Tadbirkorlikda biznes-reja tuzishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tadbirkor imkoniyatlarini va bozor talabiga mos ravishda uning xo’jalik faoliyatini yaqin va uzoq muddatlarga rejalashtrish;
ko’zda tutilgan natijalarga erishishning reallik darajasini aniqlash;
ma’lum shaxslar doirasiga yangi ishni tashkil etish yoki mavjud ishni qayta tashkil etishning maqsadga muvofiqligini isbotlab berish;
mavjud yoki bo’lajak xodimlarni mo’ljallangan ko’rsatkichlarga erishish mumkinligiga ishontirish.
Bizne-reja tashqi foydalanuvchilar uchun ham muhim hujjat hisoblanadi. Ular tadbirkorning biznes-rejasi bilan tanishib. ishning istiqbolli, tadbirkorning esa ishonchli ekanligini baholashlari va undan so’ng bir qarorga kelishlari mumkin. SHuning uchun ularning tadbirkorni moliyaviy va strategik qo’llab-quvvatlash bo’yicha qarorlari bizne-reja va uning tayyorlanishiga ham bog’liqdir.
Kreditorlar, investorlar, hamkorlar uchun bizne-reja quyidagi aniq maqsadlarga xizmat qiladi:
biznes (ish,g’oya)ning realligi va istiqbolligiga ishonch hosil qi-
lish;
mazkur ishdan manfaat ko’rishga ishontirish;
beriladigan (qo’yiladigan) mablag’lar nima uchun va qanday ishlatilishini aniq bilish;
kreditlarning qaytarilishiga ishontirish;
kreditlarning qachon va qanday qaytarilishini bilish;
tadbirkorning ishonchli hamkor ekanligini tushunish.
Tadbirkorlikda biznes- rejaning funktsiyalari quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish-faoliyatini samarali amalga oshirish va yangi yo’nalishlarni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash, kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish, natijalarni aniqlash va tahlil qilish;
Tadbirkorlik strategiyasini ishlab chiqish bazasini yaratish - tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kerakli resurslar bilan ta’minlash, amalga oshirish, yangi yo’nalishlarni aniqlash, tashkil etish, boshqarish va hokazolar.
Pul mablag’larini jalb qilish;
Ishga o’z sarmoyasi yoki texnologiyasi bilan ishtirok etishni istaydigan hamkorlarni jalb etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |