Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis-kadrlar kundalik ish yuritish jarayonida ko‘plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar


Download 1.52 Mb.
bet27/90
Sana14.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1266423
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
-Davlat tilida ish yuritish

Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Imamova.T, Tuxvato‘llina.L Ish qog‘ozlari qanday yoziladi? -Toshkent, 1992.
2. Tojiyev.Y, Hasanova.N,Tojimatov.Q,Yo‘ldosheva.O O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkent, 1994.
3. Mahmudov.N, Rafiyev.A, Yo‘ldoshev.I Davlat tilida ish yuritish (o‘quv qo‘llanma) .-Toshkent, 2004.
4. Mahmudov.N, Rafiyev.A, Yo‘ldoshev.I Davlat tilida ish yuritish (darslik) .-Toshkent, 2006.
5. Z.Muqimov o‘zining “O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi”.Zarafshon 2003 yil
6. www.lex.uz.
7. www.wikipediya


ii SEMESTR


1-MAVZU. MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI. ARIZA, BAYONNOMA, BAYONNOMADAN KO‘CHIRMA
REJA:
1.Ariza,bayonnoma,bildirishnoma va bildirgi, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, malumotnomalarning qolipi.
2. Ariza,bayonnoma,bildirishnoma va bildirgi, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, malumotnomalarning yozilish tartibi, zaruriy tarkibiy qismlari.
3.Tavsifnoma va tavsiyanoma,tarjimai hol, tilxat,tushuntirish xati, e’lon, hisobotlarning qolipi.
4. Tavsifnoma va tavsiyanoma,tarjimai hol, tilxat,tushuntirish xati, e’lon, hisobotlarning yozilish tartibi, zaruriy tarkibiy qismlari.
5. Tavsifnoma va tavsiyanoma,tarjimai hol, tilxat,tushuntirish xati, e’lon, hisobotlarning oziga xos xususiyatlari.


Tayanch so’z va iboralar: ariza, bildirishnoma, bayonnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma,ishonchnoma, malumotnoma va ularning tarkibiy qismlari.


Ariza. Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt.
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qo’llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir.
Arizalar mazmuni, uslubi, hajmiga ko’ra turlicha bo’ladi. Chunki o’quvchi yoki talabaning turli masalalar yo’zasidan ta’lim muassasasi rahbariga yozadigan arizalaridan tortib ishchi-xizmatchining, fuqarolarning korxona boshlig’i, hokimlargacha yozadigan arizalari bir-biridan farq qiladi. Bundan qat’iy nazar, har qanday arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim:
-ariza yo’llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, otasining ismi va familiyasi;
-ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi;
-hujjat nomi (ariza);
-ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat);
-zarur bo’lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi;
-qog’ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy);
-qog’ozning o’ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismi bosh harflari, familiyasi.
Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling