Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Tajribalar o‘tkazish uchun jihozlar


Download 301.59 Kb.
bet30/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Tajribalar o‘tkazish uchun jihozlar. Tajribalar va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to‘garagida) maxsus jihozlar: o'lchov asboblari, lupa, laboratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. O‘lchov asboblariga har xil suyuqliklaming muayyan hajmini o'lchash uchun menzurkalar, termometrlar va shu kabilar kiradi. Jihozlami ko‘rgazmali qurollar do'konlaridan sotib olish mum­kin. Ayrim asboblarni o‘quvchilarning o‘zlari tayyorlashadi. Laboratoriya uskunalariga laboratoriya shtativlari, uchoyoqlar, spirt lampalari, asbestlangan to‘r, probirka qo‘yadigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek, idishlar (probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar), oq shisha pufakchalari, idishlar to'plami, choy stakanlari, lampochkalar va boshqalar kiradi.
Jonli tabiat burchagi. Tabiatda davomli (uzoq vaqt davom etadigan) kuzatish va tajribalar o'tkazish uchun jonli tabiat burchagi tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va o'simliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan geografiyani o'rganishda foydalanish mumkin. Burchak o'quvchilaming darsdan va sinfdan
tashqari ishlari uchun baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin. Quyi sinflarda tabiatni o'rganishni hamisha bolalami doimo o‘rab turgan va ularga tanish bo‘lgan o'simlik hamda hayvonlardan boshlash lozim. Bu tamoyilga darslarda ham, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ham amal qilish kerak. Bu tamoyilni amalga oshirishga jonli tabiat burchagidagi ishlar imkon beradi. Shu vaqtning o‘zida u o'quvchilarda jonajon vatanga muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytiradi.
Ekskursiyalar jonli tabiat burchagini tashkil qilishning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan tanisha turib, o‘quvchilar molluska, ninachi qurtlari, har xil qo‘ng‘izlar, peskar (tanga baliq), shuningdek, suv o'simliklarining barchasi akvarium, shisha bonkalar yoki boshqa yaroqli idishlarga joylashtiriladi. Bog‘ va polizlarda ko‘pincha meva, rezavor meva hamda sabzavot o'simliklari zararkunandalarining g'umbak va qurtlari uchraydi. Ekskursiya vaqtida ularni yig‘ib, jonli tabiat burchagida ular ustida hasharotlar taraqqiyotining butun siklini tekshirib borish va qurtning harakatsiz g‘umbakka aylanishini, g'umbakdan kapalak chiqishini kuzatishni tashkil qilish mumkin. Jonli tabiat burchagiga keltiriladigan tirik obyektlar alohida daftarda hayvon yoki o'simlikning keltirish vaqti (kuni), kimdan qabul qilinganligi, hayvonning nomi va holati ko'rsatilib qayd etib borilishi kerak.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling