davlat ro’yxatidan o’tishdir. Chunki keyingi majburiyat va huquqlar davlat ro’yxatidan o’tgandan keyingina vujudga keladi.
Yuqoridagi kazusdan anglashilyaptiki, hunarmand davlat ro’yxatidan o’tmay tadbirkorlik faoliyatini olib borgan. Davlat ro’yxatidan o’kazish qanchalik ahamiyatliligini esa quyida tahlil etamiz.
Davlat ro’yxatidan o’tkazish nega kerak? U qanday asoslarga ko’ra amalga oshiriladi?
Qonunning 2- bobi bevosita tadbirkorlik faoliyatining erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Erkinliklar ta’minlanishi, huquqlar kafolatlanishi uchun esa tadbirkorlik subyekti ham qonunga asosan davlat ro’yhatidan o’tishi va shu orqali faoliyatining qonuniyligini ta’minlashi mumkin. Yurtimizda tadbirkorlik faoliyati uchun keng ko’lamli imkoniyatlar yaratib berilyapti. Bu imkoniyatlardan to’la foydalanish uchun esa tegishli asoslarga ko’ra ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatini ro’yhatdan o’tkazish 13- moddasida qayd etilgan. Unga ko’ra tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi bo‘yicha va qoida tariqasida xabardor qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bu moddadan tushunish mumkinki, tadbirkorlarga qulaylik tug’dirish maqsadida “bir darcha” tamoyili ishlab chiqilgan. ushbu moddaning ikkinchi qismida esa tadbirkorlarning huquqlari yanada himoya etilgan. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas. Davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Do'stlaringiz bilan baham: |