Mazkur ishda qo`yilgan maqsadga erish uchun quyidagi vazifalar bajarildi


Download 1.43 Mb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1564268
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi (2)


Kirish
Yorug’likning molekulyar sochilishi o`rganish hozirgi vaqtda fizikaga oid tadqiqotlatlarda asosiy muammolaridan biri bo`lib, nazariy va amaliy izlanishlarda modda strukturasi va kinetik xususiyatlari va ayrim hollarda noyob ma’lumotlar olishga imkon beradi. Chunki sochilgan yorug’likning spektral tarkibi o`rganilinayotganda turli termodinamik fluktuasiyalar dinamikasi bilan aniqlanadi. Ushbu usulning qimmatli axamiyati shundaki, uyg’otuvchi nurlanishning kichik intensivligida bu fluktuasiyalar bilan o’zaro ta’sirlashayotgan yorug’lik tomonidan muxitga ko’rsatayotgan sezilarli g’alayonlanishini bartaraf etadi.
Yorug’likning molekulyar sochilishini spektroskopiyasi usuli bilan kritik holat va maxsus nuqtalar yaqinida eksperimental tadqiqotlar kuchli fluktuasiyali suyuqliklarning nazariy tassavurlarini hosil qilish uchun fenomenologik (noyob) asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda bunday tadqiqotlar nazariy bashorat va xulosalarni tekshirishni xamda kritik xolati sohasida optik va akustik hodisalar uchun umumlashtirish imkonini beradi.
Ushbu kurs ishida tahlil qilingan noelektrolitlarning suv eritmalarida yorug’likning molekulyar sochilishining spektrlari tadqiq etilgan. Unda eritmada gipertovushning tarqalish tezligining temperatura va konsentratsiyaga bog`liqligi natijalari qarab chiqilgan. Olingan natijalar eritmalar ideal bo`lmay balki chetlanishlar mavjudligi nuqtai nazaridan muhokama etilgan. Chunki biz tanlagan eritmada mikroqatlamlanishning yuqori va pastki etib bo`lmas nuqtalari mavjuddir.
Mazkur ishda qo`yilgan maqsadga erish uchun quyidagi vazifalar bajarildi:

  1. Noelektrolitlarda yuqori chastotali tovush (Gipertovush) tarqalishiga doir tadqiq etishga qaratilgan ekspеrimеntal tadqiqot natijalari va zamonaviy nazariy yonadashuvlar bo`yicha adabiyotlarda mavjud ma'lumotlar tahlil etildi.;

  2. Elektrolit bo`lmagan suvli eritmalarda gipertovushning tarqalish tezligini konsentratsiya va temperaturaga bog`liqligini o`lchash uchun yorug’likning Releycha sochilish nozik strukturasi spektri mеtodini o`rganildi;




Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling