Maxsus tibbiy guruhlar jismoniy tarbiyasi Reja
Maxsus tibbiy guruhlardagi birinchi yordam vositalari
Download 59.33 Kb.
|
Maxsus tibbiy guruhlar jismoniy tarbiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy tarbiya o’qituvchilarida quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak
2.2 Maxsus tibbiy guruhlardagi birinchi yordam vositalari
O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimidagi o’quv muassasalari o’quvchilari bilan darslami iloji boricha ochiq havoda, o’yin va musobaqa tarzida o’tkazish hamda har bir darsda o’quvchilarga uyga vazifalari berish maqsadga muvofiqdir. Uyga beriladigan vazifalarning mazmuni: qomatni rostlash, gigienik qoidalarga rioya qilish, ertalabki gigienik gimnastika majmualarini tuza bilish va bajarish, mustaqil yugurish, harakat ko’nikmalarini bajarish, nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, harakat sifatlarini rivojlantirish, sport turlari tarixini, hozirgi ahvolini, musobaqa qoidalarini o’rganishlardan iborat bo’ladi. Jismoniy tarbiya o’qituvchilarida quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak. jismoniy tarbiya fani bo’yicha o’quv dasturi, umumiy soatlar hajmining o’quv semestrlariga taqsimlash jadvali, yillik mavzuviy-taqvim reja, kunlik dars rejasi, tayanch konspektlari. Tibbiy nazoratdan to’liq o’tkazilgandan keyin o’quvchilarga dars va mashg’ulotlarda shug’ullanishga ruxsat beriladi. Ular havo harorati q 15° va undan yuqori bo’lganda darslarga yengil kiyimda, agar harorat undan past bo’Isa, issiqroq sport kiyimida qatnashishlari mumkin. O’quvchilar jismoniy tarbiya darsiga qatnashishlari bo’yicha uchta guruhga ajratiladi: Asosiy guruh. Tayyorlov guruhi. 3 Maxsus tibbiy guruh. Asosiy guruhga sog’lom, jismonan baquvvat, boshidan o’tkazgan kasalliklarining hech qanday asorati qolmagan, o’sib rivojlanishida anatomik, morfologik, fiziologik hech qanday kamchiliklari bo’lmagan o’quvchilar kiradi. Bu guruh o’quvchilari sportning biror turida malakalarini oshirishlari va musobaqalarda qatnashishlari mumkin. Tayyorlov guruhiga awal biror kasallik bilan og’rigan, lekin uning sezilarli asorati qolmagan, jismonan zaifroq, katta yuklamalami ko’tara olmaydigan o’quvchilar kiradi. Tayyorlov guruhining vazifasi yosh o’g’il-qizlaming badanlarini chiniqtirib, jismonan tayyorlab, ulami asosiy guruhga o’tkazish. Maxsus tibbiy guruhga salomatligida biron-bir kamchiligi bo’lgan, awal boshidan kechirgan kasalliklarining sezilarli, tibbiy nuqtai nazardan tasdiqlanadigan asoratlari saqlanib qolgan, yaqin orada kasalxonada davolanib qaytgan, jarrohlik operatsiyasidan keyingi holatdagi o’quvchilar kiradi va ular sport kiyimlarida maxsus tashkil etilgan darslarga qatnashishlari lozim. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaming I-I1-III bosqichlarida quyidagi sport turlari yildan-yilga murakkablashtirib o’rgatilib boriladi: gimnastika, yengil atletika, sport o’yinlari (basketbol, voleybol, qo’l to’pi, futbol), kurash, suzish, batbaa tayyorgarligi va milliy raqs elementlari, sayyhlik, harakatli o’yinlar. Kasbga taalluqli amaliy jismoniy tayyorgarlik o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida umumjismoniy tayyorgarlik asoslariga tayangan holda maxsus maqsadlami amalga oshiradi va o’quvchilar kelajak mehnat faoliyatlarining asosiy turlari bilan bog’liq bo’ladi. Download 59.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling