Maxsus tarix fanlari
Download 120.09 Kb.
|
majmua maxsus 2023
1. Tot
2. Faofi 3. Atir 4. Xoyyak 5. Tibi 6. Mexir 7. Famenot 8. Farmuti 9. Paxon 10. Payni 11. Epifi 12. Mesori ikkinchi kun-Gora, uchinchi-Seta, tо‘rtinchi-Isida, beshinchi kun-Neftida deb atalgan. Ular yer xudosi Geb va osmon ma’budasi Nutning bolalari hisoblangan. Gerodot misrliklarda yil 12 oy va beshta qо‘shimcha kundan iboratligi tо‘g‘risida ma’lumot beradi. Misr kalendari qanchalik qishloq xо‘jaligi ishlari uchun qulay bо‘lmasin, u tropik yildan 0,25 sutka qisqa edi. Bu tо‘rt yilda bir sutkani, 120 yilda bir yilni tashkil qiladi. Bu Misr “daydi” kalendarida 1461 Misr yili 1460 yulian yiliga teng edi. Miloddan avvalgi II ming yillikda Misr kalendarini isloh qilishga harakat qilinadi. Ular Misr kalendariga tо‘rt yilda bir kun qо‘shadi va Misr kalendari tropik yilga tenglashtiriladi. Misrda giksoslar hokimiyati qulagandan sо‘ng yana an’anaviy Misr kalendari joriy qilinadi. Shundan boshlab, taxtga chiqqan fir’avnlar yilning uzunligini о‘zgartirmaslikka qasamyod qilgan. Miloddan avvalgi III asrga kelib Ptolemey III Evergetning (mil. av. 246-222) bu qasamyodni buzib kalendar islohotini о‘tkazadi. U miloddan avvalgi 238 yil 7 martda kalendarda kabisa yilini joriy qilish qilish tо‘g‘risida maxsus farmon (mazkur farmon Kanon ibodatxonasi nomiga Kanon farmoni deb ataladi) beradi. Kanon farmonida shunday deyiladi: “Yulduz (Sirius) har tо‘rt yilda bir kun oldinga о‘tib ketmoqda. Kelajakda yozda nishonlanadigan bayramlarni qishda nishonlamaslik uchun har tо‘rt yilda bir marta 360 kun va 5 qо‘shimcha kundan sо‘ng va yangi yildan oldin bir kun qо‘shilsin. Kalendar podsho Everget tomonidan tuzatilganini hamma bilsin”. Bundan qadimgi Misrda yulian kalendari tuzilishidan salkam 200 yil oldin kabisa yilini bilishganini kо‘rishimiz mumkin. Ptolemey III Evergetning bu islohoti hayotga tadbiq qilinmagan. Miloddan avvalgi 26 yilga kelibgina Rim imperatori Oktavian Avgust Misrda kabisa yili mavjud bо‘lgan yulian kalendarini joriy qiladi. Qadimgi Misrda dastlab yagona era bо‘lmagan, ular fir’avnlarning hukmronligi davriga qarab yilni hisoblaganlar. Ellinizm davriga kelib, Nabonassar erasidan foydalanganlar. Eraning boshlanish sanasi Yulian kalendari bо‘yicha miloddan avvalgi 747 yil 26 fevralga tо‘g‘ri keladi. Miloddan avvalgi 238 yilda Ptolomeylar sulolasidan bо‘lgan Yeverget kalendar islohotini о‘tkazadi. U har 4 yilda yilning oxirgi kunidan sо‘ng xudolar kuni nishonlanadigan yana bir sutka qо‘shishga farmon beradi. Bu hozirgi kun atamasi bilan aytadigan bо‘lsak, kabisa yilidir. Lekin bu islohot amalga oshmay qoladi. Faqatgina Yuliy Sezarning tashabbusi bilangina amalga oshadi. III asrga kelib Misrda Diokletian erasi joriy qilinadi. Diokletian erasi boshi yulian kalendariga kо‘ra 284 yil hisoblanadi va bu eradan bugungi kunda nasroniy-koptlar diniy an’analarni о‘tkazishda foydalanib keladi. Download 120.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling