Mazkur ishda qo`yilgan maqsadga erish uchun quyidagi vazifalar bajarildi


-rasm. Optik jixatdan toza bo`lgan suyuqlikni tayyorlashda ishlatiladigan sistemaning umumiy ko`rinishi


Download 1.43 Mb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1564268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi (2)

8-rasm. Optik jixatdan toza bo`lgan suyuqlikni tayyorlashda ishlatiladigan sistemaning umumiy ko`rinishi.


Tasodifiy xatolik
Tasodifiy xatolikning manbayi bu spektrlarni ayrim notekis yozilganidir. Bizning tajribamizda chiziqli dispirsiya interferometr dispirsiyasi 0.625 1/sm qilib foydalanganimizda 0.002sm/mm ga teng bo`ladi. 0.5mm xatolik MBK kengligi o`lchov o`tkazganimizda aniqlanmagan tenglik +-0.001 1/sm bo`ladi.
Bu kattalik MBK kengligiga bog`liq bu esa 1% dan 10% bo`ladi. Bu xatolik MBK kengligining haqiqiy aniqlanganidir. Agar zonani kamaytirsak interferometr dispirsiyasi xatoligi kamayadi. Aniqlikni oshirish uchun o`lchash har seriyada o`lchanib eng kamida 6 marotaba interfogrammada yozib olinadi Oxirgi natija barcha spektrogramma o`lchovlarining qiymati qabul qilingan.
7 Suvli eritmalarda olib borilgan bir qator ilmiy tadqiqotlarning qisqacha sharhi
Turli xil metodlar orqali elektrolit bo`lmagan suvli eritmalarni intensiv ravishda tadqiq etilganda, bu eritmalarlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o`rganish imkonini beradi. Bir qarashda esa ularning tabiatini to`g`ridan-to`g`ri kuzatganda esa bunday jarayonlar yo`qdek tuyuladi. Yorug`likning molekulyar sochilishi spektrlari yordamida suvli eritmalarning strukturalari va molekulalararo o`zaro ta’sir kuchlari xususiyatlari kabi qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda metilperidin va spirtlarning suvdagi eritmalari juda ham ko`p o`rganilgan. Yorug`likning molekulyar sochilishi intensivligining konsentratsiyaga bog`liqligi o`rganilganda, spirtning suvdagi eritmasida ikkita maksimum mavjudligi aniqlangan. Ularning birinchi maksimumi noelektrolitning x<0.1 mol qismli (m.q) konsentratsiya intervalida yotsa, konsentratsiyaning ikkinchi maksimumi esa birinchi konsentratsiyaga nisbatan uch marotaba katta bo`ladi. [И.А. Чабан, М.Н. Родникова, В.В. Жакова, Биофизика 41(2), 293 (1996].
Konsentratsiyaning birinchi maksimumining tabiati shundaki, yorug`likning molekulyar sochilishi integral intensivligi bog`langan bo`lib, klatratga o`xshagan strukturada sochilishi bo`lsa, ikkinchi maksimum esa konsentratsiya fluktuatsiya tufayli sochilishda yuzaga keladi. Metilpiridinning suvdagi eritmalarida, spirtning suvdagi eritmasidan farqli ravishda yorug`likning molekulyar sochilishi integral intensivligining konsentratsiyaga bog`liqligida bitta maksimum bor va u 4 metilpiridinning suvdagi eritmasining x=0.060.08 m.q. konsentratsiyasida kuzatiladi. Bu maksimumning tabiati eritmaning maxsus nuqtasi mavjudliligi bilan bog`langan bo`lib u temperaturaning t0=7080 0C oralig`ida bo`ladi.
Bizga ma’lum bo`lgan maxsus nuqtaning tabiati shuni ko`rsatadiki, agar metilpiridinning suvdagi eritmasiga tuz qo`shilsa maxsus nuqtada ikkilangan kritik nuqta transformatsiyalashadi (bir holatdan keyingi holatga), keyinchalik tuz konsentratsiyasi oshishi bilan eritmaning yopiq qatlamlanish sohasi paydo bo`ladi.
K.V. Kavalenko, S.B. Krivoxija, I.A. Chaban, L.L.Chaykovlar gvoyakol-glitseren eritmasining yopiq qatlamlanish sohasi yaqinida gipertovush so`nishi va tezligini tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, eritma maxsus nuqtasida gipertovushning temperaturaviy koeffisiyenti maxsus nuqta temperaturasining har ikki tomonida ham o`zgarmay qoladi. L.M. Sabirov, T.M. Utarovalar 3-mettilpiridinning suvdagi eritmasida gipertovushning tarqalisini keng chastota va temperatruralar intervalida tadqiq qildi. Unga ko`ra eritmaning maxsus nuqtasi kichik temperaturalarda ko`proq nomoyon bo`ladi. Xuddi shuningdek, uchlangan butil spirtining suvdagi eritmalarida olib borilgan tadqiqotlarda xam shu jarayonlarni kuzatish mumkin.
Shunday qilib, biz olib borgan tadqiqotlardan shunday xulosalar qilish mumkinki, noelektrolitlarning suvdagi eritmasida strukturaviy fazaviy o`tishlar kuzatiladi va u yorug`likning molekulyar sochilishi integral intensivligining konsentratsiyaga bog`liqligida kuzatilgan maksimumlar soniga bog`liq bo`lmaydi shuningdek eritmaning maxsus nuqtasining mavjudligiga (yoki yo`qligi) ham.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling