Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Yakka geografiya tushunchalarini shakllantirish
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
Yakka geografiya tushunchalarini shakllantirish. Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos bo‘lgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt bo'lmaydi.
O‘quvchilar e’tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bog'lanishiga qaratmoq, ya’ni obyektning yakka xususiyatini ta’kidlamoq zarur agar u geografik obyekt bo‘lsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya’ni joylashgan o'rnini xaritadan aniqlash kerak. Tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishda umumiy bo'lmagan tushunchalardan umumiyroq bo'lgan tushunchalarga kelish bo‘yicha o'tkaziladigan mashqlar katta ahamiyatga ega. Masalan, tur doirasidagi «bo‘ri», «tulki», «yolbars», «sher» tushunchalari avlod doirasidagi «yirtqichlar» tushunchasiga kiradi. Bunda farq ettiruvchi xususiyatlar (tur belgilari) junlarining rangi, tana tuzilishi, harakatlanish xususiyatlari shu hayvonlaming tashqi ko‘rinishidayoq ma’lum bo‘ladi. Ularning avlod doirasidagi umumiy belgisi boshqa hayvonning go‘shti bilan oziqlanish qobiliyatidir. O‘quvchilarni avlod doirasidagi belgilarni tur doirasidagi belgilardan farqlashga o‘rgatish uchun har bir tushuncha aniq ifodalangan va aniq belgilarni o'zida saqlagan bo‘lishi kerak. Masalan, «na’matak, siren, ligustrumlar — buta», degan ta’rif noto‘g‘ri, chunki unda aniqlik yo‘q. Buning o‘rniga «na’matak, siren, ligustrumlar — buta, chunki ularda asosiy poya yo‘q, ildizdan esa birdaniga bir nechta novdalar o‘sgan», deyish kerak. Yakka tushunchalarni shakllantira borib, umumiy tushunchani ochishga alohida e’tibor berish lozim. Chunonchi, «daryo» umumiy tushunchasini shakllantirish uchun daryoni kuzatish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida uning muhim belgilarini ajratish kerak. Buning uchun o'qituvchi xaritadan Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq daryolarini ko'rsatishi, ya’ni yakka tushunchalar berishi va bolalardan nimalar umumiy ekanligini so'rashi mumkin. (Ularning hammasi oqimga, boshlanish va quyilish joyiga, irmoqlarga, o‘ng va chap qirg'oqlariga ega). Shu belgilar asosida «daryo» umumiy tushunchasi shakllantiriladi. Geografiya darslarida yakka tushunchalardan tashqari yig‘ma, iushunchalar ham shakllantiriladi. Ular umumiy belgilarga ega bo'lgan yakka mintaqa tushunchalardan tarkib topadi. Masalan cho'llar uchun xos o‘simliklar (saksovul, qum akatsiyasi yantoq) ni bir zonada bo‘lishi va umumiy belgilari (uzun ildizlai yirik barg plastinkalarning yo‘qligi, tikanlarning bo‘lishi birlashtiradi. Yig‘ma tushunchaga kiradigan har bir yakka tushunch o‘zining individual xususiyatlarini saqlaydi. Subtropik o‘simliklar- dafna, magnoliya, choy, kiparis cho‘l o‘simliklari - saksovul qum akatsiyasi, yantoqdan keskin farq qiladi. Shunday qilib o'simliklar uchun ularni bir tushunchaga birlashtiradigan mintaqaviy belgilar umumiy hisoblanadi. Umumiy tushunchani shakllantirib, keyin har bir zona o‘simIiklarining individual xususiyatlarini jadval, surat, gerbariylardan ko‘rsatib o‘rganishga o'tish kerak. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling