Maxsus transformatorlar ko‘p chulg‘amli transformatorlar


To‘g‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar


Download 57.44 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1354831
1   2   3   4
Bog'liq
Махсус трансформаторлар кўп чулғамли трансформаторлар uz-assistant.uz

To‘g‘rilagich qurilmalari uchun transformatorlar


To‘g‘rilagich qurilmalari uchun qo‘llaniladigan trans-formatorlarning o‘ziga xos bir qator xususiyatlari bo‘lib ularni loyihalashda hisobga olish shart. Transformatorni faza chulg‘amlari ulangan to‘g‘rilagich qurilmaning ventillari navbatma-navbat ochilganligi sababli, bu transformatorlar doim nosimmetrik rejimda ishlaydi. Katta quvvatli to‘g‘rilagich qurilmalarida qo‘llaniladigan transformatorlarning chulg‘am-lari olti fazali qilib tayyorlanadi.
Ventilli o‘zgartirgich qurilmalariga qo‘llaniladigan transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amiga tokni bir tomonga o‘tkazuvchi ventillar ulanadi. Bunday yuklamalarga ulangan transformatorning ishida o‘ziga xos xususiyatlari paydo bo‘ladi. Transformatorda tarmoqga ulanadigan va ventil chulg‘amlari bo‘ladi, tarmoqqa ulangan chulg‘amlari asosan yulduz yoki uchburchak ko‘rinishda ulanadi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amlarini bir fazali tokni ko‘p fazali tokga aylantirish imkonini beradigan bir, uch va ko‘p fazali chulg‘amlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
To‘g‘rilagich qurilmalarida qo‘llaniladigan transformatorlarning ikkinchi chulg‘amlari quyidagi ko‘rinishda ulanishi mumkin:
1. Bir fazali nolp nuqtali
2. 3 fazali nolp nuqtali
3. 3 fazali ko‘prikli
4. 6 fazali 60 ga burilgan kuchlanish olishga yordam beradigan
To‘g‘rilangan kuchlanishning pulpsatsiyasini va birlamchi chulg‘amdagi tokning garmonikalarini kamaytirish maqsadida ikkilamchi chulg‘amning fazalar sonini ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘g‘rilagich qurilmalarining transfor-matorlarini nominal quvvati deb birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining nominal quvvatlarini yarimlarini yig‘indisiga aytiladi.

Uch chulg‘amli transformatorlar


Uch chulg‘amli transformatorlar ham energetikada keng qo‘llaniladi. Bu transformatorlarning bitta birlamchi va ikkita ikkilamchi chulg‘amlari bor. Uch chulg‘amli transformatorlar har-xil nominal kuchlanishli uzatish tarmoqlarini elektr energiya bilan taominlash va transformator podstansiyalarida transformatorlarning sonini kamaytirish hisobiga kapital sarflarni kamaytirish maqsadlarida foydalaniladi. Bu trans-formatorni vektor diagrammalari va almashtirish sxemalarini tuzish, ularni ish tavsiflarini taxlil qilish maqsadlarida ikkinchi va uchinchi chulg‘amlarini birinchi chulg‘amga keltiriladi.


Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling