Maxsus tarix fanlari
Qadimgi Hindiston kalendari
Download 120.09 Kb.
|
majmua maxsus 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoy kalendari.
Qadimgi Hindiston kalendari. Hindistonda Quyosh, Oy, Oy-Quyosh kalendarlari ishlatilgan. Hindiston qadimgi silivizatsiyaning о‘chog‘i sifatida kalendarlar tarixi bir necha tarqalgan kalendarlardan biri Samvat kalendaridir. U Hindistonning shimoliy va markaziy viloyatlarida ishlatilgan. Bu Oy-Quyosh kalendari bо‘lib tropik yil va oylar asosida tuzilgan. Uni hindlar “adikmas” ataganlar. Shuningdek, kalendarda qо‘shimcha kunlar (burjiy kalendar asosida) joriy etilgan va ular “titxi” deb atalgan. Bu kalendar erasi miloddan avvalgi 57 yildan hisoblangan.
Hindistonda amal qilingan yana bir kalendar Saka kalendaridir. Bu kalendar Quyosh kalendari bо‘lib, Hindistonning janubiy viloyatlarida qо‘llanilgan. Saka kalendarida bir yilda olti fasl bо‘lib, har biri 29, 32 kundan tashkil topgan о‘n ikki oydan iborat bо‘lgan. Yilning boshi bahorgi teng kunlikdan boshlangan. Bu kalendar erasi Saka erasi hisoblangan (milodning 78 yil 15 martdan boshlangan). Hindistonda mazkur kalendar va eralardan tashqari Kalyuga erasi (boshlanishi mil. av. 3102 yil 18 fevraldan), Nirvana erasi (mil. av. 543 yilidan) Mahavira (mil. av. 527 yildan), Graxaparivritti erasi ( mil. av. 24 yildan), Nevar erasi (mil. av. 879 yil 20 oktabrdan), Fazli eralari mavjud bо‘lgan. ming yillarni о‘z ichiga oladi. Hindistonda eng kо‘p
XVIII asrga kelib Hindistonda grigorian kalendari qо‘llanilgan. 1957 yilda Saka erasi - grigorian kalendariga asoslangan yagona milliy kalendar qabul qilingan. Shuningdek, unda qadimgi hind Quyosh kalendari xususiyatlari ham mavjud. Kalendar 365 (kabisa 366) kun, 12 oydan iborat. Oylar 30- 31 kundan, oddiy yilda birinchi 6 oy 30 kundan, qolgan 6 tasi 31 kundan iborat. Kalendar quyidagi jadvalda berilgan.
Yilning boshlanishi bahor fasli 22 martda (kabisa yilida 21 mart) bahorgi teng kunlikdan boshlanadi. Hind yagona milliy kalendarida bir sikl tо‘rt yildan iborat bо‘lib, uning uch yili oddiy, tо‘rtinchi yili kabisa yili hisoblanadi. Saka erasi yillari hisoblanib, u 78 ga kо‘paytiriladi. Natijada 4 soniga bо‘linadi11. Bugungi kungacha grigorian kalendari bilan birgalikda mahalliy kalendarlardan ham foydalanishadi. Xitoy kalendari. Xitoy, Misr, Bobil va Hindistonda astronomiya fani insonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, bir davrda shakllangan. “Shuszin” (tarix kitobi) nomli tarixiy kitobda ma’lumot berishicha, Xitoy kohinlari Quyoshning qachon tutilishini oldindan ayta olgan. Bu ularning asosiy vazifalaridan biri edi. Miloddan avvalgi 360 yilda xitoyliklar birinchi yulduz katalogini tuzib chiqadi. Qadimgi Xitoy fanining asosiy yutuqlaridan biri ularning tuzgan kalendarlaridir. Bir qancha Xitoy yilnomalari, arxeologik malumotlarga kо‘ra, Shan in sulolasi davri (mil. av. XVIII-XII asrlar)da yilning uzunligi 365 kun qilib belgilansada, oylar 29-30 kundan iborat 12 oydan tashkil topgan. Vaqti-vaqti bilan qо‘shimcha oylar joriy qilingan. Ular osmon jismlarini kuzatish natijasida oylarni 29,5 Quyosh yilini 365,25 sutka ekanligini hisoblaganlar. Xitoyda asosan Oy-Quyosh kalendaridan foydalanilgan. Oy–Quyosh asosida tuzilgan Xitoy yilida bir yil 29 va 30 kunlik 12 oy ya’ni, 354 kundan iborat bо‘lgan. Quyosh yili Oy yilidan 10 kun 21 soat uzun bо‘lgani uchun, о‘n tо‘qqiz yilda yetti marta qо‘shimcha о‘n uchinchi oy qо‘shilgan. О‘n tо‘qqiz yilning uchinchi, oltinchi, sakkizinchi, о‘n birinchi, о‘n tо‘rtinchi, о‘n oltinchi, о‘n tо‘qqizinchi yillarida qо‘shimcha oylar bо‘lgan. Shuningdek, qо‘shimcha oylar Quyoshning qishki tik turishidan keyin kelgan. Kalendar oylari hiloldan boshlangan. Oylarning maxsus nomlari bо‘lmagan. Ular tartib raqami bilan (birinchi, ikkinchi, uchinchi) nomlangan. Bir oy о‘n kunlik haftaga bо‘lingan va oyning birinchi, о‘n birinchi, yigirma birinchi kunlari maxsus iyerogliflar belgilangan va dam olish kuni hisoblangan. “Chjuan-yuyli” qadimgi kalendarlardan biri hisoblanadi. U mukammalligi jihatidan yarim asr keyin yaratilgan yulian kalendari bilan bahslasha olardi. Xitoyda Sin sulolasi (mil. av. 246-210) davrida yigirma tо‘rt mavsumga bо‘lingan qishloq hо‘jaligi kalendari ishlab chiqilgan. Unda yillarni, mavsumlarning harakatiga kо‘ra bо‘lishgan. Dehqonlar shu kalendardan urug‘ ekish, hosil yig‘ish va boshqa qishloq xо‘jaligi ishlarida foydalanishgan. Miloddan avvalgi 104 yilda kalendar islohoti о‘tkaziladi va “Tay-chu-li” keyinchalik “Santun” nomini olgan kalendar qabul qilinadi. Kalendar mualliflari tropik yilning uzunligini, har bir qishloq hо‘jaligi mavsumining boshlanish vaqti va sinodik oyning uzunligini aniq hisoblab chiqadi. Ular bir oyni 29,4381, sutka deb hisoblaganlar. Bu esa zamonaviy hisobdan 24 sekund farq qilgan. Download 120.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling