Maxsus vazirligi toshkent moliya instituti


I BOB. Biznesni tashkil etish


Download 162.5 Kb.
bet2/15
Sana19.04.2023
Hajmi162.5 Kb.
#1367422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Manfaat biznes

I BOB.
Biznesni tashkil etish.
I.1. Biznes reja tuzish.
Rejalashtirish - bu ma’lum davrda mo’ljallangan maqsadga erishish uchun bajarilishi zarur bo’lgan harakatlar, ishlar, tadbirlar, vazifalar va ularni amalga oshirish aniq tartibi. izchilligi, muddatlari. harajatlarini aniqlash hamda ularni muvofiqlashtirish jarayonidir. Rejalashtirish butun faoliyatni tartibga solish jarayoni bo’lib, tadbirkorlik sub’ektlari-ning kelajakdagi harakatlarini aniqlash. asoslash. belgilash. izohlash, nazorat etishga xizmat qiladi. U tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgi-langan davr mobaynida bajarilishi zarur bo’lgan vazifalar aniqlashtirilgan rejalarda o’z aksini topadi.
Rejalashtirishning asosiy bosqichlari quyidagicha ko’rinishlari mavjud:
1. Atrofdagi bor imkoniyatlarni diqqat bilan kuzatish biznesda duch kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni xam kuzatish
2. Biznesda muvofaqqiyatga olib boruvchi omillar kalitini aniqlash
3. Atrofdagi raqobatni tahlil qilish.
4. Strategik imkoniyatlarni xisoblash va muqobil strategiyani tanlash
5. Rejadagi ishlarni amaliy xarakatda qo’llash1.
Demak, bunday jarayon natijalari aks ettiriladigan hujjat reja yoki bizns-reja bo’lib hisoblanadi.
Reja - bu mo’ljallangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan o’zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar, ishlar, vazifalar va ularni bajarish tartibi, izchilligi, muddatlari, sarf-harajatlari batafsil aniqlangan va aks ettirilgan hujjatdir.
Rejalashtirish boshqaruv va xo’jalik qarorlari qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida tadbirkorlik faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari. tadbirkorlik muhitidagi o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni ro’yobga chiqarish uchun kerakli resurslar aniqlanadi. Tadbirkorlikda rejalashtirishning zaruriyati va ahamiyati quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi:

  • tadbirkorlik g’oyasi va ishini yaxshiroq tushunish va aniqroq
    tasavvur etish;

  • tadbirkorlik g’oyasini ro’yobga chiqarishga ishonch hosil qilish;

  • ishning istiqbolini aniqlash va prognoz qilish;

  • -maqsadlarni aniq ifodalash. shakllantirish. qo’yish;

  • maqsadga erishish yo’llarini aniqlash. baholash. tanlash;

  • maqsadga erishish uchun kerakli resurslar va ulaming manbalarini aniqlash;

  • resurslarni samarali taqsimlash va yo’naltirish;

  • mashul xodimlarga aniq vazifalar qo’yish;

  • ish jarayonida uchrashi mumkin bo’lgan xavf-xatarlami oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash;

  • tadbirkorlik strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish; -olinadigan foydani samarali yo’naltirish va ishlatish;

  • ishning borishini nazorat qilib borish;

  • tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish.

Bozor iqtisodiyoti rivojianib borgan sari rejalashtirishning ahamiyati ortib, zaruriyati sezilib boradi.
Rejalashtirish tadbirkorlik faoliyati istiqbollarini chuqurroq o’rganish, qo’yilgan maqsadga erishishda kuch-g’ayratni muvofiqlashtirish va aniq yo’naltirish, ishni bo­rishini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni aniqlash, bozordagi kutilmagan o’zgarishlarga tayyor bo’lish rahbarlar va xodimlarning majburiyatlari va mashuliyatlarini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Bizne-reja tadbirkor uchun faoliyatining strategik yo’nalishlari va maqsadlari, ularni ro’yobga chiqarish shart-sharoitlari va muddatlarini belgilash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Ayni paytda, u tadbirkorning kundalik va moliya-xo’jalik faoliyati asosini tashkil etadi va faoliyat natijalarini muntazam nazorat qilib borish uchun muhim rol o’ynaydi. Tuzilgan rejalar esa xodimlar uchun tadbirkorlik faoliyatining boshlang’ich nuqtasi, rejalashtirish va ijrochilik intizomi uchun bazis bo’lib xizmat qiladi. Rejalashtirish tadbirkorga, korxona rahbariyatiga marketing, moliya, menejment (boshqarish) sohalarida strategiyaning variantlarini shakllantirish va sinab ko’rish, asosiy prognozlarning oqibatlarini tahlil qilish imkonini beradi.
Rejalashtirish jarayoni tadbirkor va uning xodimlarini mazkur ish­ning raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi aniq sharoitlar va omillarni tahlil qilishga majbur etadi. Natijada bizne-reja tuzishda ishtirok etuv­chi tadbirkor va xodimlarga har tomonlama takomillashib borish va boshqarish strategiyasini shakllantirish imkoniyatini beradi va shunday qilishga undaydi. "

Download 162.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling