nizom”i kabi qonunchilik hujjatlari mavjud. Ushbu “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom” ga ko’ra tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan shaxs yuridik shaxs bo’lmasa yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tishi belgilab qo’yilgan. Yuqoridagi kazusda esa shaxsga ro’yxatdan o’tishi kerakligi aytilganda, shaxs men tadbirkor emas, o’zini- o’zi band qilgan shaxsman deb aytgan. Endi esa “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qaroriga yuzlanib uning keltirgan vaji asosli yoki asossiz ekanini korib chiqamiz. Ushbu qarorda O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro’yxati keltirib o’tilgan.
U ro’yxatda Jamilov Oybekning faoliyatiga mos shu kabilar bor ekan. Lekin aynan uy- ro’zg’or uchun mahsulot yasash degan bo’limi yo’q ekan. Shu yuqoridagilar yog’och bilan bog’liq bo’lganligi uchun uni o’zini- o’zi band qilgan fuqarolar ro’yxatiga kiritdik. Ammo Jamilov. O o’zini- o’zi band qilish normalariga amal qilmagan. Birinchidan O o’zini- o’zi band qilganlik haqida ro’yxatga olish uchun xabar bermagan ya’ni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tmagan. Ikkinchidan o’zini o‘zi band qilgan shaxslar yollanma ishchilar, hodimlarni jalb qila olmasligi. Jamilov esa shogird va hodimlarga egaligi bizga ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |