Mazkur masala yuzasidan maktab o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari T
Download 16.73 Kb.
|
PISA bayonnomasi
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 53-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi trenerlari tomonidan viloyat XT boshlig‘i tomonidan 2020 yil,17-mart kuni tasdiqlangan PISA tadqiqotiga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tasdiqlangan NAZORAT REJASIda belgilangan hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining va Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 8-maydagi 17-sonli,23-kk qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan YO‘RIQNOMA bilan jamoani ZOOM dasturi orqali tanishtirilganligi haqidagi B A Y O N N O M A S I . 2020 -yil, 18-may kuni Chortoq tumanidagi 53-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyat XTB boshlig‘i tomonidan 2020 yil,17-mart kuni tasdiqlangan PISA tadqiqotiga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tasdiqlangan NAZORAT REJASIda belgilangan hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining va Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 8-maydagi 17-sonli,23-kk qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan YO‘RIQNOMA bilan jamoani ZOOM dasturi orqali tanishtirildi.Videokonferensiyada mazkur mavzuda maktab direktori N.Usmanova maktabimizni “Xalq ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko`rishga yo`naltirilgan tayanch maktabi sifatida tanlanganligi jamoamizga alohida mas`uliyat yuklashi haqida to`xtalib o`tdi va har bir pedagog xalqaro tadqiqotlar PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS haqida bilimlarini muntazam oshirib borishlari haqida tushuntirib o`tdi. Mazkur masala yuzasidan maktab o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari T. Hakimov yuqoridagi tadqiqotlarfa tayyorgarlik ko`rish bo`yicha o`qish , matematika va tabiiy fanlar hamda boshlang`ich sinf o`qituvchilariga alohida vazifalar belgilab berdi. Shu masala yuzasidan matematika o`qituvchisi Yo`ldasheva Sayyora , fizika o`qituvchisi Boymirzayeva Zuhraxon , biologiya o`qituvchisi Mamatova Lazokat , boshlang`ich sinf o`qituvchisi Murodillayeva Gulnozalar tadqiqotlarga tayyorgarlik bo`yicha tayyorlagan taqdimotlarini namoyish etishdi.Taqdimotlarda o`quvchi bilim sifatini aniqlashga doir turli xil masalalar va ularni yechimlari ko`rsatildi. Informatika fani oqituvchisi Qirg`izov Nuriddin mazkur masala yuzasidan o`z fikr mulohazalarini bildirdi.Matematika fanidan trener- o`qituvchi Mirzomiddinov Tojiddin PISA testlaridan namunalar ko`rsatdi.Konferensiya so`nggida maktab direktori N.Usmanova yuqoridagi o`qituvchilarni taqdimotlarini maktabimizga biriktirilgan maktablar o`qituvchilariga ZOOM dasturi orqali videokonferensiya tashkil etib taqdimotlarni namopyish etish vazifasini belgilab berdi.Videokonferensiya orqali berilgan ma`lumotlardan so`ng maktab o`qituvchilari xalqaro tadqiqotlar haqida yanada bilimlarini oshirishlari lozimligi haqida to`xtalib , tajribali o`qituvchilar O. Hamidov , F. Inomboyev va G. Toshbayevalar o`z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Maktab direktori : N. Usmanova Yig`ilish kotibi : M . Boltaboyeva Download 16.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling