Maxsus tarix fanlari


Sozigenning Yulian kalendari: (Er.av 46-yilda)


Download 120.09 Kb.
bet24/27
Sana11.05.2023
Hajmi120.09 Kb.
#1450755
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
majmua maxsus 2023

Sozigenning Yulian kalendari: (Er.av 46-yilda).



Oy nomlari

Kuni



Oy nomlari

Kuni

1

Yanvar

31

7

Kvintlis

31

2

Fevral

29\30

8

Sekstlis

30

3

Mart

31

9

Sentabr

31

4

Aprel

30

10

Oqtabr

30

5

May

31

11

Noyabr

31

6

Iyun

30

12

Dekabr

30

Har yili chorak kundan ortib qoladigan va tо‘rt yilda bir kunni tashkil etadigan vaqtni, ya’ni kabisa yilidagi 366 kunni kayerga, qaysi oyga joylashtirish vazifasi hali xal etilmagan edi. Uni yilning eng qisqa oyi hisoblangan fevral oyig’a 30-kun sifatida qо‘shib qо‘ya qolish о‘z - о‘zidan ayon edi. Lekin yangi kalendarning ijodkorlari bu kо‘shimcha kunni fevralning oxiriga kо‘shmasdan, Sozigen islohoti davlatda olib tashlangan marchedonning о‘rniga - fevralning 23 va 24 kunlari orasiga "yashirishadi". Shunday qilib, uzaytirilgan kabisa yili fevral ikki martadan 24 kunga ega bо‘ldi.


Sozigen tayyorlagan kalendar islohoti rimliklar bayramlarining avvalgi tartibini ham buzmasligi kerak edi. Shuning uchun bu islohotni amalga oshirish arafasida kalendar yiliga 23 kunlik marsedoniydan tashqari yana ikkita kо‘shimcha oy (biri 33 kun, ikkinchisi 34 kun) kо‘shilgan. Bu yil er.av. 46 yil edi. U 445 kundan iborat bо‘lgan va tarixda "tartibsiz" yoki "chalkash yil" nomini olgan.
Yuliy kalendari (eski stil) deb nom olgan yangi kalendar bо‘yicha vaqt hisobi eramizdan avval 45 yilning 1 yanvaridan boshlangan. Xuddi о‘sha kuni qishki Quyosh turishidan keyingi birinchi yangi oy kо‘rinishi edi.
Rim siyosiy arbobi Mark Antonining taklifi bilan Senat (lotincha - Rimda respublika davrida oliy hokimiyatning davlat organi, xukmron - kuldor aslzodalar), Yuliy Sezarning harbiy sarkardaligi va kalendarni tartibga keltirishdagi xizmatlarini hisobga olib, Sezar tug’ilgan kvintlis (beshinchi) oyini uning nomi bilan yulis iyul deb atashga qaror qilgan.
Yangi kalendar joriy etilgandan ikki yil keyin Sezar fitnachilar tomonidan о‘ldirildi. Rim kо‘shinlariga vaqtni tо‘griligini kuzatish vazifasi topshirilgan edi. Ular Sozigen islohoti mazmunini tushunmay, hisobdan adashdilar. Negadir kabisa kunlarini uch yildan keyin tо‘rtinchi yilga emas, balki ikki yildan keyin uchinchi yilga kо‘sha boshlaganlar. Bu xatoni faqat er. av VIII asrda, Sezarning nabira merosxuri imperator Avgust davrida aniqladilar. Avgust yangi islohot о‘tkazdi hamda tо‘planib qolgan xatolarni yо‘k qildi. Uning buyrugi bilan er. av VIII asrdan - eramizning VIII asrigacha kabisa yillariga kо‘shimcha kunlar kо‘shilmagan.
О‘sha davrdayoq senat sekstilis (6- oyni) imperator Avgust nomi bilan atadi. Chunki avgust kalendarini tо‘grilagan va harbiy galabalarni kо‘lga kiritgan edi. Biroq sekstilis oyi faqat 30 kunga ega edi. Senat imperator Avgustga bag’ishlangan oyni Yuliy Sezarga bag’ishlangan oydan kam bо‘lishini lozim kо‘rmadi. Buning ustiga 30 raqamini baxtsiz son hisoblab, (juft kun) fevraldan yana bir kun olishib, uni sekstilis - avgustga kо‘shishgan. Shunday qilib, fevral 28 yoki 29 (kabisa yilida) kunga ega bо‘lib qolgan. Endi uch oy (iyul, avgust, sentabr) qatorasiga 31 kundan iborat bо‘lgan edi. Bu ham Rim kо‘shinlariga ma’qul tushmagan. Shunda ular sentabrning bir kunini oqtabrga, noyabrning bir kunini dekabrga о‘tkazishgan.

Download 120.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling