Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Geografiya o`qitish ning o‘lkashunoslik tamoyili


Download 301.59 Kb.
bet16/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Geografiya o`qitish ning o‘lkashunoslik tamoyili. Maktat o‘lkashunosligining vazifasi o'quvchilar tomonidan ta’lim-tarbiy; maqsadida har xil manbalar bo'yicha va bevosita kuzatishlar asosida o‘z o‘Ikasi hududini har tomonlama o‘rganishdir.
O‘lkashunoslik hayot bilan bog'lanishning qudratli vositasidir. Ko’pchilik o‘quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyir mahalliy sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalariga ishlash uchur borishlari hisobga olinganda, O‘lkashunoslik alohida ahamiyat kast etadi.
O‘lkashunoslik bevosita tabiat muhofazasi bilan bog'liq, chunki o‘z o‘lkasini bilish o‘quvchilarga uni muhofaza qilish va ko‘kalam- zorlashtirish bo'yicha ishlarda ongli qatnashish imkoniyatini beradi O‘z O‘lkasini o‘rganish o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlan- tiradi, chunki bu ijtimoiy-foydali mehnatda faol qatnashishg; imkon beradi.
O‘lkashunoslik materialini O‘rganish bo‘yicha ish o‘quv maq- sadlariga javob berishi kerak, shuning uchun ham uning maz- muni va xarakteri o‘quv dasturi bilan belgilanadi. O‘lkashunoslil< ishlari taslikil qilinish shakllari bo‘yicha sinfda va sinfdan tashqarid; bo‘lishi mumkin. Faqat ular barcha o‘quvchilar tomonidar bajarilsin.
O‘lkashunoslik tamoyili nazariy geografiya kursinin^ O‘quvchilar o‘z o‘lkalari tabiati bilan bevosita muloqotd; bo'lishida oladigan tasavvurlarga uzviy ravishda bog‘lanishin nazarda tutadi. O‘lkashunoslik bilimlaridan foydalanish o‘qm o‘lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun o‘qituvchi yetarli O‘lkashunoslik materiallariga ega bo‘lishi, o‘quA materialini o‘zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigar mahalliy ma’lumotlarni darslar uchun tanlab olishi kerak.
O‘lkashunoslik tamoyili geografiya o`qitish da ko‘pgina didaktik tamoyillardan (o‘qitishning ilmiyligi va ko‘rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o‘lkashunoslik materiallaridan o‘qituvchi geografiya o`qitish da tushuntirish, taqqoslash va ko‘rsatish uchun, o‘quvchilarning ko‘pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilishlarida foydalanadi.
O‘lkashunoslik tamoyilidan muntazam ravishda foydalanish olingan nazariy bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo'jalik ishlarining mo'tadil, ya’ni optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan o‘tishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida uning oqimi rejimini aniqlash, mahalliy qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun o‘simliklar yig‘ish va hokazolar) bilan bog‘lashga yordam beradi.
Shunday qilib, geografiyani o'qitish «og‘zaki sxemada» bo‘lmay, balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o‘lkashunoslikdan geografiya o`qitish da har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Barcha darslar O‘lkashunoslik tamoyili asosida tuzilishi kerak.
O‘quv o‘lkashunosligini o‘lkani o‘rganish bo‘yicha faqat yurish va to‘garak ishlari tashkil qilish bilangina emas, balki har xil tabiiy hodisalarni muntazam kuzatishlar bilan, o‘rganilayotgan hududning ajoyib tabiiy va xushhavo joylarini tekshirish bilan hamda o‘z kuzatishlarini umumlashtirish bilan ham bog‘lash kerak bo‘ladi.
Darslardagi umumlashtirish o‘rganiladigan dastur mavzulari bilan bog‘liq holda borishi lozim. O‘lkashunoslik tamoyilining mohiyati shundan ham iboratki, u o‘quvchilarga tanish bo‘lgan joyda tabiat hodisalarini kuzatish va haqiqiy tasawurlar asosida geografiya asoslarini tashkil qiluvchi tushunchalarni shakllantirish imkoniyatini beradi.
Jonajon o‘lkani o‘rganish umumiy geografiya kursini o‘rganish bilan parallel holda olib borilmog‘i lozim. 3-4- sinflardagi o‘lkashunoslik tadqiqotlarining muhim qismi tuproqqa, o‘simlik va hayvonot dunyosiga xarakteristika tuzish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o'rganish, tabiat muhofazasidir.
O‘quvchilar o‘zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo,anhor kabi suv havzalari, ko‘chatzorlar borligini, ularni

ifloslanishdan saqlashni bilib olishlari kerak. Hayvonlarg g‘amxo‘rlik qilish lozim. Qimmatli tabiat obyektlarining ta’rifir tuzish va ularni qo‘riqlash,zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklai o'pirilishlar, yemirilishlardan hosil bo‘lgan jismlaming) odamnin xo'jalik faoliyatiga ta’sirini o'rganish va ularning oldini olishd ishtirok etish lozim.


O‘lkashunoslik tamoyilini o‘quv-tarbiya ishlarida faqat makta o‘lkashunoslik burchagida mahalliy materiallami izchil ravishd to‘plab borgan sharoitdagina amalga oshirish mumkin. Eng oddi o‘lkashunoslik kuzatishlari, boshlang‘ich sinfda o'quvchila chiqargan xulosalar ular ongida asta-sekin to'planib boradi va bu xulosalar hayotda hamda tabiatni keyinchalik o‘rganishda kerak bo‘ladigan asosiy geografiya tushunchalarini shakllantiris uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling