Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering


Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering


Download 26.56 Kb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi26.56 Kb.
#232262
1   2   3   4
Bog'liq
advakatura

Mazkur holatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra tahlil qilgan holda huquqiy baho bering.

Yuqoridagi kazusda dastlab muammolarni aniqlab olamiz.

1. Advokatlik maqomini olish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?

2. Azizovning shikoyatlari o’rinlimi?

“Advokatura to’g’risida”gi qonunning 31-moddasida Advokat maqomiga ega bo’lish tartibi keltirib o’tilgan. Unga ko’ra litsenziya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida berilishi aytib o’tilgan. Litsenziya olish uchun talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lishi, advokatlik tuzilmasida kamida uch oy stajirovka o’tashi belgilab qo’yilgan. Shuningdek, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga ega bo‘lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o‘tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.

Bu yerda fuqaro Azizov litsenziya olishga talabgor shaxs sifatida ariza topshirishi mumkin. U advokatlik tuzilmasida uch oy stajirovka o’tasi shart emas, chunki u 3 yil sudya sifatida ish yuritgan. Yuqoridagi asoslarga ko’ra Azizov malaka imtihoniga ishtirok etishga haqli.

Endi bevosita ikkinchi savolga o’tamiz. Malaka imtihoni Adliya vaziring “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risida” nizomda o’z tasdig’ini topgan. unga ko’ra: malaka imtihoni zarur hujjatlarni qabul qilingandan so’ng 1 oy ichida o’tkaziladi. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, og‘zaki va yozma shakllarda o‘tkaziladi. Talabgorga 1 soat vaqt beriladi.

Talabgor quydagi tartibda baholanadi: baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun malaka komissiyasi a’zolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi. Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun talabgor to‘plagan ball malaka imtihonida olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 60 foizidan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu nizomning 10-bandida malaka komissiyasining a’zosi bo‘lgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish ko‘rib chiqilishi yoki malaka komissiyasi a’zosidan malaka imtihoni va advokat qasamyodi qabul qilinayotganda ular malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.

Komissiya a’zosi, agar u:

komissiya majlisi ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha talabgor, advokat va boshqa manfaatdor shaxs malaka komissiyasi a’zosining yaqin qarindoshi bo‘lsa;

komissiya majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, komissiya majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.

Endi bevosita fuqaro Azizov imtihondan o’tolmagan va Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Bu haqida Adliya vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida” nizomi mavjud. Unga ko’ra Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyasi qarorida norozi bo’lgan tomonning shikoyatlari bilan shug’illanadi.

Komissiya tomonidan shikoyatlar kelib tushganidan so’ng 1 oy ichida ko’rib chiqiladi. Shikoyat oʻz ichiga shikoyat bergan manfaatdor shaxsning vajlari, uning fikricha, malaka komissiyasi qarorining notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi va uning iltimosi mazmunini olishi kerak.

Ushbu nizomning 28-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;

talabgor tomonidan malaka imtihonida berilgan javoblarni baholashda malaka komissiyasi tomonidan xolislik va begʻarazlik taʼminlanmagan hollarda qabul qilinadi.

Oliy malaka komissiyasi malaka komissiyasining talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha qarorini bekor qilish bilan bir vaqtda oʻz qarori bilan talabgorni malaka imtihonini takroriy topshirish uchun tegishli malaka komissiyasiga yuboradi yoki mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda talabgordan malaka imtihonini qabul qiladi va uning malaka imtihonini takroriy topshirishi natijalari boʻyicha tegishli qaror chiqaradi.



Kazus bo’yicha umumiy xulosa qiladigan bo’lsak, fuqaro Azizovning shikoyatlari o’rinli. Unga nisbatan adolatsizlik qilingan. Oliy malaka komissiyasi Toshkent viloyati advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarorini bekor qilib, qayta imtihon tashkil qilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi

2. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi

Download 26.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling