Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Muammoli masalalar va topshiriqlar
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimni tekshirish uchun savollar
- Boshlangich sinf о‘quvchilarining «Tabiiy fanlar» haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari
Muammoli masalalar va topshiriqlar
1-2- sinflar uchun «Tabiiy fanlar» dan amalda qo‘l lanilayotgan dasturlarni tahlil qiling. 1- sinf «Tabiiy fanlar» darsligini tahlil qiling va undagi asosiy mavzularni belgilang. 2- sinf «Tabiiy fanlar» darsligini tahlil qilib, asosiy mavzularini ko'rsating. 3- sinf «Tabiatshunoslik» darsligini tahlil etib, uning 1-2- sinf «Tabiiy fanlar» darsliklari bilan o‘zaro bog'liqlik tomonlari haqida ma’lumot tayyorlang. 4- sinf «Tabiatshunoslik» darsligini tahlil qiling va unga kiritilgan amaliy darslar ro'yxatini tuzing. «Tabiiy fanlar», «Tabiatshunoslik» dasturlarini tahlil qilib, (tasviriy san’at, mehnat tarbiyasi, matematika, musiqa, ona tili kabilar) predmetlararo bog‘Ianishlarning tizimi tuzing. Bilimni tekshirish uchun savollar 1. Boshlang'ich sinflarning o‘quv rejasida geografiya qanday O‘rinni egallaydi? Davlat ta’lim standartining «boshlang'ich ta’Iim» yo'nalishi qanday qismlardan iborat? Davlat ta’lim standard «Boshlang'ich ta’lim»ining «tabiat ta’lim sohasi»da qaysi mavzular yoritilgan? 1-2- sinf «Tabiiy fanlar» o'quv dasturi qanday bo'limlardan iborat? 1-2- sinf o'quvchilari olamni bilib olish bilan bog'liq hamda tabiat to'g'risida qanday hajmdagi bilimlarga ega bo'ladilar? 3-4- sinflarda Tabiatshunoslikni o'qitishdan maqsad nima? Geografiyani o'qitishda o'lkashunoslik tamoyilining mohiyati nimada? 1-2- sinflarning «Tabiiy fanlar» fani dasturining asosiy mavzulari nimalardan iborat? 3-4- sinflarning «Tabiatshunoslika» fani dasturining asosiy mavzulari-chi? «Tabiiy fanlar» fanining o'rta maktablardagi boshqa fanlar bilan o'zaro bog'lanishini qanday tushunasiz? «Tabiiy fanlar» fanini o'rgatish jarayonida o'qituvchi nimalarga ko'proq e’tibor berishi kerak? Boshlang'ich sinf о‘quvchilarining «Tabiiy fanlar» haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari «Tabiiy fanlar» darslarining asosiy maqsadi, o‘quvchilarni tabiatni kuzatishga o'rgatish, ularda mehnat ko'nikmalari va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ana shu muhim talablarni bajarish, avvalo, tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshirish, avvalo, o'quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to'g'ri tashkil qila olishdadir. O'quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to'g'risida aniq tasavvurlar hosil qilish, o'rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog'lash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya’ni «Tabiiy fanlar» fanlarini o'rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o'rnatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo'llarini qo'llash, o'quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog'lab tushuntirish lozim. «Tabiiy fanlar» dasturi biologik, geografik, shuningdek tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalaming o'zlashtirilishini nazarda tutadi. «Tabiiy fanlar» darslarida eng muhim tushunchalami ajratib tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta’minlaydi. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling