Mazkur holat yuzasidan: Tadbirkorlik faoliyatini, uning o`ziga xos elementlarini yoritgan holda, ilmiy-huquqiy tahlil qilib bering Tadbirkorlikni davlat ro`yxatidan o`tkazishning ahamiyati nimada?
Download 30.37 Kb.
|
Uchinchidan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun nazarda tutilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi, ishtirokchilari soni kamida uch nafar bo‘lishi belgilab qo’yilgan. O da esa 4 shogird va hodimlar mavjud edi. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, O o’zini o’zi band qilganlar ro’yxatiga kirgan taqdirda ham uning faoliyati qonuniy bo’lmas ekan. Endi qonunchiligimizga noqonuniy tadbirkorlik bilan shug’ullanganlik uchun javobgarlik bormi? Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish davomida juda ko’p miqdorda nazorat qilib bo’lmaydigan daromadlarga ega bo’lsa JKning 188- moddasiga binoan javobgarlikka tortiladi. Jamilovga keladigan bo’lsak, u bu faoliyat orqali juda ko’p miqdorda boyib daromad olmagan. Shuning uchun unga bu modda taalluqli emas.
Yuqoridagilarga asoslanib shunki ayta olamanki, 1) Jamilov o’zini o’zi band qilgan shaxslar doirasiga kirmaydi. 2) O yakka tartibdagi tadbirkor bo’ladi. 3) Jamilov davlat ro’yxatidan o’tishi kerak. Davlat ro’yxatidan o’tkazish juda ahamiyatli bo’lib, davlat ro’yxatidan o’tmagan taqdirda bu faoliyat orqali ancha miqdorda daromad olgan bo’lsa, u holda JK 188- moddasiga asosan tegishli tartibda javobgar bo’lishi turgan gap. O’zini o’zi band qilishda esa belgilangan norma va qoidalarga asosan ish ko’rilsa davlat uni yetarli darajada ta’minlab beradi. Yo’qsa uning faoliyati to’xtatilishi yoki u faoliyat bilan shug’ullanish taqiqlanishi mumkin. Jamilov esa o’zining faoliyatini tegishli tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazishi, bu orqali huquq va qonuniy manfaatlarini yuzaga keltiradi. Ayni shu vaziyatda Jamilov o’z huquqiy faoliyati ro’yxatdan o’tkazmaganligi bois MJTK ning 176 -modda 1 – qismi bilan tegishli tartibda javobgar hisoblanadi. Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi. ( MJTK 176-modda 4-qism.) Gar O davlat ro’yxatidan o’tib, soliq va boshqa majburiy to’lovlarni amalga oshirsa u javobgar bo’lmasligi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori https://lex.uz/docs/-4849607 Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori https://lex.uz/docs/-3063485 Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida https://lex.uz/docs/-31846 Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida https://lex.uz/acts/-3063485 Download 30.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling