Maxsus ta’lim vazirligi geografiya o`qitish metodikasi
Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo‘ladilar
Download 301.59 Kb.
|
Nuriddinova
Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo‘ladilar.
(Masalan, geografiya kursida «O‘z o‘lkamizning tabiati», «Tabiatda mavsumiy o‘zgarishlar» tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog‘liqdir v alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishig ega bo‘lishi mumkin. Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog'lai foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o'simliklar) tushunchalariga bo‘linadi. Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o'rtasiga chegara qo‘yish mumkin. Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo'ladi. Tushunch muayyan holga kelib, tasavvurga o‘tadi. Tabiiy fanlar kursida tabiat va odamlar faoliyatini o'rganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o‘zlashtirilishin nazarda tutadi. Birinchi darsda o'quvchila «tabiat», «jonsiz tabiat», «jonli tabiat» kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo‘lgan yoshda ham 1-4- sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to'g'risidag tasavvurlar sistemaga olinadi. Tushunchalarning eng muhim belgilari sistemalashtirishninj asosi bo‘ladi. Masalan, «jonsiz tabiat» tushunchasi shunday eng muhim belgilarga egaki, ulami kichik maktab bolalari ham aniqlay olishlari kerak jonsiz tabiat jismlari ovqatlanmaydilar, o‘smaydilar nafas olmaydilar, ko‘paymaydilar. Bu tushunchalar keyinchalik geografiyani o'rganishda chuqurlashadi va kengayib boradi. Tushunchalar umumiylashtirish, ya’ni umumiy xossalarga ega bo‘lgan jism va hodisalami birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish narsa va hodisalar muhim belgilari bo‘yichi birlashtirilgandagina to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan, «metall tushunchasi quyidagi jaranglash, issiqlik o‘tkazish xususiyati, erish kabi umumiy belgilarga ega. Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chunonchi, «tepalik tushunchasi quyidagi elementlardan: cho'qqisi, tagi, tik yonbag‘irlik, yotiq yonbag'irlik kabilardan tarkib topadi. «Daryo tushunchasi quyidagi unsurlami: quyilish joyi, boshi (boshlanishi) o‘zani, o‘ng va chap qirg‘og‘i kabilami o‘z ichiga oladi. Tabiat obyektlari va hodisalari to‘g‘risida to‘g‘ri tushuncha hosi qilish uchun avval ulami kuzatish, keyin ularning tasvirini qarab chiqish, o‘qituvchining hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo'yicha mustahkamlash kerak. O‘qituvchining maqsadga yo'nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi. Download 301.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling