N. T. Sobirova Kotiba: R. S. Mamatova Qаtnаshdilаr
Download 18.15 Kb.
|
3 sonli bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TАRTIBI
- Yuqoridagilarni tinglab, yig`ilish qaror qiladi
- Yig`ilish raisi
Ohangaron tumani Хаlq tа’limi bo`limiga qаrаshli 52-umumiy o`rtа tа’lim mаktаbi MA’NAVIYAT SOATI BАYONNОMАSI: № 3 20.01.2023 yil 52-mаktаb Yig`ilish raisi: N.T.Sobirova Kotiba: R.S.Mamatova Qаtnаshdilаr: MMIBD o`rinbosarlari R.S.Mamatova va B.A.Sayfullayev, O`IBD o`rinbosarlari N.A.Turolova va G.Abdurasulova, ruhshunos K.Haydarova, ChQBT rahbari vа 61 nаfаr o`qituvchi-хоdimlаr. Jаmi: 69 nаfаr KUN TАRTIBI “ Inson qadrini ulug‘lash-yurtimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklari qonuniy manfaatlarini ta’ minlash demakdir” ESHITILDI: Ushbu masala yuzasidan : MMIBDO‘:B.A.Sayfullayev so`zga chiqib, Ushbu oyati karimada Alloh taolo bandalarini dunyo hayotiga behuda yaratmaganini, dunyoda qilgan amalining natijasi mukofat yoki jazo bo‘lishini va O‘ziga qaytarilishlarining xabarini bermoqda. Avvalo har bir inson, Alloh uni ikrom etgan insoniyligini va ahamiyatligini idrok etmoqligi muhimdir. Shu bilan u barcha harakatlarini, fahmi-idrokini yaratgan Robbisi uchun go‘zal tarzda ado etadi. Xalqimiz aytganidek: “Kim o‘z qadrini bilmas ekan, o‘zgalar qadrini xech xam bilmas”. Darhaqat, inson o‘z qadrini bilishi uchun ma'rifat sohibi bo‘lishi kerak. Ma'rifatli bo‘lishi uchun esa ko‘proq kitob mutolaa qilishi, ajdodlarimizdan qolgan boy meroslarni hurmat qilishi lozimdir!Inson qadri muqaddasdir. Shu bilan birga nozik xilqat sohibi hamdir. Chunki u yaratilgan barcha maxluqotlar ichida azizu mukarramidir. Uning qadri – sha'ni va obro‘sidir!Inson o‘z qadriga nomunosib ishni o‘ziga ravo ko‘rmasligi va o‘z qadriga noloyiq holatlarga rozi bo‘lmasligi kerak. Shunday holatlardan biri turli-hil mish-mishlarga ishonish va unga ergashishdir. Alloh taolo qur'oni karimda:“Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!”, deb marhamat qilgan. (Hujurot surasi, 6-oyat). Haqiqatdan ham inson aniqlamasdan eshitgan narsasiga ergashishi kishilar o‘rtasidagi munosabatni izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Eng yomoni sinovli kunlarda mish-mish, dedi-dedi gaplar olomonning qalbiga vahimani solib qo‘yadi. Bu holat esa musulmon kishini iymoniga putur yetkazadi.Mug‘ira ibn Shu'ba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo onalaringizga oq bo‘lishni, qizlarni tiriklayin yerga ko‘mishni harom qilib, mumsik (zakot va ushr kabi zimmaga vojib bo‘lgan narsalarda baxil) bo‘lish va tama(olishga haqli bo‘lmagan narsani talab)qilishdan qaytardi. Shuningdek, mish-mish gaplar tarqatish, ko‘p savol berish va mol-dunyoni behuda sarf qilish kabi ishlarni yomon ko‘radi”, dedilar(Imom Buxoriy rivoyati).Hayot – imtihondan iborat. Shunday ekan inson biror muammoga yo‘liqqan paytda murojaat qiladigan narsa Qur'oni karim va Payg‘ambarimiz alayhi vasallamning muborak hadislari bo‘lishi kerak.Bir hadisda: “Eshitgan narsasini gapiraverishi, kishininig gunohkor bo‘lishiga kifoya”(Imom Muslim rivoyati), deyilgan.Ayniqsa, rizq masalasida musulmon kishi tavakkulni o‘ziga lozim tutishi iymonining alomatidir. Bozorda falon narsa arzon yoki qimmat bo‘lar ekan deyilsa, eshitganini bilmagan holda boshqalarga tarqatish ham yomon ko‘rilgan ishlardan hisoblanadi. Qur'ni karimda:“(Ey inson!) O‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z, dilning har biri to‘g‘risida (har bir inson) mas'ul bo‘lur (javob berur)” (Isro surasi, 36-oyat), deyilgan. Shu o‘rinda bir rivoyat keltiraman:Bir savdogar donishmand huzuriga kelib, o‘zining og‘ir ahvolidan shikoyat qildi: “Shaharda menga raqobatchi paydo bo‘ldi. Mollari xilma-xil, narxi arzon. Mijozlarim meni tark etishyapti. Bu ahvolda kasodga uchrashim mumkin. Ey donishmand, maslahat ber…” Donishmand g‘amgin savdogarga diqqat bilan boqib, so‘radi: -“Otni sug‘organi daryoga olib borsang, u suv ichishdan avval yer tepinib pishqiradi. Buning sababini bilasanmi?”Savdogarning jahli chiqib, donishmandga dedi: “Huzuringga oqilona maslahat so‘rab kelsam, sen menga allaqanday bema'ni savol beryapsan!” “Hozir buni o‘zing tushunib olasan, - dedi donishmand. Ot daryoga engashganida, suvda o‘zining aksini ko‘radi. Uni raqib - begona ot, deb o‘ylab, haydamoqchi bo‘ladi, pishqirib, yer tepinadi. Otdan farqli o‘laroq, daryo suvi hammaga yetishini Sen yaxshi bilasan-ku…” - “Mening boshimdagi mushkul savdolarga ongsiz otning nima aloqasi bor?!” - “Eh, do‘stim, Yaratganning ne'matlari hammaga yetishini anglamagan o‘sha ongsiz ot aslida – sensan! Suv oldida yer tepinayotgan otga o‘xshab, tasavvuringdagi raqobatchini qo‘rqitishga, haydashga urinyapsan. Pul va boylik hammaga yetadi. Bor, ishingni halol va vijdonan bajaraver. Topgan-tutganing va rizqing Allohning senga inoyati. Uni hech kim o‘zgartira olmaydi. Raqobatchilaring – suvdagi aksing kabidir”. Bir obidga: “Bir burda non bir dinor ekan” deyildi. Shunda u kishi: “Allohga qasamki, men bunga parvo qilmayman. Agar bug‘doyning bir donasi bir dinor bo‘lsa ham men Robbim buyurganidek amal qilaman, U esa O‘zi va'da qilganidek rizqimni yetkazaveradi” deb javob bergan ekan. Xulosa: Senga taqsim qilingan narsa sendan boshqaga yetmas, o‘zgaga tayin qilingan narsa seniki bo‘lmas. Yuqoridagilarni tinglab, yig`ilish qaror qiladi: 1.MMIBDO‘:B.A.Sayfullayev bergan axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2.MMIBDO‘larga bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni taqdim etish vazifalari topshirilsin. 3.Ushbu buyruqning ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. Yig`ilish raisi: N.T.Sobirova Kotiba: R.S.Mamatova Download 18.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling