Maysaraning ishi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
ARIMS0615
- Bu sahifa navigatsiya:
- ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 63 Foydalanilgan adabiyotlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference 62 qorong’u, shodlik qo’shiq menga nasib etmadi, yonimda erim yo’q, mayli menga ham baxt ato qilar” deb qayg’urib kuylaydi. Maysaraning mazkur o’zbek xalq ashula uslubida yozilgan katta ariyasi, 26 taktli kirish orkestr sadosi bilan boshlanadi, temp harakati Allegro con brio – dan Moderato, dan 6/8 larga o’tib ariya rivojlanadi va birinchi pardani finalga olib keladi. Operaning birinchi pardasi final qismi Allegro con spirit(G-dur) juda tez harakatli marshsimon musiqa sodolari bilan boshlanadi va shu tempo – ritm finalni oxiriga qadar saqlanadi. Maysara, Mulla Do’st, Hoji darg’alar bilan sahnada sodir bo’layotgan voqeda ikkita ommaviy xor ishtirok etadi. Tez harakat musiqa sadosi fonida hayajonlangan Mulla Do’stga bozorga borib Cho’pon aliga xabar berishni iltimos qiladi. Maysara o’zi suppada namoz ibodatini bajo qilib turadi. Hoji darg’a boshliq mirshablar grotest bilan xor aytib , hovliga atrof – tarafdan bostirib kiradi. Ular Oyxon bilan Cho’pon Alini izlaydilar, topolmaydilar deb aytishadi. Mana ko’rib turubmizki “Maysaraning ishi” hajviy operasining tahlili shuni ko’rsatadiki, operani adabiy mazmuniga kiritilgan barcha qahramonlar xarakterlariga xos musiqiy til – iboralari, garmonik – polifonik vositalar bilan boyitib va shakl – janrlarini kompazitor aniq va mohirlik bilan qo’llagani musiqiy daraturgiyasida yaqqol namoyon bo’ladi. Musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida yakka ovoz, ariya, qo’shiq, laparlar bilan ommaviy xor, ayniqsa vokal – ansambllar: duet, tertset, kvartet va kvintetlar muhim ro’l o’ynaydi. Kampazitor Sulaymon Yudakov operada o’zbek xalq musiqasidan iqtibos, kiritmay faqat kuy – ohangi va usul doirasi bilan cheklanadi. Ya’ni xalq qo’shiq, ashula, yalla, lapar kabi lanrlarning xususiyatlaridan, mukammal ravishda foydalangan. Kuylarni obrazli tuzilmasi tiniq oddiy va ta’sirchan ohanglarni zamini asosan major yoki minor ladlar, garmonik funksiyalari soda akkordlar bilan boyitilgan. Shular sababli opera xalqchiligi, asl hajviyligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi va tomashabinni juda ham qiziqtirib, Maysaraxonning aql – zakovatli ishi girdobiga olib kiradi. Asar tomashabinlarga juda manzur keldi.[1] O’zbekistonda Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’istonda Opera san’ati va baxshichilik san’atiga juda katta e’tibor qaratildi.O’zbekiston respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev bergan nutqlarida Opera va baxshichilik maktab internati ushbu an’anani davom ettirish yosh avlodga yetkazishga xizmat qiladi. Mazkur ixtisoslashtirilgan ta’lim maskani shu oyda ishga tushurildi. Muassasa 150o’ringa mo’ljallangan bo’lib, unga 9 sinfni bitirgan o’quvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Hozirda 30 nafar o’g’il – qiz o’qishni boshladi.[3] ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 63 Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A. Jabbarov, S.Begmatov, M.Azamova “O’zbek musiqasi tarixi” Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. Toshkent - 2018. 2.O’zbekiston San’ati (1991 – 2001 ) yillar. “Sharq nashiryoti”, Toshkent – 2001. 3.O’zbekiston Respublikasi Hukumat portal (2001 – 2023) UZINFOCOM. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling