o’zi 

belgilaydigan hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda uning alohida o’ringa egaligi 

bildirilgan.  

Jismoniy  va  yuridik  shaxsning  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga 

oshirishining  ikki  muhim  jihati  mavjud.  Birinchisi  iqtisodiy  ya’ni  muayan 

mulkka  ega  bo’lishi  bilan  tadbirkorlik  asosida  daromad  olishga  qaratilsa, 

ikkinchisi  esa  uning  ijtimoiy  ahamiyati  ham  muhim  bo’lib  u  qo’shimcha  ish 

o’rinlarini tashkil etadi.  

Fikrimizning  dalili  sifatida  shuni  ham  ta’kidlash  lozimki,  tadbirkorlik 

keng  ma’noda  shaxsiy  va  ijtimoiy  manfaatni  qondirishga  asoslangan  aqliy 

faoliyat hamdir

3



Ayrim  olimlar  tadbirkorlik  faoliyatini  huquqiy  va  tashkiliy  jihatdan 

o’rganishida  –  ular  ushbu  faoliyatni  qonun  hujjatlar  doirasida  korxona,  firma 

tashkil  qilish,  foyda  olish  maqsadida  mahsulot  ishlab  chiqarish  bilan 

shug’ullanuvchi  faoliyat  ekanligini  ta’kidlaydi

4

,  U.Tadjixanov  tadbirkorlik 



faoliyatini  -  puxta  o’ylab  tuzilgan,  ishlab  chiqilgan  amaliy  choralar  asosida  ish 

tutadigan  faoliyatdir  deb  ta’riflaydi,  K.Sindorov  tadbirkorlik  shaxsiy  manfaatni 

qondirishga asoslangan, o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga 

qaratilgan  hamda  tavakkalchilik  va  tashabbuskorlik  faoliyatini  amalga 

oshiradigan,  boshqa  ijtimoiy  subyektlar  topshirig’i  bilan  amalga  oshiri-ladigan 

                                                 

1

Оқюлов  О. Понятие  и основные признаки предпринимательской деятельности. 



//Хозяство и право, №5. –Тошкент: 2004. – С 74-75. 

2

Бобоқулов  С.  Иқтисодий  ислоҳотлар  жараѐнида  ижара  муносабатларини 



ривожлантириш  ва  такомиллаштиришнинг  фуқаролик-ҳуқуқий  муаммолари: 

юрид. фан. докт. дис. … ТДЮИ. -17 б. 

3

 Қаранг. Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. – Тошкент: 1998.- 204 б. 



4

 Мирсаидов М.С. Тадбиркорлик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. - 185 б. 



 

34 


faoliyatdan  farqli  o’laroq,  yangilikka  intiladigan  shaxslarning  tashabbuskor 

faoliyatidir

1

, degan fikrlarni bildiradi. 



Yuqoridagi  fikrlarda  mualliflar  tadbirkorlikning  mazmun  va  maqsadini 

ifoda  ettirishga  harakat  qilgan.  Fikrimizcha,  tadbirkorga  bildirilgan  ikkinchi 

fikrga  qo’shimcha  qilib  uni  tadbirkorlik  nafaqat  shaxsiy  ehtiyojni  qondirishga 

balki, ushbu faoliyat jamiyatning ijtimoiy ehtiyojini ham qondirishga qaratilgan 

faoliyatdir, desak to’g’ri bo’lar edi. 

Bugungi  kunda  tadbirkorlik  huquqining  asosiy  vazifasini  uning 

predmeti  belgilaydi  va  bu  haqda  prof.I.B.Zokirovning  quyidagi  ta’rifini 

keltirish  mumkin.  Unga  ko’ra,  tadbirkorlik  faoliyati  yuridik  shaxslar, 

fuqarolar  yoki  fuqaro  tomonidan  o’z  tavakkalchiliklari  va  mulkiy 

javobgarliklari  asosida  shaxsiy  daromad  (foyda)  olish  maqsadida  qonunlar 

doirasida  amalga  oshiriladigan  tashabbuskor  xo’jalik  faoliyati  degan 

mazmunni  bildirishini  ta’kidlaydi

2

.  Ushbu  ilmiy  fikrlar  va  tushunchalar  ham 



ilmiy  asoslantirilgan.  Lekin,  ularning  ishlarida  ushbu  faoliyatning  sof 

fuqarolik-huquqiy mazmuniga, uning o’ziga xos belgilariga va xususiyatlariga 

alohida e’tibor qaratatilmagan.  

Huquqshunos  olimlar  I.V.Yershova  va  T.M.Ivanovalar  tadbirkorlik 

faoliyatida  quyidagi  belgilar  bo’lishini  ta’kidlaydilar

3

.  Jumladan,  mulkiy  va 



tashkiliy  mustaqillik,  tavakkalchilik,  davomli  daromad  (foyda)  olish, 

daromadlarni mulkdan foydalanish orqali mahsulot yoki tovar sifatida sotishdan, 

ish  bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatishdan  hamda  tadbirkorlik  faoliyatini  davlat 

ro’yxatidan  o’tkazish  orqali  harakat  qilishini  tushuntiradi.  Bundan  tashqari 

ayrim  olimlarning  ta’kidlashicha  tadbirkorlik  mustaqil  faoliyat  bulib,  ushbu 

faoliyatdan  ko’zlangan  maqsad  xo’jalik  tavakkalchiligi  asosida  muayyan 

                                                 

1

  Қаранг.  Юридик  энциклопедия.  –  Тошкент:  2001.  418-419-б;  К.О.Синдоров, 



И.Жуманазаров. Тадбиркорлик субъектларини текширишнинг ҳуқуқий асослари. 

(қонунчилик ва суд амалиѐти) –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 11-12-б.  

2

  Зокиров  И.Б.  Ўзбекистон  Республикасининг  Фуқаролик  ҳуқуқи.  Дарслик.  –



Тошкент: 2007. 149-б. 

3

  Ершова  И.В.,  Иванова  Т.М.  Предпринимательское  право.  Учебное  пособие.  – 



М.:Юриспруденция, 1999. 4  

 

35 


faoliyatni davlat ro’yxatidan o’tkazish va undan doimiy hamda davomli ravishda 

daromad (foyda) olishga qaratilganlik faktlari ham mavjud bo’lishini bildiradi

1



V.A.Oygenzixt  tavakkalchilik  asosida  ish  tutishni  fuqarolik-  huquqiy  nuqtai 



nazardan o’rganib, uni insonning o’z harakatini o’zi tanlash asosida belgilashini, 

uning  ushbu  harakatni  bila  turib  biror  bir  maqsadga  erishish  yo’lida  harakat 

qilishni,  o’z  oldida  duch  keladigan  to’siqlar  sari  qadam  qo’yib  borishni  hamda 

shaxsning  o’z  harakatini  fahmlab  ilgari  boruvchi  faoliyat  deb  tushuntiradi

2



Lekin  ushbu  fikrlarga  teskari  bo’lgan  ayrim  qarashlar  va  fikrlar  ham  mavjud 



bo’lib, ularga jumladan, V.Serebrovskiy tavakkalchilikning iqtisodiy ma’nosiga 

nazar tashlab, uni biror bir xo’jalik faoliyatida noxushlikka olib keluvchi harakat 

degan  tushunchani  bildiradi

3

.  M.M.Agarkov  tavakkalchilik  harakati  barcha 



fuqarolik  huquqi  bilan  bog’liq  munosabatlarda  sezilarli  darajada  uchramaslik 

holatlarini ta’kidlaydi

4



Tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  bilan  ish  ko’rish  qadimgi  Rimda 



ham  huquqiy  xarakterga  ega  bo’lgan  va  unda  ushbu  belgi  huquqiy  hujjatlarni 

nomlashda qo’llanilganligi  haqida huquqshunos  olim  Yu.Baron o’zining  fikrini 

bildiradi.  Masalan,  ular  ,,tavakkalchilik  krediti―  ,,saqlash  shartnomasida―  va 

boshqa  shartnomalar  mazmunida  uchrab  turishini  ta’kidlaydi

5

.  Tavakkalchilik 



belgisi o’zining mazmuniga ko’ra quyidagi turlarda namoyon bo’lishi mumkin. 

Jumladan, ularning tabiiy, delikt, ma’muriy hamda shartnomaviy ko’rinishlarini 

qayd  qilish  lozim.  Tadbirkor  o’zining  tavakkalchiligi  bilan  mulkiy  zarar 

ko’rishning  oldini  olish  kerakligini  ham  hisobga  olishi  kerak  ya’ni  ularning 

faoliyatida  tavakkalchilikdan  ham  foydalana  bilishlik  talab  qilinadi. 

Tavakkalchilik  ham  o’z  mazmuniga  ko’ra  o’ziga  xos  huquqiy  yoki  texnik 

                                                 

1

  Предпринимательское  право.  Учебное  пособие  для  вузов.  –  М.:  2000. 



Коллектив авторов. Изд. ―Приор‖.  

2

Ойгензихт  В.А.  Проблема  риска  в  гражданском  праве.  (Часть  обшая)  ,  Изд-во 



―ИРФОН‖ – Душанбе, 1972. 

3

Серебровский  В.  Страховой  риск.  Сборник  статей  кафедры  ‖Проблема 



современного  права‖,  правового  факультета  Харковского  института  народного 

хозяства, посвяшенный памяти акад. М.Гордона.1927. -189 с. 

4

 Агарков М.М. Очерки кредитного права, 1926, -С.52. 



5

Барон Ю. Система Римского гражданского права. Кн. 4, СПб. 1910, -С.132. 



 

36 


ko’rinishda bo’lishi mumkin. Texnik tavakkalchilikda uning mazmunida yuridik 

xarakterga  xos  asos  bo’lmaydi.  Masalan,  mulkdorning  o’z  mulkini  iqtisodning 

turli  sohalariga  qo’shishini  olish  mumkin.  Tavakkalchilikning  huquqiy 

asoslariga  esa  mulkni  sug’urta  qilish  va  majburiyatlarni  bajarish  usullari  ya’ni 

neustoyka, zalog, kafillik, kafolat va zakolatni kiritish mumkin. 

Shuningdek,  V.A.Oygenzixt  o’zining  asarlarida  tavakkalchilik  belgisi 

haqidagi  fikrlarini  davom  ettirib,  u  tavakkalchilikni  –  muvaffaqqiyatga  olib 

borishdir,  deb  qisqacha  ma’noda  tushuntirib  o’tadi.  Lekin  shu  o’rinda  ushbu 

fikrga 

qarama-qarshi 



fikrlar 

ham 


mavjudligini 

huquqshunos 

olim 

Ya.M.Magazinerning  ishlarida  ko’rish  mumkin,  u  tavakkalchilikni  istiqlolga 



xavf, unga har qanday tahdidlarni soluvchi holat sifatida ko’rinishga ega bo’ladi 

deb  biladi

1

.  Tavakkalchilik  faoliyatining  fanda  ikki  xil  turi  mavjudligini 



huquqshunos  olim  V.Rassudovskiy  asoslaydi.  Birinchisi,  shartnomadagi 

tavakkalchilik bo’lsa ikkinchisi, texnik tavakkalchilik bo’lib, uni biror bir qaror 

qabul  qilishda  uchratishni  ta’kidlaydi  va  buni  ongli  ravishda  to’g’ri  qaror 

qilingan harakat deb tushuntiradi

2



Fikrimizcha,  tavakkalchilik  faoliyatiga  berilgan  tushunchalar  ichida 



huquqshunos  olim  V.A.Oygenzixtning  hamda  Yu.Baronning  fikrlari  asosli  deb 

hisoblaymiz.  Chunki,  ularda  tadbirkorlik  faoliyatiga  xos  belgilarga  alohida 

to’xtalib, ularga to’g’ri ta’rif berilganligini hamda bu fikrlar fuqarolik-huquqiy 

munosabatlarga  bog’lab  tushuntirilganligini,  hamda  uni  tadbirkorlik  faoliyatida 

muhim ahamiyat kasb etishligi ilmiy va amaliy tartibda asoslantirilgan.  

Yuqorida  o’rganilgan  barcha  belgilar  tadbirkorlik  faoliyatiga  xos  bo’lib, 

bunda  mulkdor  o’z  ishonchi  va  erkiga  asoslanib  mustaqil  faoliyatini  amalga 

oshiradi.  Ayrim  ma’lumotlarga  qaraganda,  tavakkalchilik  termini  rivojlangan 

mamlakatlarda,  jumladan,  AQSh  da  ijobiy  xarakterga  ega  bo’lib,  ularda 

tijoratchilikda  ko’proq  qo’llanib,  birja  o’yinlarini  o’tkazishda  omad  yoki  yutuq 

olishni  bildiradi.  Shuningdek,  AQSh  da  bu  borada  maxsus  ,,Tadbirkorlikda 

                                                 

1

 Магазинер Я.М. Советское хозяственное право. – М. 1928. – С.36 



2

  Рассудовский  В.  Вопрос  об  имушественном  риске  в  гражданском  праве. 

―Советская юстиция‖. № 18. 1963. –С.11 


 

37 


tavakkalchilik― deb nomlangan maxsus jurnalning ham mavjudligini bunga asos 

sifatida keltirish mumkin

1



Tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  asosida ish  yuritishda  eng  avvalo, 



har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini hisobga olib, 

bozor  konyunkturasini  puxta  o’rganish  talab  qilinadi  aks  holda  tadbirkorlikdan 

ko’zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan noxush vaziyatlarni ham keltirib 

chiqarishi mumkin. 

Fikrimizcha,  tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  belgisi  har  qanday 

shaklda  tashkil  topgan  tadbirkorning  o’z  ishonchi  va  qobiliyatiga  qarab,  o’z 

mulkini  va  faoliyatini  tavakkal  qilib,  undan  cheklanmagan  miqdorda  foyda 

(daromad)  olishga  qaratadi.  Tadbirkorning  tavakkalchilik  asosida  ish  tutishi 

raqobatga  bardosh  bera  olishni  hamda  kutilmagan  harakatlarda  o’z  mulki  va 

muassislari  bilan  birgalikda  to’liq  javobgar  bo’lish  majburiyatini  yuklaydi. 

Shuningdek,  tadbirkorlik  faoliyatining  muhim  belgilari  ichida  tadbirkorlikda 

tashabusskorlik,  mulkiy  va  tashkiliy  mustaqillik  belgilari  ham  muhim  huquqiy 

va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. 

Bizning  nazarimizda,  tadbirkorlik  faoliyatini  boshlovchi  har  qanday 

shaxsda tashbbuskorlik, tavakkalchilik, mulkiy mustaqillik, muomala layoqatiga 

ega  bo’lishlik,  doimiy  uzluksiz  xarakterga  oid  daromad  (foyda)  olish, 

tadbirkorlikning  davlat  ro’yxatidan  o’tganlik  fakti  bilan  bir  qatorda  unda 

novatorlik (innovasiya) belgisi ham bo’lishi lozim.  

Novatorlik belgisi ham tadbirkorlik faoliyatining muhim belgilaridan biri 

hisoblanadi.  ,,innovasiya’’  so’zi  ingliz  tilidan  olingan  bo’lib,  uning  ma’nosi 

yangilik, yangilik yaratish degan tushunchalarni anglatadi. Ushbu termin iqtisod 

va huquq fanlari sohasining rivojlanishi tufayli 1980 yillarda fanga kirib kelgan. 

Mazkur  termin  O’zRsi  FKning  1031-moddasida  mustahkamlangan.  Innovasiya 

faoliyatining  tadbirkorlik  faoliyatiga  xos  jihatlarini  uning  belgilaridan  bilish 

mumkin.  

                                                 

1

  Ойгензихт  В.А.  Проблема  риска  в  гражданском  праве.  (Часть  общая)  ,  Изд-во 



―ИРФОН‖ – Душанбе,1972. – С.39. 

 

38 


Birinchidan,  ushbu  faoliyat  o’zining  tuzilishi  va  vujudga  kelishi  bilan 

intellektual faoliyatning natijasi asosida paydo bo’ladi.  



Ikkinchidan esa, ushbu faoliyat natijasida yangi bir fikrlarni ishlab chiqib, 

uning  natijasida  yaratilgan  mahsulotni  bozorga  chiqarish  tushuniladi.  Lekin 

ushbu tushuncha biroz bahsli bo’lib, bu borada ayrim huquqshunos olimlarning 

ham  fikrlarini  o’rganish  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaymiz.  Jumladan, 

huquqshunos 

olima 


L.V.Mas 

innovasion 

faoliyatni 

xarakterlab, 

uni 

tadbirkorlikka  xos  faoliyat  emasligini,  balki  unda  faqatgina  tadbirkorlikka  xos 



ayrim belgilarning mavjudligi bor, xolos, degan fikrga to’xtaladi

1

.  



Innovasiya  belgisi  tadbirkorlikka  xos  belgi  bo’lib,  intellektual  faoliyat 

natijasida  erishilgan  yangiliklar  innovasiya  asosida  vujudga  kelishini  va  bu 

faoliyatning  maqsadi  yaratilgan  yangi  mahsulotni  tijoratlashtirish  orqali 

daromad olishga qaratiladi. Shuningdek, uni tijoratlashtirish o’z navbatida tijorat 

huquqiga  xos  faoliyat  hisoblanadi.  Tijorat  faoliyati  esa,  o’z  navbatida, 

tadbirkorlikning bir turini bildirib, uning mazmunida tadbirkorlikka xos belgilar 

mavjud  va  ular  yuqorida  qayd  qilingan  belgilar  bilan  deyarli  bir  xildir. 

Tadbirkorlik faoliyatining ushbu belgilari uning xo’jalik faoliyatini tadbirkorlik 

asosida tashkil etilganligini bildiradi va ushbu belgilar tadbirkorlik tuzilmasining 

boshqa yuridik shaxslardan farq qilishini ham belgilaydi. 

Bozor munosabatlarida tadbirkorlik asosida ish yuritish birinchi navbatda 

fuqarolik  huquqiy  munosabat  bo’lib,  ushbu  faoliyatning  asosini  mulkiy 

munosabatlar  tashkil  qiladi.  Ikkinchidan  esa,  mulkiy  munosabatlar  fuqarolik 

huquqi  normalari  asosida  tartibga  solinadi.  Shu  asosda  tadbirkorlik  huquqi 

fuqarolik  huquqining  bir-birini  to’ldiruvchi  va  bir  biri  bilan  bog’liq 

munosabatlardan iborat ekanligini asoslaydi. 

Xulosa  qilganda,  tadbirkorlik  faoliyatiga  mansub  bo’lgan  barcha  belgilar 

uning  faoliyatida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  o’rinda  ushbu  belgilar 

tadbirkorlik  faoliyatini  boshqa  iqtisodiy  faoliyat  turlaridan  ham  ajratib  turadi. 

                                                 

1

 Мас Л.В.Коммерческое право. Краткий курс. 2 ое издание. СПб. Питер, 2005. – 



С.143. 

 

39 


Tadbirkorlik faoliyatining yaxlit tushunchasi qo’yidagicha bayon etilishi lozim. 

Har  qanday  tadbirkorlik  faoliyati  (tadbirkorlik)  -  tovar  ishlab  chiqarish,  ish 

bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatish  sohasida  tadbirkorlik  faoliyati  subyektlari 

tomonidan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga  oshiriladigan,  tavakkal  qilib  va 

o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor 

faoliyatdir.  



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling