Maxsus tarix fanidan


II BOB. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi


Download 147.88 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi147.88 Kb.
#1612687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Markaziy davlat arxivi faoliyati

II BOB. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxividagi shaxsiy fond hujjatlarining tavsifi.
2.1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivining ichki tuzilishi va strukturasi.
Arxivlar — buyuk tariximiz ko’zgusi. Ularda xalqimiz bosib o’tgan o’tmish, bugungi dorilamon kunlarimizdan guvohlik beruvchi hujjatlar jamuljam. Demak, ularni kelajak avlodga bekamu ko’st yetkazish soha mutaxassislarining muhim vazifasidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida arxiv sohasiga to’xtalib o’tganligi so’ngi yillarda sohaga bo’lgan e’tiborning oshayotganligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Agentlikning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 20 nafardan iborat Agentlik markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) namunaviy tuzilmalari va boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida 2020 — 2025-yillarda arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish dasturi 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish dasturi 5-ilovaga muvofiq;
2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Agentlik markaziy apparati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari tuzilmasiga qo‘shimcha kiritilayotgan shtat birliklari tegishli budjet tashkilotlari shtat birliklari sonini kerakligicha qisqartirgan holda, ularni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazoratni amalga oshirish;
Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish;
davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish;
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish tizimini shakllantirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.
3. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilagan holda, jalb qilish.
4. Belgilansinki, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari o‘z vakolati doirasida arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan tartibini buzganlik holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish huquqiga egadirlar.

  • Belgilab qo‘yilsinki, Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz):

  • arxiv ishi va ish yuritishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilot va muassasalar arxivchi va ish yurituvchi kadrlarini uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish;

  • boshqa soha mutaxassislarining arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan o‘qishlar tashkil etish;

  • arxiv ishi va ish yuritishga oid respublika va xalqaro miqyosda seminarlar, konferensiyalar, anjumanlar tashkil etish;

  • arxiv ishi va ish yuritish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

  • arxivchi va ish yurituvchi kadrlarni malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.

6. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

  • davlat arxivlari pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining 20 foizi miqdoridagi yillik majburiy ajratmalar;

  • Markazning pullik xizmat ko‘rsatishdan olingan daromadining 30 foizi miqdoridagi ajratmalar;

  • Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga qo‘yishdan olingan daromadlar;

  • yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;

  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

  • Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga sarflanadi:

  • davlat arxivlarining binolari va saqlovxonalarini ta’mirlash hamda qurish;

  • davlat arxivlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xavfsizlik tizimlarini joriy qilish;

  • xorijiy davlatlardan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini qaytarish;

  • arxiv ishi sohasida turli konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

  • Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

  • Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari xodimlarini xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida o‘qitish, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish;

  • Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlari xodimlariga mamlakatda va xorijdagi xizmat safarlari xarajatlarini to‘lab berish;

Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.
7. Agentlik direktoriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari bo‘yicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan qat’iy nazar, ustama va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash huquqi berilsin.
8. Belgilansinki, 2019-yil 1-oktabrdan:
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,6 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to‘lanadi.
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
9. Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda O‘zbekiston milliy arxivlari binosi qurilish davrida Agentlikni davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan obyektlarga vaqtinchalik joylashtirishga ko‘maklashsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi;
arxiv ishi va ish yuritish holati bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi;
Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin. O‘tgan davr mobaynida arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda ijobiy natijalarga erishildi hamda muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi, Milliy arxiv fondi O‘zbekiston xalqining moddiy va ma’naviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi.
Shu bilan birga, tahlil va o‘rganish natijalari arxiv ishi va ish yuritish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish, davlat arxivlarini moddiy-texnika bazasini yaxshilash, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini qo‘llash zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, qog‘oz shaklidagi, kino, foto va fono hujjatlarini raqamlashtirishni yanada jadallashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatida shakllanadigan boshqaruv (ish yuritish)ga oid, ilmiy-texnikaviy va boshqa hujjatlarning arxiv saqloviga topshirilishida hamda o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinishida ularning elektron va Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi hujjatlarining sug‘urta nusxalari talab etiladi.
3. Agentlik:
a) 2020-yil 1-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish bo‘yicha choralarni ko‘rsin;
b) 2020-yil 1-iyungacha Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini joriy qilsin:
o‘qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma’lumotnomasini berish;
arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo‘yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish;
arxiv hujjatlari, kitoblar va qo‘lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish);
v) uch oy muddatda:
doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qilish;
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq davlat fondlari va tashkilotlar ro‘yxatini qisqartirish;
arxiv ishi jarayonlarini to‘liq qamrab oluvchi va interaktiv qidiruv imkoniyatlari mavjud bo‘lgan “Arxiv ishi” yagona axborot tizimi yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
g) 2021-yil 1-yanvargacha davlat arxivlarida saqlanayotgan fondlarni xatlovdan o‘tkazib, ular haqida tegishli ma’lumotlarni qamrab olgan ma’lumotlar bazasini yaratsin.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan arxiv ma’lumotnomalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
4. Agentlikning 2020-yil 1-yanvardan boshlab arxiv ishi sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarini ilovaga muvofiq qisqartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Agentlik arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan vakolatli davlat organi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;17
Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktori o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Agentlikning hududiy arxiv ishi boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash Agentlik direktori tomonidan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar tuzilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Milliy arxivi;
O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi;
O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi negizida O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi;
Toshkent shahar davlat arxivi negizida Toshkent shahar markaziy davlat arxivi;
Agentlik huzurida muassasa shaklida Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi;
Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Arxiv ishini rivojlantirish jamg‘armasi.
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining, O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivining, Toshkent shahar markaziy davlat arxivi Toshkent shahar davlat arxivining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
7. Quyidagilar arxiv ishi va ish yuritish sohasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
arxiv ishi va ish yuritish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish va sug‘urta nusxalarini yaratish;
arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlarini faollashtirish orqali arxiv axborotlaridan foydalanuvchilar sonini kengaytirish;
arxiv xizmatlarini bosqichma-bosqich Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilishini tashkil etish;
arxivlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xodimlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy qilish;
soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirishning ilg‘or va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2020-yil 1-martgacha respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan tuzilgan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlarni Agentlik idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazsin va ular negizida shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarini tashkil etsin.
Belgilansinki, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari faoliyatini moliyalashtirish:
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
9. Agentlik 2023-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich davlat arxivlari saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkib hujjatlarini shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, tarix fanining qaysi yo‘nalishi o‘rganilishidan qat’iy nazar o‘rganilayotgan muammoni tadqiq etgan shaxslar faoliyati, ularning olib borgan tadqiqotlari natijalari, shu bilan birga, shaxsiy hujjatlari bilan ham tanishish kerak bo‘ladi. Muammoning o‘rganilish darajasi va tarixshunosligini yoritish ma’lum bir shaxslar faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z o‘rnida arxiv hujjatlariga,xususan shaxsiy fondlardagi faktik materiallarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. O‘zR MDAda saqlanayotgan 200 dan ortiq shaxsiy fond hujjatlari tarixiy tadqiqot olib borishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi shaxsiy arxiv materiallari tarixda iz qoldirgan mashxur-shaxslarning ijodi, faoliyatini, qolaversa, davr va jamiyat tarixini tadqiq etishdagi “bo‘shliq”ni to‘ldirishda daliliy manba, tarixiy hujjat vazifasini o‘taydi. Muammoning o‘rganilish darajasi va tarixshunosligini yoritish ma’lum bir shaxslar faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z o‘rnida arxiv hujjatlariga,xususan shaxsiy fondlardagi faktik materiallarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. O‘zR MDAda saqlanayotgan 200 dan ortiq shaxsiy fond hujjatlari tarixiy tadqiqot olib borishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi shaxsiy arxiv materiallari tarixda iz qoldirgan mashxur-shaxslarning ijodi, faoliyatini, qolaversa, davr va jamiyat tarixini tadqiq etishdagi “bo‘shliq”ni to‘ldirishda daliliy manba, tarixiy hujjat vazifasini o‘taydi.

Download 147.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling