Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi


Model ko‘rgazmali qurol sifatida


Download 301.59 Kb.
bet26/81
Sana23.12.2022
Hajmi301.59 Kb.
#1044196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
Nuriddinova

Model ko‘rgazmali qurol sifatida. Geografiya darslarida modellar ko'rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo'llaniladi Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi. ularga o‘xshash hajmli tasvirdir. Modellaming idrokiy ahamiyati g'oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o‘rganilayot- gan narsa to‘g‘risida fazoviy tasawur beradi.
Geografiya bo‘yicha dastur materiali o‘zlashtirib olinishi uchun zarur bo'lgan modellami ikki guruhga ajratish mumkin Birinchi guruhga Yer yuzasi shakllarining: tog1, tepalik, daryo vodiylari, daryo va uning irmoqlari, o'pirilish, jarlarning geografik modellari kiradi. Bu modellar, agar tasviri ifodalangan predmel ekskursiyada o‘iganilgan bo‘lsa, alohida ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi guruhga har xil qurilma va inshootlar: shaxta, domna pechi, suv va shamol harakatlantiruvchilari kabilaming modellari kiradi.
Geografiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda qumdan, plas- tilindan yoki loydan yasalgan modellar qo'llaniladi, ular bolalarda hajmli hamda fazoviy tasawurlar hosil qilishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, obyektni tabiiy holda ko'rsatish mumkin bo‘lmagan taqdirda muhimdir. Modellar tabiat, tabiiy inshootlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni mustahkamlash vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Modellashtirish bo‘yicha mashg'ulotlarni sinf yoki geografiya maydonchasidagi geografiya va mehnat darslarida o‘tkazish mumkin. Modellashtirishdan ilgari o'zlashtirilganlarni mustah­kamlash va yangi material bilan tanishtirish, shuningdek, ekskursiyada olingan bilimlami mustahkamlash uchun foydalanish mumkin. Chunonchi, bolalarga ekskursiyada kuzatilgan Yer yuzasining o‘sha shakllarini plastilin bilan (qog‘oz yoki kartonga) yopishtirish topshirig‘ini berish lozim. O‘qituvchi plastilin bilan tepalikni ifodalab uning pasti va uchini, yotiq va tik yon- bag'irliklarini yoki tekislikni ko'rsatishni; jarlik, daryo va uning qismlari, dengiz modellarini tayyorlashni taklif qilishi mumkin. Uy vazifasi sifatida joyning relyefini yopishtirish va qog'oz yoki kartondan tayyorlangan o'simlik va hayvon modellarini maketda joylashtirishni taklif qilsa bo'ladi. Maketning qismlarini mehnat darslarida yasash mumkin.
«Tabiatining xilma-xilligi» mavzusini o'rganishda o'quvchilar qumtepa, dasht, cho'llarning o'simlik va hayvonlari bilan maket hamda modellarini, o'rganilgan tabiiy zonalardan istaganining flora va faunasi applikatsiyalarini tayyorlashlari mumkin. Bunday ishlar o'quvchilaming predmetga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, ular tafakkurini faollashtiradi, o'rganilayotgan hodisani ko'rgazmali ravishda tasawur qilishga, binobarin, bilimlarni ishonchli ravishda mustahkamlashga yordam beradi. Geografiya darslarida o'qitish vositalaridan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilaming mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi.

Download 301.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling