Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering
Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering
Download 26.56 Kb.
|
advakatura
Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.
Yuqoridagi kazusga huquqiy baho berishdan avval muammolarni aniqlab olishimiz lozim. demak muammolar quydagilar: 1. Fuqarolik ishlarida advokat ishtiroki qanday va bu qanday amalga oshiriladi? 2. Advokatlik so’rovi qay tartibda yuboriladi? 3. Iltimosnomani e’tiborsiz qoldirish o’rinlimi? 4. Yuristkonsult va sudya bir joyda o’qigani ishga ta’sir etadimi? Advokat – butun dunyoda, shu jumladan bizning mamlakatimizda ommaviy kasbdir. Adliya vazirligining rasmiy sayti va ochiq ma’lumotlar portali ma’lumotlariga koʻra, Toshkent shahrining oʻzida 1770 nafar advokatlar va 600dan ortiq tuzilmalari faoliyat yuritayotganligini ko’rishimiz mumkin. Tan olish kerak, orada advokatlik tuzilmalari ushbu yoʻnalishda yaxshi natijalarga erisha olmadi. Advokatlar palatasining advokatura instituti himoyachisi sifatidagi roli pasayib ketdi. Ayni chogʻda tergov va sud organlarida advokatlarning shikoyatlarini koʻrib chiqishda turli toʻsiqlar kelib chiqqani, bilim, tajriba yetishmasligidan advokatlar tomonidan qonunbuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani ham bor gap. Bu fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgandi. Bu advokatura institutini yanada takomillashtirishni taqozo etardi. Binobarin, 2018 yil 4 aprelda Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi Unga asosan, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddasiga kiritilgan yangi norma asosida himoyachi jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etishga haqliligi, bu dadillar jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyilishi, tergov va sud organlari tomonidan majburiy baholanishi tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 67-moddasiga asosan ishonch bildiruvchi o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha sudda ish yuritishni shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Advokatlar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘lishi mumkin. Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin1. “Advokatura to’g’risida”gi qonunning 3-moddasiga binoan: Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin. Ushbu qonunning 6-moddasiga asosan advokatning huquqlari quydagilardan iborat: Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling