Maxsus vazirligi toshkent moliya instituti
Biznes-rejaning asosiy va umumiy
Download 162.5 Kb.
|
Manfaat biznes
Biznes-rejaning asosiy va umumiy vazifasi tadbirkorlik faoliyati va uning istiqbolini aniq, asosli, yaxlit tarzda ifodalab berish hisoblanadi. SHuning bilan birga, uning alohida vazifalari ham mavjud. Ular quyidagilar:
tadbirkorlik faoliyatining aniq sohalari va yo’nalishlari, mo’ljallangan bozori va unda tadbirkorning o’rnini aniqlash; tadbirkorlik faoliyatining uzoq va qisqa muddatlardagi maqsadlari, ularga erishish strategiyasi, taktikasi va mashul xodimlarni belgilash; ishlab chiqarilishi ko’zda tutilgan tovarlar (xizmatlar)ni tanlash, ularning turlari va ko’rsatkichlarini baholash; mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash va baholash; o’ylangan ishni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan resurslar va shart-sharoitlarni aniqlash, ular bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash; marketing va menejment sohasida kompleks tadbirlarni belgilash; kelajakda uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy ta’sirini pasaytirish choralarini ko’rish; hamkorlar topishga ko’maklashish ularni mazkur ishga qiziqtirish va unga ishtirok etishga ko’ndirish. Biznes-reja tuzishga ham uning tarkibi, strukturasi ham tadbirkorlik faoliyatining xususiyatlari va rejaning maqsadlari, kreditorlar, investorlar, hamkorlarning shaxsiy talablariga muvofiq har xil bo’lishi mumkin. Bundan tashqari biznes-reja ichki foydalanuvchi va xodimlar yoki tashqi foydalanuvchi kreditorlar, investorlar, hamkorlarga mo’ljallanishiga qarab ham farq qiladi. Ammo biznes rejaning shakli va tuzilishidan qathiy nazar unda aks ettiriladigan shunday masalalar borki, ular har qanday biznes rejada bo’lishi shart. Bunda masalalar biznes rejaning asosiy mazmunini tashkil etadi va ularga quyidagilar kiradi: tadbirkor qanday ish bilan shug’ullanadi? uning maqsadi nima? belgilangan maqsadga erishish uchun qanday strategiya va taktika tanlab olinadi? tadbirkorlik faoliyati uchun qancha moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar kerak? ulardan qancha muddatga va qanday foydalaniladi? chetdan olingan qarzlar va investitsiyalar qachon va qanday qaytariladi? Download 162.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling