Maxsus tarix fanidan


Download 147.88 Kb.
bet3/8
Sana19.06.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1612687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Markaziy davlat arxivi faoliyati

II bo‘lim “O‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalar” deb nomlangan, unda Toshkent shahar dumasi, shahar boshqarmasi, shahar umumiy xo‘jalik boshqarmasi, Samarqand va Yangi Marg‘ilon xo‘jalik boshqarmasi va Toshkent oqsoqoliklar kengashiga doir hujjatlar 718, 37, 472, 473,277, 286 va 79-fondlardan o‘rin olgan.
III bo‘lim
“ Sud va prokuror fondlari” deb ataladi. Bu bo‘lim o‘z navbatida 3 bobdan iborat. Birinchi bob – viloyat sudlari, ikkinchi bob – okrug sudlari va uchinchi bob – uezd sudlari, sud ijrochisi, janjallik ishlar komissiyasi, xalq sudlari, qozilar, natariuslar haqidagi hujjatlar bo‘lib, ular 127, 134, 353, 178, 122, 504, 592,593, 129, 133, 128, 132, 318, 130, 131, 278, 350, 150 va 505-fondlarda saqlanmoqda5.
IV bo‘lim “Xo‘jalik-iqtisodiy tashkilotlar, muassasalar va korxonalar” deb nomlanadi va bu yetti bobdan iborat. Birinchi bob – moliyaviy bo‘lim 87, 88, 89, 108, 13, 497, 475, 281-fondlarda; ikkinchi bob – sanoat bo‘limi 41, 241, 113, va 100 fondlarda; uchinchi bob – qishloq xo‘jaligi 7, 356, 104, 29, 16, 163, 614, 14,42, 9, 78 va 12-fondlarda; to‘rtinchi bob – savdo-sotiq bo‘limi 469, 264, 90, 99, 97, 93, 98 va 214-fondlarda; beshinchi bob – boj solish va olish haqidagi bo‘lim 471, 121, 46, 187, 306, 185-fondlarda; oltinchi bob – transport bo‘limi 33, 39, 528, 102, 101 va 560-fondlarda va nihoyat ettinchi bob – aloqa va statistika ishlari haqidagi hujjatlar 557, 43, 44, 266, 249, 269-fondlarda saqlanmoqda.
V bo’lim “Ilmiy va madaniy muassasa hamda tashkilotlar” deb nomlangan. O‘rta Osiyo ilmiy jamiyati haqida 591-fondda; Toshkent ximiya labaratoriyasi 73- fondda; 1878-yilgi Toshkentda tashkil qilingan qishloq xo‘jaligi va sanoati ko‘rgazmasi materiallari 575-fondda; Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati 103- fondda; Turkiston Harbiy okrugi qoshidagi astranomiya va fizika observatoriyasi haqidagi ma’lumotlar 70-fondda; Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garaga 71- fondda; rus imperatori geografik jamiyati Turkiston bo‘limi 69-fondda; imperator Sharqshunoslik jamiyati Toshkent bo‘limi 361-fondda; Turkiston entomolog stansiyasi haqida 231-fondda; polkovnik Serebrennikovning Turkiston o‘lkasi haqida to‘plagan hujjatlari 715-fondda; Turkiston o‘lkasidagi oliy va o‘rta maktablarni boshqarish haqidagi hujjatlar 47-fondda; Toshkentdagi 8 yillik erkaklar gimnaziyasi 50-fondda; Toshkentdagi bilim yurti 64-fondda; Toshkent harbiy gimnaziyasi 51-fondda; Toshkent savdo bilim yurti 56-fondda; Toshkentdagi birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi 52-fondda; Toshkentdagi rus-tuzem maktabi 61- fondda; Toshkentdagi birinchi razryadli quyi qishloq gidrotexnika maktabi 65- frndda; O‘rta Osiyo temir yo‘l Bosh boshqarmasiga qarashli Toshkent temir yo‘l bilim yurti 254-fondda; Samarqand xotin-qizlar gimnaziyasi 55-fondda; Turkiston xalq kutubxonasi 267-fondda va Turkiston xalq muzeyi haqidagi hujjatlar Markaziy davlat arxivining 72-fondidi saqlanmoqda6.

Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling