Maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat pedagogika instituti
Qo‘lbola isitish moslamalarini sotish qat’iy ta’qib qilinadi!
Download 0.82 Mb.
|
Xayitbaev Asadbekk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Is gazi o‘zi nima!
Qo‘lbola isitish moslamalarini sotish qat’iy ta’qib qilinadi!
«O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan fojialar ortidan mamlakatimizda amal qilayotgan gazdan foydalanish qoidalariga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 1 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi «Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, sohadagi kamchiliklarni chuqur o‘rganish maqsadida Respublika hamda hududiy komissiyalar tashkil etiladi. Qarorda ko‘p kvartirali uylardagi gaz plitalari (boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda) — 2 yilda 1 marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlariga esa — 1 yilda 1 marta profilaktik tekshiruvdan o‘tishi lozimligi, dudburonlar va ventilyasiya kanallari har yilgi isitish mavsumidan oldin tekshirilishi shartligi belgilab qo‘yildi. «O‘ztransgaz» AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat», «O‘zdavneftgazinspeksiyasi»ga IIV bilan birgalikda gazdan foydalaniladigan xonadonlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish darajasini taftish va tekshirishdan o‘tkazishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Davlat soliq qo‘mitasiga qo‘lbola, nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoxobchalarida sotilishining oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, «Gavhar» mahallasidagi kabi fojialarning oldini olish uchun har birimiz, avvalo, yong‘in xavfsizligi, yoqilg‘ilardan foydalanish qoidalariga mas’uliyat bilan yondashishimiz talab etiladi. Unutmaylik, o‘zimiz va yaqinlarimiz hayoti, salomatligi hamma narsadan ustun. Is gazi o‘zi nima?! — Is gazi (uglerod oksidi) — rangsiz, ta’msiz, hidsiz bo‘lib, tabiatda eng ko‘p tarqalgan xavfli gazlardan biridir, — deydi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti o‘qituvchisi, katta leytenant Farhod Xo‘jayev. — Kimyoviy formulasi — «CO». Is gazi, asosan, ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilarning to‘liq yonmasligi oqibatida vujudga keladi. Havo tarkibida 0,1 foiz uglerod oksidining bo‘lishi inson o‘limiga sabab bo‘ladi. U organizmga tushganda kislorodning tana bo‘ylab harakatlanishini cheklaydi. Undan zaharlanganda insonning uyqusi keladi, bosh aylanadi, og‘riydi, ko‘z oldi qorong‘ulashib, eshitish qobiliyati pasayadi, ko‘p terlaydi. Nafas olish og‘irlashib, yo‘tal tutadi. Yurak urishi tezlashadi, qaltiroq bosadi. Gaz, ko‘mir bilan isitiladigan xonadonlarda inson yuqoridagi alomatlarni sezganida zudlik bilan eshik va derazalarini ochib tashlashi, xonani tark etib, ochiq havoga chiqishi, tez tibbiy yordam chaqirishi yoki boshqalardan yordam so‘rashi darkor. Is gazidan zaharlanish shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar, avtoulov turargohlari, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalar, uy sharoitida ovqat pishirishga mo‘ljallangan gaz plitalardan xonalarni istitish uchun foydalanilganda, pechka bilan istiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi, gazda ishlaydigan nostandart, turli xil uskunalardan foydalanish, mutaxassisning ko‘rsatmasisiz qurilish me’yorlari va qoidalari talablari buzilgan holatlarda kuzatilmoqda. O‘zboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi o‘rnini almashtirish, uni yangilash va tuzatish, gaz asboblari o‘rnatilgan xonalar rejasi, dudburon va shamollatish tizimlarini o‘zgartirish, xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qo‘yish, maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek, o‘z harakatlarini nazorat qila olmaydigan shaxslarning gaz asboblaridan foydalanishi, gaz asboblari o‘rnatilgan xonada uxlash va dam olish baxtsizliklarning qo‘shimcha sabablaridir. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling